2. O‘stiruvchi stimulyatorlar
O‘stiruvchi stimulyatorlar qo‘llanilganda qalamchalarda ildiz hosil bo‘lishi tezlashadi. Yosh jihatdan o‘simliklarning bir yillik yog‘ochligidan olingan qalamchalar yaxshi ildiz oladi. Ildiz qalamchalar yangi novdalar ayniqsa, yangi ildizlar daraxt kattalashgan uning ildiz bo‘g‘zidan uzilishiga qarab yangi novdalar hosil qilish qobiliyatini tez yo‘qotadi.
Yosh (bir- ikki yillik) ildizlardan olingan qalamchalar o‘simlikni yaxshi va to‘liq tiklay oladi, qari ildizlardan olingan qalamchalar esa o‘simlikning poya qismini tiklasa da, yangi ildizlar chiqara olmaydi.
Payvandust bilan payvandtagning yaxshi birikib tutib ketishi ularning tutashishi affinitet deb ataladigan botanik jihatdan yaqinligiga bog‘liqdir. Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga muvofiq kelmaslik sabablari hozirgacha etarli aniqlangan emas. Lekin, uning biologik mohiyati o‘simlikning er ustki qismi bilan ildizlari orasidagi modda almashuvining buzilishida ko‘rinadi. Odatda bir turga xos yoki shu turga yaqin o‘simliklar payvand qilinganda ular yaxshi tutadi va normal rivojlanadi. Meva daraxtlar turlararo, ayniqsa, bir oilalararo payvandlanganda ular yaxshi tutib ketmaydi. Botanik jihatdan bir-biridan uzoq bo‘lgan o‘simliklar payvand qilinganda ba’zan ularning yaxshi tutib ketishiga payvand qilinayotgan komponent (simbiont) lar hujayralari protoplazmasining biokimyoviy va fiziologik farqi, to‘qimalarning anatomik-morfologik tuzilishi, payvandtag va payvandust tanasining yo‘g‘onligiga qarab xar xil o‘sishi, nay sistemalarining tutashmasligi to‘sqinlik qiladi, degan fikrlar bor.
Naylar sistemasi tutashmaganda moddalar o‘zgaradi; ildizdan payvandustga suv, mineral va boshqa moddalarning va o‘simlikning er ustki qismidan payvandtakka plastik moddalarning kelishi yomonlashadi. Natijada payvand qilingan o‘simliklar barvaqt qariydi va qurib qoladi. Tutashmaslik hollari ko‘pincha avlodlararo va turlararo payvand qilinganda kuzatiladi. Bog‘dorchilikda ayrim meva turlarining, masalan, o‘rik, tog‘olcha bilan, o‘rik shaftoli, nokning ayrim navlari behi, bodom shaftoli bilan payvand qilinganda ular bir-biri bilan yaxshi tutib ketgan hollari ma’lum. Lekin bu erda ham payvandtag bilan payvandust bir-biriga yaxshi mos kelmasligi kuzatiladi, jumladan, bunda o‘simlikning er ustki qismi sekin o‘sadi, uzoq yashamaydi, payvand qilingan joyda bo‘rtma hosil bo‘ladi va hokazo. Ba`zan payvandust payvandtagda yaxshi rivojlanadi, ammo buning aksicha bo‘lmaydi; masalan, nok behiga payvandlanganda yaxshi tutadi, behi nokka payvandlanganda esa yaxshi tutmaydi. Biroq nokning ayrim navlari behiga payvand qilinganda umuman tutmaydi. Payvandust bilan payvandtag bir-biriga mutlaqo muvofiq kelmaganida o‘simlikning o‘sishi zaiflashadi, barglari erta to‘kiladi va daraxt barvaqt qariydi, noqulay tashqi sharoitga chidamliligi pasayadi, ko‘pincha yaxshi birikib o‘smaydi (buning oqibatida birikkan eridan ajralib sinadi). Payvandust bilan payvandtagning bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan kelib chiqadigan sinish hollari ko‘chatzorlardagi ko‘chatlarda qanday bo‘lsa, bog‘dagi daraxtlarda ham shunday bo‘ladi. Shunisi xarakterliki, daraxtlar bir necha yil davomida normal o‘sadi va hosil beradi, lekin shox-shabbasi ma’lum yo‘g‘onlikka etgach, shamoldan sina boshlaydi. Ayniqsa, olxo‘rini o‘rikka, shaftolini o‘rikka payvand qilinganda sinish hollari ko‘p kuzatilgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, payvandtagning ma’lum darajada payvandust bilan yaqin qarindosh bo‘lishi ularning normal tutib ketishi va payvandlangan daraxtning yaxshi o‘sishini ta’minlaydi.
Yaxshi ulanishning zaruriy sharti payvandtag bilan payvandust kambiysining birbiriga yaxshi mos kelishidadir. Ulangan joy tekis bo‘lishi, po‘stloqlar qurib qolmasligi uchun ular kattaroq bo‘lishi kerak, payvand qilishdagi ish jarayonlarini tez bajarish ko‘zchani tez o‘rnatish va bog‘lash, ko‘chatzorda o‘simliklarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |