Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet83/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

6. Kvadratlab ekish usulida o‘simliklar qatorlarga va qatorlardagi o‘simliklar orasiga bir xil masofada joylashtiriladi. Natijada dalada uzunasiga hamda ko‘ndalangiga qatorlab bo‘lishiga erishiladi. Agar kvadratlar kesishgan joylardagi uyalarga bir nechta o‘simlik o‘tqazilsa, buni kvadrat-uyalab ekish usuli deyiladi.
7. To‘g’ri burchakli hamda to‘g’ri burchakli-uyalab ekish kvadrat va kvadrat-uyalab ekish usulining xili hisoblanadi. Bunda o‘simliklarni to‘g’ri burchaklarning kesishgan joyiga joylashtiriladi. Ko‘ndalang qatorlar saqlanadi, lekin ularning o‘rtasidagi masofa uzunasiga ketgan qatorlar orasidagiga qaraganda birmuncha kamayadi. Bu usulda qatorlab ekiladigan o‘simliklarning hammasi ekiladi.
8. Sabzavotlar uchun ekish sxemalari va xususiyatlari oziqlanish maydoni, ko‘chat qalinligi va qulay ekish sxemalari.
Tup qalinligi sabzavot ekinlari hosildorligini aniqlaydigan eng muhim omillardan biridir. Tup qalinligiga qarab oeiqlanish maydoni ham o‘zgaradi, yahni bir tup o‘simlik band qilgan joyi va shunga yarasha, o‘simlikning oziqlanish sharoiti, suv hamda yorug’lik bilan tahminlanishi va hokazolar ham o‘zgaradi. O‘simlik tuplari siyrak bo‘lsa, shunga ko‘ra, oziqlanish maydoni katta bo‘ladi, o‘simliklarning individual rivojlanishi uchun qulay sharoit tug’iladi va ularning hosildorligi oshadi. Biroq, hosildorlik mahlum darajagacha oshadi, chunki o‘simlik juda siyrak joylashtirilsa, u o‘ziga tegishli maydonning hammasidan to‘liq foydalana olmaydi.
Tup soni oshirilganda ayrim o‘simliklarning hosildorligi kamayadi, lekin gektarlardagi ko‘chat soni ko‘payib, buning evaziga har gektardan olinadigan hosil miqdori ortadi. Lekin o‘simliklar haddan tashqari qalin qilib ekilsa, ular siqilishib qolib, bir-birini ezadi va nobud qiladi, natijada o‘simliklarning rivojlanishi kechikadi, hosili kamayadi va sifati keskin yomonlashadi, chunki bunda ko‘pgina meva va tuganaklar mayda bo‘lib, karam boshlari yetilmay qoladi, bu esa tovar mahsulot miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Tup qalinligi tuproq harorati va o‘simliklar atrofidagi havo rejimiga katta tahsir ko‘rsatadi. Tup qalinligi ortishi bilan ularning tuproqni soyalashi ham ortadi, binobarin, tuproq kam qiziydi, harorat pasayadi, o‘simliklar orasidagi havo namligi ortadi.
Janubiy rayonlarda ekinlarni qalin ekish yuqori haroratning zararli tahsirini yumshatuvchi muhim omildir.
Pomidor o‘simligining stolbur kasalligiga va kartoshkaning aynishiga qarshi kurashda ham shu usuldan foydalaniladi.
O‘simliklarnnng qulay tup qalinligini belgilashda ularning biologik xususiyatlari va o‘sish sharoiti ham hisobga olinadi.
Sabzavot ekinlarida ekish sxemasiga qarab ularning oziqlanish maydoni turli usullarda aniqlanadi. Agar ekinlar qatorlab-kvadratlab va to‘g’ri burchakli usulda ekilgan bo‘lsa, bir tupning oziqlanish maydoni (P) quyidagi formula bilan hisoblanadi :
P= R·L
Bunda, P - bir o‘simlik oziqlanish maydoni, m2;
R - qatorlar orasi, m ;
L - qatordagi o‘simliklar orasi, m.
Kvadrat-uyalab hamda to‘g’ri burchak-uyalab ekish usulida formula quyidagicha bo‘ladi :
P = R·L:G
G - uyadagi o‘simliklar soni.
Lenta usulda bir tup oziqlanish maydoni
formula bo‘yicha belgilanadi.
Bunda, R- lentalar oralig’i, m.
M - lentadagi qatorlar oralig’i, m.
L - qatordagi o‘simliklar oralig’i m.
ch - lentadagi qatorlar soni.
Lentasimon-uyalab qo‘sh qatorlab ekilganda bir tup oziqlanish maydonini topishdagi formula quyidagicha bo‘ladi:
, bunda, L - qatordagi uyalar oralig’i, m.
g - uyadagi o‘simliklar soni.
Bir tupning oziqlanish maydonini aniqlagach, har gektardagi tup sonini yoki qalinligini N=10000 m2: P formula yordamida topish mumkin. Bunda N - bir gektardagi tup qalinligi, P-bir tup oziqlanish maydoni, m2.



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish