2. Ertangi, o‘rtangi, kechki, yoz-kuz va kech kuz-muddatlarda ekiladigan sabzavotlar turlari hamda turli ekish usullari.
O‘zbekistonda sabzavotchilik tekislik va tog’ etaklarida sug’oriladigan yerlarga joylashgan bo‘lib, sovuqsiz davr shimolda 150-160, janubda esa 260-280 kun davom etadi. Sovuq kunlar kamligi, issiqlik va yorug’likning ko‘pligi hamda sunhiy sug’orish bu yerlarda turli sabzavot ekinlari ekishning qulay muddatlarini tanlash, yiliga 2-3 martagacha hosil olish imkonini beradi.
O‘zbekiston, umuman Markaziy Osiyo sabzavotchilik amaliyotida urug’ ekish va ko‘chat o‘tkazish muddatlari ertabahor, kechbahor, yoz, kuz va kech-kuz hisoblanadi.
1. Erta bahorda (fevral-martda) ekiladigan ekinlar rivojlanishining dastlabki fazasi salqin haroratda o‘tadi, tabiiy namlik evaziga o‘sadi. Ekinlar rivojlanishining keyingi fazalarida yog’ingarchiliklar deyarli bo‘lmay, harorat ko‘tarilib, iyun-iyul oylarida 400 va undan ham yuqori bo‘ladigan sharoitga to‘g’ri keladi. Bu esa issiqqa chidamli, karam, kartoshka kabi ekinlar rivojlanib va hosil to‘plashiga salbiy tahsir etadi.
Sovuqdan saqlanish uchun erta bahorda issiq talab qilmaydigan, sovuqqa nisbatan chidamli sabzi, piyoz, kartoshka, karam singari ekinlar urug’i ekiladi yoki ko‘chati o‘tqaziladi. Urug’ni tuproqning tabiiy namiga undirib olish uchun iloji boricha erta ekish shart. Aksincha, ekin kechiktirilsa, urug’ quruq tuproqda unib chiqishi qiyinlashadi. Bundan tashqari urug’ yoki ko‘chat erta bahorda ekilsa, sabzavot ekinlar generativ, mahsuldor organlarining o‘sishiga salbiy tahsir ko‘rsatadigan jazirama yozgi issiq kunlargacha hosilniig asosiy qismi shakllanib bo‘ladi. SHuning uchun kechikib ekish (aprelda) doimo hosildorlikning pasayishiga olib keladi.
2. Kech bahorda ekish aprel - may oyi boshlarida, kunlar isishi bilan boshlanadi. Bu muddatlarda tomatdoshlar, poliz ekinlari, bodring va boshqa issiqsevar o‘simliklar ekiladi. Bahorda ekilgan ekinlarning o‘sish va rivojlanish davri yozning jazirama issig’iga to‘g’ri keladi. Faqat kuzda, yahni o‘suv davrining oxirida harorat sezilarli darajada pasayadi. O‘simliklarning o‘suv davri, odatda oktyabrda - birinchi sovuq tushishi bilanoq to‘xtaydi.
3. Yozda (iyun - iyul) o‘suv davri qisqa sabzavotlar – kartoshka, karam, bodring va boshqa ekinlar ekiladi. Bu muddatda ekilgan ekinlarning o‘suv davri havo harorati yuqori va namligi kam bo‘lgan davrlarga to‘g’ri keladi. SHuning uchun yozda ekiladigan ekinlarga ekish vaqtida sug’orishdan tashqari ekisholdi va ekindan so‘ng sug’orish talab etiladi.
O‘suv davrining ikkinchi yarmida, meva tugish va yetilish davrida, harorat pasayadi, oktyabrning ikkinchi yarmi noyabrda esa, odatda, yig’im-terim ishlariga to‘sqinlik qiluvchi sovuq va yog’inlar boshlanadi.
4. Kuzda ekish. Sovuqqa chidamli ekinlar – piyoz, sarimsoq janubda esa sovuqqa chidamli karam navlari va boshqa ekinlarni kuzda yoki kech kuzda ekiladi. Kuzda ekilganda urug’lar kuzdayoq unib chiqadi, ularning qishdan yaxshi chiqishi uchun yosh nihollar yaxshi ildiz otgan va ildiz sistemasi rivojlangan bo‘lishi kerak. SHunga ko‘ra, kuzgi sabzavotlar ekishni juda kechiktirmasdan - avgust yoki sentyabrning o‘rtalarida boshlash kerak. SHu muddatda ekilgan ekinlar tez o‘sadi, yaxshi qishlaydi, bahorda esa o‘sishi barvaqt boshlanadi va hosili ko‘klamda ekilgan ekinlarnikiga nisbatan 1-1,5 oy erta yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |