Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet1/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА


MEVA- SABZAVOTCHILIK ASOSLARI”



fanidan

2022/2023 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan



O’QUV USLUBIY MAJMUASI



Termiz -2022
KIRISH.

Keyingi vaqtlarda yurtimizda meva-sabzavot yetishtirish tizimini takomillashtirish, jumladan, meva-sabzavot ekiladigan maydonlarning hosildorligini oshirish, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini sezilarli ko‘paytirish hamda xalqaro moliyaviy institutlarning mablag’larini faol jalb etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Respublikamizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ular tabiiy va tuproq-iqlim sharoitlarining uyg’unligi bois, eng totli hamda foydali hisoblanadi. Inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan mikroelementlar va turli biologik moddalarga boyligi jihatdan esa dunyoda yetakchi o‘rinda turadi.
Shunday ekan, savol tug’iladi: nega unda umumiy hosilning atigi 14 foizi, ya’ni bor-yo‘g’i 1,5 million tonnasi eksport qilinmoqda?
Mutaxassislarning fikricha, mahsulot mazali va servitamin bo‘lishi mumkin, lekin marketing yo‘qligi, jahon bozoridagi holat o‘rganilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Sohibkor ekinlarni o‘z bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Boz ustiga, bog’ va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bog’dan 70-100 tonna, ay-rim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an’anaviy bog’-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Yurtimizda meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag’lar yetishmasligi va doimiy mahsulot yo‘qligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foizidan foydalanilmoqda.
Prezidentimiz rahbarligida 2020 yilning 14 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishida shu kabi muammolar har tomonlama tahlil etilib, meva-sabzavot eksportini tizimli tashkil qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchi bilan eksportyor o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni to‘g’ri yo‘lga qo‘yish maqsadida tarmoqda klaster tizimi joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, tizimdagi shartnomaviy muno-sabatlarni to‘g’ri shakllantirish, mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksportchining manfaati, majburiyati hamda javobgarligini aniq belgilash muhimligi ta’kidlandi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizdagi mavjud tabiy-iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, xususan, meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlantirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sohani bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga ustuvor yo‘nalishlar sifatida katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi.
Xususan, so‘nggi yillarda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PF-5388 va 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF-5853 sonli farmonlari hamda 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-3978, 2019 yil 14 martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4239 qarorlarini keltirish mumkin.
Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini nobud qilmay qayta ishlash, mavsumiyligini uzaytirish ham foydalanilmagan imkoniyatlardan biridir. Har yili qishki-bahorgi mavsumda sun’iy ravishda ko‘tarilib ketishini oldini oladi hamda aholi ijtimoiy himoyasiga ijobiy ta’sir etib, turdosh mahsulotlar qishki mavsumdagi importiga hojat qolmaydi.
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning assortiment tuzilmasini takomillashtirishning eng yuqori omillaridan biri ozuqaviy qo‘shimchalarni mintaqamizda mavjud tabiiy xom ashyo zaxiralarini qayta ishlash asosida keng assortimentini tayyorlashni amalga oshirishdir. Misol uchun, shirin yaxna ichimliklar ozuqaviy qo‘shimchalarning asosiy qismi chetdan valyuta hisobiga keltirilayotgan sun’iy xom ashyolar (nastoyka, ekstratlar) yordamida tayyorlanmoqda. Vaholanki, respublikamizda mavjud xom ashyo potentsialini, ho‘l mevalarni qayta ishlash asosida olinishi mumkin bo‘lgan raqobatbardosh, tabiiy sof ozuqaviy qo‘shimchalar xom ashyo bazasi yaxna ichimliklar assortiment turkumining o‘nlab yangi qirralarini ochib berishi mumkin. Shu bilan birga, viloyatlarda import xom ashyoga valyuta mablag’i bo‘lmagan yuzlab turli quvvatdagi yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari ish faoliyatini tiklash imkoniyati yaratilishi mumkin.
Binobarin, davlatimiz rahbarining 2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g’risidagi PQ-4549 sonli qarorida bu boradagi barcha tashkiliy-huquqiy asoslar o‘z ifodasini topgan. Mazkur hujjatdan kelib chiqqan holda, klasterlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan edi.
Ushbu ko‘rsatmalardan biri sifatida ishlab chiqarish sharoitini oliy ma’lumotli, yetuk kadrlar bilan ta’minlashdek muxim vazifalar belgilangan bo‘lib, ushbu vazifalarni amalga oshirishda qishloq xo‘jaligi soxasiga oid oliy ta’limlarda “Mevachilik va sabzavotchilik” fanini o‘qitish hamda ushbu sahada ilg’or texnologiyalarni qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish oldimizda turgan muxim va dolzarb vazifalardan biridir.



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish