Nazorat savollari:
Olmani kuchli o‘sadigan payvandtaglarini aytib bering?
Vegetativ ko‘paytirish deganda nimani tushunasiz?
Kurtak payvand qilishni eng yaxshi muddatlari?
Qalamcha payvandlashni qanday usullarini bilasiz?
2-mavzu: Meva va rezavor meva o‘simliklarining tashqi muxit omillariga bo‘lgan talabi
Reja:
1. Bog‘ hosilini bahorgi sovuqlardan saqlash.
2. Tirgovuch qo‘yish.
Tayanch iboralar:iqlim sharoiti, bahorgi sovuqlar, qishki sovuqlar, himoya tadbirlari, sovuqqa chidamli, chidamsiz, sug‘orish, dutatish, suv purkash, hosil, chamalash, muddati, gul, g‘o‘ra, to‘la pishish, terish, tashish, saqlash, qayta ishlash.
3. Hosilni yig‘ib-terib olish, saralash va joylash
1. Bog‘ hosilini bahorgi sovuqlardan saqlash
Bahorgi sovuqlar ta’sirida hosilning bir qismi yoki hammasi nobud bo‘lishi mumkin. Bunga qarshi, odatda, bog‘da serxashak, go‘ng, eski poxol, shoxshabba, daraxt barglari va boshqa tutab yonadigan materiallar tutatiladi. Buning uchun erta bahorda bu materiallar boqqa bir tekisda - eni 1,25 -1,5 m, balandligi 0,5-t 0,75 m dan to‘pto‘p qilib uyib chiqiladi. Daraxtlarning yoshiga va qalinsiyrakligiga qarab, har gektarda 100-200 ta uyum hosil qilinadi. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlar bog‘ning shamol esadigan tomoniga qo‘yiladi. Daraxtlar gullayboshlashi bilan havo temperaturasi kuzatib turiladi, havo ochiq bo‘lib temperatura 1 ga tushishi bilan uyumlar tutatiladi. Bunda uyumlarning alangalanmay, tutab yonishiga alohida ahamiyat berish zarur. Sovuq takrorlanpshishg hisobga olib, uyumlar oralatib tutatila: di. Sovuq bo‘lmasa, uyumlardan o‘gnt sifatida foydalaniladi. Sovuq tushishi oldidan bog‘larni sug‘orish ham yaxshi samara beradi:
Sovuqdan zararlangan meva daraxtlarini tiklash. Keyingi 40 yil ichida (1940-1980) qattiq sovuqdan meva daraxtlari faqat 1954 yilda ko‘p shikastlandi, 1968-1969 yil qishida bo‘lgaya sovuqdan ham ancha zararlandi. lekin bu 1954 yilda ko‘rilgan zarardek bo‘lmasa ham, O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida daraxtg lar ancha zararlandi va ayrim uchastkalarda olma, olcha, olxo‘ri, shaftoli, gilos kabi daraxtlarni kundakov qilib olib tashlashga to‘grp keldi. Ammo 1954 yil noyabr oyida birdan tushgan qattiq sovuq meva daraxtlariga katta zarar yetkazdi. 1-2 yil ichida 10 ming gektardan kengroq maydondagi hosilli bog‘lar kavlab tashlandi, yoshlari qayta tiklandi. Bundan keyingi yillarda bo‘lgan sovuq meva daraxtlariga uncha katta zarar yetkazgani yo‘q.
Danakli meva daraxtlari uzoq davom etadigan 20-25°, urug‘li mevalar 30° li sovuqdai qattiq zararlanadi.
Meva daraxtlarining sovuqqa chidamliligi, ularning kelib chiqishiga, har bir tuman va viloyatning tuproq iqlim sharoitiga qay darajada moslashganligiga, meva daraxtlarining turi va navlarini to‘g‘ri joylashtirishga bog‘liq. Yuqori agrotexnika asosida parvarish qilingan o‘simliklar sovuqqa chidamli bo‘ladi, aksincha, yaxshi parvarish qilinmagan bo‘lsa, ular bir joyda o‘sishiga qaramasdan sovuqqa chidamsiz bo‘ladi.
Meva daraxtlarini qishga yaxshi tayyorlash uchun o‘sayotgan zonaning tuproqiqlim sharoitiga qarab, oxirgi marta avgustning oxiri - sentabrning birinchi yarmida sug‘orish kerak. Azotli o‘g‘itlar haddan tashqari ko‘p berilsa ham novdalari g‘ovlab ketib, yaxshi chiiiqib pishmaydi va sovuqqa chidamsiz bo‘lib qoladi. Azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni o‘z vaqtida va belgilangan normada berish mevali daraxtlarning sovuqqa chidamliligini birmuncha oshiradi. Bir xil turdagi meva daraxtlari sovuqqa har xil darajada chidamli bo‘ladi.
Masalan, daraxtlarning gulkurtagi, bir yillik va ikki yillik novdalari sovuqqa chidamsiz, ko‘p yillik shoxlari, shuningdek, tanasi sovuqqa chidamli bo‘ladi. Daraxtning yer usti qismi ildiziga qaraganda sovuqqa ancha chidamli bo‘ladi. Meva daraxtlarining sovuqqa chidamliligi ularning qattiq sovuq boshlanguncha fiziologik chiniqishi normal sharoitda o‘tishiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Fiziologlar ma’lumotiga qaraganda, o‘simliklar oldinmakeyin 2 ta chiniqish fazasini o‘tishi kerak. Vir faza ikkinchi fazaning iormal o‘tishiga chambarchas bog‘liqdir. Chiniqishning birinchi fazasi o‘simliklar tanasida kraxmal to‘planadi va u shakarga aylanadi. Bu faza o‘simliklar o‘sishdan to‘xtagan vaqtdan boshlanib, to bargi tukilguncha davom etadi va temperatura 0" dan 6° gacha bo‘lgan sharoitda o‘tadi. Bunda o‘simliklar tanasida kraxmal astasekin kamayadi, shakar borgan sari ko‘payadi. Shakar hujayra suvida erib, uning shirasini oshiradi va shu bilan hujayra sovuqqa chidamli buladi. Chiniqishning ikkinchi fazasi temperatura -G, -12° ga pasaygan vaqtda o‘tadi. Bu davrda hujayralar ichidagi suvning bir qismi hujayra oralig‘iga o‘tib, shu joyda muzlaydi, hujayra shirasi sezilarli darajada quyuqlashadi. Hujayra ichidagi himoyalovchi moddalar qayta taqsimlanadi, natijada hujayra shirasi hatto kuchli sovuqda ham muzlamaydi.
Kuzda sovuq barvaqt tushsa ham o‘simliklar chiniqish protsesslarini normal o‘tolmay, sovuqqa chidamsiz bo‘lib qoladi. Masalan, 1954 yilda kuz issiq keldi va noyabr oyida to‘satdan qattiq sovuq bo‘ldi. Meva daraxtlari mo‘l hosil berganligi natijasida ancha kuchsizlanib qolgan edi. Kuz issik bo‘lganligi uchun meva daraxtlari chiniqish protsesslarini o‘tishga ulgura olmadi. natijada ularning tanasi, ona shoxlari qattiq sovuqdan zararlandi.
Ayrim viloyatlarda kechki mevalarning deyarli hammasini sovuq urib ketdi. Ertagi va o‘rtagi olma sovuqdan kam zararlandi. Bunga asosiy sabab ertagi va o‘rtagi olma o‘suv davrini oldinroq tugatgan, ya’ni hosili erta yetilganligi uchun ilgariroq terib olingan edi. Daraxtlar hosildan erta bo‘shab, kuzgi sovuqqacha ancha chidamli bo‘lib olganligi uchun ham ular ko‘pda shikastlanmadi.
Sovuq urgan daraxtlarni tiklashda erta bahordan boshlab bog‘ni sug‘orish, gektariga 120-150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 30 - 50 kg kaliy, 5 - 10 t dan ortiq organik o‘g‘it aralashtirib solish yaxshi samara beradi. Yerga solingai o‘g‘it sovuq urgan daraxtlarning uyquda yotgan kurtaklari uyg‘onishiga yordam beradi. Tog‘li tumanlarda, balandlikda joylashgan yerlarda meva daraxtlari sovuqdan qisman zararlangan bo‘lsa, yaxshi parvarish natijasida ular tiklanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |