Bog'liq МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА
3 Hosilni yig‘ib-terib olish, saralash va joylash Mevalarni yig‘ib-terib olish muddati ularning turi va nav xususiyatlariga, mahsulotga qo‘yiladigan talabga va ular qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab belgilanadi. Uzoq joylarga jo‘natiladigan yozgi va kuzgi navlar juda pishib yetilmasidan (texnik yetilganda)terib olinadi. Quritish, qayta ishlash va yangiligida iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan mevalar iste’mol qilish uchun yaroqli bo‘lib, pishgan davrda, ya’ni mevaning ta’mi, rangi shu navga xos bo‘lgan vaqtda terib olinadi. Olma va nokning uzoq joylarga jo‘natishga mo‘ljallangan yozgi navlari to‘liqpishishidan 5-7 kun oldin, kuzgi navlar 10-15 kun, kishki navlar esa ob-havoga qarab 5-10 sentabrdan oldin terib olinadi.
Behi to‘q yashil rangdan och sariq rangga o‘ta boshlaganda uziladi. Temiryo‘l transportida tashiladigan o‘rik va shaftoli rang ola boshlaganda va kattaligi ma’lum darajaga yetganda; qayta ishlash va joyida iste’mol kilinadigan olcha va gilos to‘liq pishganda teriladi, jo‘natish uchun esa to‘liq pishishdan 2-4kun, olxo‘ri 5-6 kun oldin, ya’ni mevasining eti yumshamasdanoldin terib olinadi. Quritiladigan mevalar to‘liq pishgandankeyin terib olinadi.
Mevalarni yig‘ib-terib olishda balandligi 2,5-3 m bo‘lgan uch oyoqli narvon va 6-10 m li merdven narvonchalaridan foydalaniladi.
8-10 kg meva sig‘adigan uzun savatlar hosilni terish uchun juda qulaydir. Bu savatlar ichiga qop yoki qalin qog‘oz to‘shaladi. Mevalarni tunuka chelaklarga ham terish mumkin, ammo ichiga qipiq yoki o‘t solish kerak. Har bir terimchida ilmoqli 4-5 ta savat bo‘lishi kerak. Shoxlarining uchidagi mevalarni terish uchun maxsus meva tergichdan foydalaniladi. Terilgan mevalar saralanadigan joyga avtomashina va pritseplarda tashiladi.
Meva hosilini yig‘ish va uni saqlash. Olmaning bandi osongina qo‘l tegmasdan uzilsa u terib olishga tayyor bo‘ladi. Olmani ushlab sekin ko‘tarib uni burash agar u tayyor bo‘lsa osongina uziladi. Mevani terishda qattiq siqish yoki ushlash mumkin emas. Olmalarni turiga qarab haftalab yoki oylab saqlash mumkin. Shikastlanmagan toza mevalarni omborlarda saqlash uchun ajratiladi. Agar ular shikastlangan yoki urilgan bo‘lsa tez ayniydi. Mevalarni yashik yoki qutilarga joylashdan oldin har bir meva maxsus qog‘ozlarga o‘raladi keyin ularni omborxonalarda saqlanadi. Ular tez-tez tekshirib turiladi, zararlangan mevalar olib tashlanadi. Hosil yig‘ish.Rezavor mevalardan qulupnay hosilini yig‘ish davomida mevalar tez-tez terishni talab etadi. Asosan issiq havoda mevalar juda tez yetiladi. Mevalar to‘liq qizil rangga kirganda teriladi. Mevalarni terish jarayonida sekin holatda bandini barmog‘ bilan ushlab uzib olinadi va shikaslangan hamda zararlangan mevalar tezdaajratib olinadi. Qulupnaylarni muzlatkichlarda bir necha kun saqlash mumkin.