Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet79/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Nazorat savollari:



  1. Sabzavot ko‘chatlari necha usulda yetishtiriladi va moxiyati?

  2. Ertagi karam, achiq chuchuk qalampirlar urug’idan bir gektarga ko‘chat tayorlash uchun necha gramm ekiladi?

  3. Ertagi karam ko‘chatini yangi texnologiya asosida etishtirish?



Sabzavot ekinlarini ekish muddatlari, usullari va almashlab ekish.


Reja:

1. Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati, xususiyati, almashlab ekish sxemasi va ekinlarni almashlab ekishdagi o‘rni.


2. Ertangi, o‘rtangi, kechki, yoz-kuz va kech kuz-muddatlarda ekiladigan sabzavotlar turlari hamda turli ekish usullari.
3. Sabzavotlar uchun ekish sxemalari va xususiyatlari oziqlanish maydoni, ko‘chat qalinligi va qulay ekish sxemalari.

Tayanch iboralar: almashlab ekish, takroriy ekish, navbatlab ekish, ekin turlari, zichlashtirish, ekin xilini tanlash.


1. Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati, xususiyati, almashlab ekish sxemasi va ekinlarni almashlab ekishdagi o‘rni.
Dehqonchilik tizimida sabzavotchilik asosiy soha hisoblanadi.
Ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan bir - biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy, agrotexnik, melorativ va ekologik chora tadbirlar yig’indisiga dehqonchilik tizimi (sistemasi) deyiladi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining taraqiyotida dehqonchilik tizimining 3 ta turi mavjud:
1. Ibtidoiy. 2. Ekstensiv. 3. Intensiv.
Ibtidoiy dehqonchilik tizimi jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan va tuproq unumdorligi tabiiy ravishda tiklangan. Bunga qiriqma yoki olovli, qo‘riq va partov yer dehqonchilik tizimlari kirgan.
Ekstensiv dehqonchilik sistemasida yuqori hosil olish hisobda, lekin tuproq unumdorligi va atrof muhit himoyasi hisobga olinmaydi. Qishloq ho‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj asosan ekinlar maydonini kengaytirish asosida bu tizimda qondirilgan. Bunga uch dalali, shudgor – partov dehqonchilik tizimlari kiradi.
Intensiv dehqonchilik tizimi esa hosildorlikni oshirishga, buning uchun fan - texnika taraqqiyotiga suyanadi va dehqonchilikning kelajak rivojlanishini ham nazarga tutadi.
Zamonaviy intensiv dehqonchilik tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Jamiyatnning oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga va chorvachilikning yem-xashakka domiy oshib borayotgan ehtiyojini qondirish;

  2. Xo‘jalikning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlarini bajarish va xo‘jalik aholisining oziq - ovqat mahsulotlariga talabini qondira olishi;

  3. Qishloq xo‘jalik mashinalaridan, texnika, kimyoviy vosita, o‘simliklarni himoya qilishda biologik usullardan samarali foydalanish;

  4. Territoriyaning tuz, suv, havo rejimini, tuproqning suv-fizik xossalarini, atrof-muhitni doimo yaxshilashga va tuproq eroziyasining oldini olishga qaratilgan melorativ va ekologik tadbirlarni amalga oshirishi.

Umuman, tahkidlash mumkinki, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimiga ega bo‘lmasdan, jamiyat o‘z iqtisodiyotiga muhim rol o‘ynaydigan sabzavotchilikni rejali va ilmiy asoslangan holda rivojlantira olmaydi.
CHunki, sabzavot ekinlarining hosildorligi va mahsulot sifati sabzavotchilikni joylashtirishga, yahni joyning tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq. SHuning uchun bunday ekinlar organik moddalarga boy, nam, salqin daryo bo‘yi, yer osti suvi yuzaga joylashgan yerlarda yaxshi o‘sadi.
Karam, bodring, tomatdosh va ko‘kat sabzavot ekinlari o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda mo‘l hosilni tahminlaydi. Piyoz va ildizmevali ekinlar daryoning yuqori terrasalaridagi yengil mexanik tarkibli, xo‘raki lavlagi esa og’ir tuproqli yerlarda ham yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Poliz ekinlari yuqori terrasalaridagi bo‘z tuproqlarni yoki yangi o‘zlashtirilgan qo‘ruq bo‘z tuproqlarni hohlaydi. Bu yerlarda fuzarioz so‘lish (vilt) kasalligi bilan zararlanmaydi va shirali mevalar beradi. Lekin, Xorazm va Qoraqolpog’istonda sizot suvlar yaqin joylashgan yerlarda qovun yaxshi o‘sadi. Bu yerlarda qovun sug’orilmay o‘stiriladi. Kartoshka ekini uchun tog’ tuproq - iqlim sharoiti qulay, chunki bu yerlarda kam ayniydi, serhosil sog’lom urug’lik olinadi.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka tuproq mexanik tarkibining yengil, o‘rta qumoq bo‘lishiga talabchan. Ularning ana shu biologik talablari hisobga olinib joylashtirilsa, yuqori va mustahkam hosil olinadi, kasallik – zararkunandalar bilan shikastlanmay, sog’lom hosil va urug’ olinadi.
SHo‘rlangan yerlarda sabzavot ekinlari o‘smaydi.
Akademik V.I.Zuevning (1971, 1987, 1997, 2002) tahkidlashicha, xlor bilan sho‘rlanish miqdorining agronomik normasi tuproqning haydalma qatlamida: lavlagi uchun 0,030-0,035; karam uchun 0,020-0,030; rediskaga 0,017-0,020; kartoshka, piyoz, shivit, ismaloq uchun 0,015-0,020; qovunga 0,015-0017; sabzi uchun 0,010-0015 foizdan oshmasligi lozim. SHo‘rlanish darajasi bundan oshsa, eng avvalo agrotexnik qoidalarga amal qilinishi, sho‘rni kamaytiruvchi melorativ tadbirlar (mulg’chalash, tez-tez sug’orish kabilar) o‘tkazilishi asosidagina mo‘ljaldagi hosilni olish mumkin.
Tog’li sharoitlarda sabzavot ekinlari uchun joy tanlashda relg’efning xususiyatlari hisobga olinadi. Janubiy, quyosh erta tegadigan tomonlariga ertagi ekinlar, shimoliy soya tomonlariga esa kechki takroriy ekinlar (karam, kartoshka kabilar) ekilishi maqsadga muvofiq.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish