Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”


II BOB MUDIR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR



Download 139,63 Kb.
bet7/13
Sana26.06.2022
Hajmi139,63 Kb.
#705622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
QULDOSHEVA SH111111

II BOB MUDIR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
2.1 Jamoatchilik a’zolari bilan olib boriladigan faoliyatda mudiraning notiqlik mahoratidan o’rinli foydalanish
Mudiraning maktabgacha ta’lim bo'limlari, ota- onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi. Maktabgacha ta'lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma'muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo'yuvchi zarur choralar ko'radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma'muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo'yadi, shu masalalar bo'yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Mudir ishonch qog'ozisiz maktabgacha ta'lim muassasasi nomidanharakatqiladi,barchashirkatvajamoatkorkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; lozimnomalar tuzadi, ishonch qog'ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi; maktabgacha ta’lim muassasasi uchun zarur bo'lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o'tkazish yo'li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Mudir maktabgacha ta'lim muassasasi huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko'rsatma beradi. Bu buyruq va ko'rsatmalar maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo'jalik mudirining o'z huquqlari doirasida bergan ko'rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir. Maktabgacha ta'lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachi- metodist, xo'jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogika, tibbiy yordam, xizmat ko'rsatish tarmoqlari xodimlari.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig'ilishidir.
Maktabgacha ta'lim muassasasining umumiy yig'ilishi:
- maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavini ko'rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta'lim muassasasi kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma'muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko'rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo'llarini belgilaydi;
Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo'mitasiga taqdim etadi
Mudir ishini rejalashtirish.
Mudiri shida qiyosiy tekshiruv ham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayo­nini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.
Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Mudir - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudirjiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma- xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va
hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini tekshiradi.
Maqsadni belgilab, mudirtarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini
ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudirpedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlan­tiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish
■ huquqini bermaydi.
Agar mudirbir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'lsa, u holda faoliyatningbu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudirqabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir,
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudiryarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudiryuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga to'liq rahbarlik qiladi.
z) mudiraning huquq va vazifalari.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilganligi ham so’zimiz isbotidir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish uchun avvalombor uni har tomonlama bolalar uchun mosligi har tomonlama tekshiriladi va ruxsatnoma beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkilot hajmidan kelib chiqqan holatda bevosita mudira va bilvosita metodist tomonidan boshqariladi. Uning barcha haq huquqlari undagi yangi tashkiliy qo’mita mudira tomonidan tashkil etiladi. Metodist maktabgaca ta’lim tashkilotidagi pedagogic faoliyat bilan shug’llanadi.
Barcha pedagog xodimlarning pedagogic faoliyatini nazoratga oladi. o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.



Download 139,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish