Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet76/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Agregatoponika – bu ekinlarni nam sig‘imi kam granullangan (maydalangan) oziqa bo‘laolmaydigan qattiq neytral substratlarda o‘stirishdir. Bunda substrat va ildiz sutka mobaynida 1-5 marta oziq eritmada namlanib turiladi. Sobiq SSRIda 70-80 yillarda qo‘llanilgan.
Substrat sifatida o‘lchami 5-10 mm (70%) va 25-35 mm (20%) bo‘lgan granit maydanlangan tosh (shebenka), shag‘al, keramzit, kamdan-kam hollarda qum, verma-kulit va polimer materiallardan foydalaniladi. Substratlar havo va namlik yaxshi o‘tkazadigan, ildizlarni erkin o‘sishi va yaxshi ho‘llanishi uchun sharoit yaratadigan va kimyoviy inert bo‘lishi kerak. Substratlardan ko‘p yillr mobaynida foydalaniladi, shuning uchun ularni o‘simlik ildiz qoldiqlaridan tozalash va har yili zararsizlantirib (dezinfeksiya) turish zarur. Sho‘rlanib qolsa ularga kislota yoki ishqor bilan ishlov berilib, so‘ng toza suv bilan yuviladi.
Substratlar tagli katta idishlarga 25-30 sm qalinlikda solinadi. Oziqali eritma nasos yordamida suv bostirish usuli bilan substrat sathiga 2-3 sm yetkazmasdan to‘ldiriladi va u sathi pastroq joylashtirilgan idishga o‘zi (rezervuarga) oqib tushadi
Eritma konsentratsiyasi hafta ichida 35-45 daqiqa mo-baynida berilib va tushirilib turilganda uni tarkibi 20-25% ga o‘zgaradi. Shu-ning uchun uni tarkibi muntazam ravishda agrokimyo nazoratida bo‘lishi zarur. pH ni muntazam ravishda (2-3 kun oralatib) to‘g‘irlab turish, har haftada asosiy oziqa elementlari miqdori bo‘yicha agrokimyoviy taxlil qilinib yetmaydigan elementlar qo‘shib boriladi hamda oziqali eritmani har oyda 1 marta to‘liq almashtirish nazarda tutiladi.
Agregatoponika maxsus uskuna, avtomatika vositalarini qimmatligi, o‘rna-tish uchun katta mablag‘ni talab etishi, ishlatilishini ishonchsizligi, o‘simlik oziqlanishini muntazam ravishda agrokimyo nazoratida bo‘lishi, substratlarni qayta tiklash (regeneratsiya) va zararsizlantirishga katta mablag‘lar sarflanishi kabi kamchiliklari mavjudligi u egallagan maydonni sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi.
Agregatoponika o‘rniga yangi usul – kichik hajmli (maloob’emnaya) ekin, bosh-qacha aytganda bu usul o‘simliklarni kichik hajmli (har o‘simlikka 5-15 l dan) substratlarda yetishtirishdir. Bunda odatdagi “oziqa maydoni” tushunchasi bilan birga “ildizni oziqlanish hajmi” tushunchasi ishlatiladi.
Aeroponika – bu substratsiz ekin o‘stir-ish bo‘lib, unda ildiz tizimi maxsus tokcha-lardagi qorong‘ilashtirilgan fazo bo‘shlig‘ida bo‘ladi. O‘simlik ildizi vaqti-vaqt bilan (12-45 daqiqada) 10-15 soniya davomida avto-matik tarzda oziq eritma bilan purkaladi
Bu usul o‘simliklarni tuproqsiz o‘stir-ishning, suvli ekinga nisbatan eng qulay modifikatsiyasi hisoblanadi. Aeroponika substratlarni olib kelish, tayyorlash va turli xildagi ishlov berishlardan ozod etib, o‘sim-liklarni qo‘ng‘ir nematoda bilan zararlan-ishini mustasno qiladi. Elektr energiyasi bilan ta’minlashning buzilishi uslubni chuqur o‘rganilmaganligi va zavodda ishlab chiqarilgan namunaviy jihozlarning yo‘qligi, aeroponika uslubi-ning kamchiliklari hisoblanadi.
Xemokultura yoki o‘simliklarni organik substratlarda yetishtirish tuproq aralashmasida o‘stiriladigan ekinga yaqin usul. U organik moddalarga boy minta-qalarda qo‘llaniladi. Xemokulturada 30% li torfning yuqori qatlami, sfangali mox, daraxt po‘sti, qipiq, qirindi, sholi to‘poni, paxta sanoati chiqindilari, zig‘ir po‘stlaridan foydalaniladi. Bu substratlarni xizmat qilish muddati 1-2 yil bo‘lib, ularni ayrimlari oldindan ishlov berishni va muhit reaksiyasini sozlab turishni talab qiladi. Mineral oziqlantirish asosan oziq moddalarni ustidan sug‘orib berish usuli bilan amalga oshiiriladi.
Xemokulturani o‘simliklarni boshqa usullarda o‘stirishga nisbatan afzal-ligi uni hamma turdagi himoyalangan yerlarda qo‘llash mumkinligi, maxsus uskuna-larining bo‘lmasligi, xizmat muddati tugagan substratlarni organik o‘g‘it sifat-ida foydalanishdan iboratdir. So‘nggi yillarda uzoq muddat foydalaniladigan kokos substratida o‘simliklarni o‘stirish keng tarqalmoqda.
Ionitoponika – bu yetishtirishning yangi usuli bo‘lib, agregatoponikaga yaqindir. Ionitoponika usulida yetishtirilganda substrat ikki polimer smola-dan: kationit KU-27 va anionit EDE-10P dan iborat bo‘lib, suvda erimaydigan, mustahkam va kimyoviy chidamli, diametri 0,3-1,5 mm sariq granuldir. Kationit KU-2 o‘zining gidroksid anionlarini mineral tuzlarning anionlariga almash-tiradigan, kuchli nordon reaksiyalidir. Anionit EDE o‘zining OH ionini SO4, NO3, H2PO4 va boshqalar anioniga almashtiradi.
Ionitoponikani agregatoponikadan farqi oziqa moddalarini sun’iy tuproq vazifasini bajaruvchi, substratlar tarkibiga kirishi va faqat toza suv bilan sug‘orishni talab qilishidir. Ionitoponika O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi, MDH ayrim mamlakatlarida laboratoriya sharoitida foydalaniladi.
Gidroponikani har qanday usulida oziqa eritmani qo‘llash asos hisoblana-di. Tarkibi va oziq ionlarining nisbati har xil bo‘lgan oziqa eritmalarining yuzdan ortiq retseptlari ma’lum. Olti ionlar (N, P2O5, SO4, K, Ca va Mg) yig‘in-disi katta doirada 3 dan 178 mg/ekv gacha o‘zgaradi.
Yetishtirilayotgan ekinlardan yuqori hosil olish uchun eritmada oziqa elementlari nisbati va konsentratsiyasi optimal bo‘lishi zarur. Oziqali eritma tarkibida o‘simlik uchun zarur bo‘ladigan barcha makro va mikroelementlar bo‘lishi kerak. Uni tuzishda o‘stiriladigan ekin, yorug‘lik va harorat, yil fasli, o‘simlikni rivojlanish bosqichi va boshqa ekologik sharoitlardan kelib chiqqan holda mineral oziqaning ayrim elementlari nisbati optimal bo‘lishi hisobga olinishi kerak. Ko‘pchilik sabzavot ekinlari uchun oziqa eritmasi konsentratsiya-si 1,2-2,2 g/l, yoki 0,12-0,22%, nordonligi yoki pH – 5,6-6,9 bo‘lishi maqbuldir. V.A. Chesnokov va Ye.N. Bazirinalarning eng ko‘p tarqalgan oziqa eritmasi tarki-bida oziqa elementlar miqdori (1000 l da 1 g hisobida): kaliyli selitra – 500, superfosfat – 500, magniy sulfat – 300, ammiakli selitra – 200, temir xlori – 6, bor kislotasi – 0,72, marganes sulfat – 0,45,

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish