Olma ajoyib hususiyatga ega va oddiy usulda yetishtiriladigan meva. Bitta olma daraxt kamida 15-yil yashaydi va shu vaqt oralig’ida unga ketgan harajatni qoplaydi
Olma ajoyib hususiyatga ega va oddiy usulda yetishtiriladigan meva. Bitta olma daraxt kamida 15-yil yashaydi va shu vaqt oralig’ida unga ketgan harajatni qoplaydi. Olma daraxti bahorda juda chiroyli gullaydi va har bir inson o‘sayotgan olma daraxtini ko‘rib zavqlanishadi. Erta kuzda yig’im terim vaqtida ular olmalarni kundalik istemol uchun, sharbat va yeguliklar tayyorlash uchun saralab olishadi. Olmaning turlari: Olmaning ikki turi bor. Yahni olmaning qurg’oqchilikka chidamli navlarining mevalari yangiligida istehmol qilinadi va mevalari yirik hamda ular nordon tahmli bo‘ladi. Bu olmalar yangiligicha va qayta ishlangan holda qandalotchilikda ishlatiladi. Bahzi olmalarning navlarining hosili iyul oyining oxirida pishib yetiladi ammo ko‘pchilik qismi sentyabr yoki oktyabr oylarida terib olishga tayyor bo‘ladi. Sentyabr oyida pishib yetiladigan olma mevalari yosh bolalar uchun istehmol qilishga tavsiya etiladi. Quyidagi rasmda keltirilgan olma navlari kasalliklarga chidamli bo‘lib, etishtirish texnologiyasi ham osonligi bilan ajralib turadi4.
3 Meva daraxtlarini joylashtirish va bog’ barpo qilish Meva daraxtlarini bog’da joylashtirishda ularning o‘sishi va hosil berishga zarar yetkazmagan holda o‘simliklarning oziqlanish maydonidan imkon boricha to‘larok foydalanish ko‘zda tutiladi. Bunda bog’ yeriga ishlov berish va daraxtlarni parvarish qilish ishlarini mexanizatsiyalashni ham hisobga olish lozim.
Tekisliklarda meva daraxtlari kvadrat, to‘g’ri burchakli to‘rtburchak va shaxmat usulida joylashtiriladi.
Kvadrat usulijuda ko‘p qo‘llaniladi. Bunda qator orasi va qatorlardagi tuplar orasi teng bo‘ladi; bunda bir-biriga yaqin turgan shoxlash imkoniyatiga ega bo‘ladi va ularda mashinalarning burilishi oson bo‘ladi va bog’ qator oralarini ishlashda mexanizmlardan foydalanish imkoniyati tug’iladi.
To‘g’ri burchakli to‘rtburchak usulida qatorlar orasi qatorlardagi daraxtlar orasiga nisbatan birmuncha (2-3 m) kengroq qoldiriladi. Oqibatda 1 gektar yerga kvadrat usulidagiga qaraganda ko‘proq daraxt o‘tqaziladi. Qatorlarda daraxtlarning shox-shabbasi bir-biriga tezroq tutashib ketadi, yuqoriga tomon cho‘zilib ketmaydi va bir-birini siqib qo‘ymaydi. SHox-shabba kengaytirilgan qator oralari tomon o‘sadi. Bu usul meva daraxtlarni qalin va siyrak o‘tqazishdagi afzalliklarni o‘z ichiga oladi. Qator oralarining kengligi yerga ishlov berish va daraxtlarni parvarishlash ishlarini mexanizatsiya yordamida bajarish imkonini beradi. Bundan tashqari bu usulda ekilgan bog’lardan boshqa usullardagiga qaraganda birmuncha yuqori hosil olinadi.
Daraxtlarni shaxmat (uchburchak) usulida joylashtirish. Bu usulda daraxtlar uchburchak yoki oltiburchak tepalariga o‘tqaziladi. Bunda bir gektar yerga kvadrat yoki to‘g’ri burchak usulda joylashtirilgandagiga qaraganda ko‘proq daraxt o‘tkazish mumkin, lekin bog’ ishlarini mexanizatsiyalashtirish qiyinlashadi. Sanoat asosida barpo qilingan bog’larda bu usul istiqbolsizdir.
Tog’li yerlarning unchalik qiya (10-12o gacha) bo‘lmagan maydonlarida, ayniqsa adirlarda meva daraxtlari konturli yoki relg’efli usulda joylashtiriladi. Daraxtlarning har bir qatori qiyalik gorizontiga to‘g’ri chiziq bo‘ylab emas, balki gorizontalda hamma vaqt ham bir xil kenglikda qoldirib bo‘lmaydi. Qiyalikning qanchalik tik bo‘lishiga qarab qatorlar bahzan bir-biridan uzoqlashadi yoki yaqinlashadi. Bunday sharoitda sug’orish imkoniyati bo‘lsa, gorizontal tomondan 0,002-0,0050 nishab, qilib sug’orish egatlari olinadi. Bu esa yon bag’iridan oqib tushadigan yomg’ir suvini, shuningdek sug’orishda berilgan suvni ham ushlab qoladi va tuproqni yuvilishdan va eroziyadan saqlaydi. Nishabi 10-12o dan katta tog’li yerlarda meva daraxtlari terrasalarga ekiladi.