Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”



Download 139,63 Kb.
bet1/13
Sana26.06.2022
Hajmi139,63 Kb.
#705622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QULDOSHEVA SH111111


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI


“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”
fanidan

Himoyaga tavsiya etaman


Fakultet dekani
___________ Ikromov N.M.
“____” ________


KURS ISHI

MAVZU: Mudir- maktabgacha ta’lim muassasasasi rahbari


Talaba: 3-kurs 301 guruh talabasi


Quldosheva Shahlo
Ilmiy rahbar:
_________________
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
mudiri Norbosheva M.O. __________
“______” ____________
TERMIZ 2021
MAVZU: MUDIR- MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASASI RAHBARI
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………….…...3I BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI……………………………..9
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari- mudir…………………………9
1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda mudiraning ahamyati..12
II BOB MUDIR SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR …………...17
2.1 Jamoatchilik a’zolari bilan olib boriladigan faoliyatda mudiraning notiqlik mahoratidan o’rinli foydalanish ……………………………………17
2.2. Mudir tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog ……….22
Xulosa va tavsiyalar.…………………………………………………...…….31
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..32
Ilovalar

KIRISH
Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram prezdentimiz SH.M.Mirziyoyev 2016-yil 29-dekabr kuni “2017-2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” 27/07 sonli ПК ni imzoladi. Ushbu qarorga muvofiq Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan taminlash bolalarni axborot komunikatsion texnologiyaab ta’limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, zamonaviy ta’lim dasturlarini va texnologiyalarinitatbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratish ustvor vazifa etib belgilandi. 2021-yilgacha bolalarni axborot komunikatsion texnologiyaab ta’limiga qamrovini 100% ga yetkazish maqsadida 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etish hamda 2200 ta Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida ko’rsatmalar berildi.
Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Ilk va Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan pedagogik jarayon Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlayotgan pedagog xodimlar tomonidan olib boriladi, unga bevosita mtt metodisti va mtt mudirasi ma’sul hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oʻz oldiga inson huquq va erkinliklari tom ma’noda ta’minlanadigan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish vazifasini qoʻydi. Bu vazifa oʻz navbatida mamlakat hayotining har bir sohasini tubdan isloh qilish, islohotlarning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa asoslarini ishlab chiqish hamda har bir sohadagi ishlarni tizimli tashkil qilishni taqozo etardi. Mamlakatimizda bu boradagi ishlar jadal sur’atlarda boshlab yuborildi va islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila bormoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko’ra, inson o’z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o’zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida Maktabgacha ta’lim tahkilot tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko’rsatib turibdi. Bunga qo’shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo’q. Maktabgacha ta’lim tahkilot tarbiyasini olgan bola bilan Maktabgacha ta’lim tahkilotga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz Maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o’ylab amalgaoshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o’zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo’ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev1.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi Maktabgacha ta’lim tahkilotlar qurish bo’yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim tashkilotlari, jumladan, nodavlat Maktabgacha ta’lim tahkilotlar tarmog’ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog’lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko’paytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko’nikmalarni o’rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya ta’kidlandi yig’ilishda.Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g’oyat dolzarb vazifadir. Yana bir muhim masala – bu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya me’yorlari va gigiyena qoidalariga to’la javob beradigan sog’lom ovqatlanish tizimini yo’lga qo’yish zarur.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan Maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning Maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo’lgan shaxslar bo’lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Zero, “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan Maktabgacha ta’lim tizimini zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko’pgina muammolar yig’ilib qolganini ochiq aytish lozim. Bog’cha tarbiyasini ko’rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo’lishini bugun kimgadir isbotlab o’tirishning, o’ylaymanki, hech qanday hojati yo’q” deydi Sh.M.Mirziyoyev.
Bugungi jadal tarzda rivojlanib kelayotgan XXI “Axborot texnologiyalari” asrida insonlar har tomonlama intelektual salohiyatli, sog’lom, ma’nan yetuk har qanday vaziyatga o’z munosabati bildira oladigan shaxs bo’lishi kerak. Bunday komil insonni tarbiyalashda voyaga yetkazishda esa Maktabgacha ta’lim beqiyos o’rin egallaydi. Bolalarimiz Maktabgacha ta’lim tahkilot yoshidan, boshlang’ich sinflardan kichik kichik kitoblarga o’rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg’aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o’qishga qaytadi” – deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanadi. Shu jumladan 2020- yil 19-mayda Qonunchilik palatasida qabul qilingan va 2020-yil 23 sentyabrda senat tomonidan maqullangan “Ta’lim to’g’risidagi Qonun" ning yangi taxririda ham Maktabgacha ta’lim nechog’lik muhim ekanligi aytib o’tilgan. Jumladan 8-moddasida:
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi2.
Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni axborot komunikatsion texnologiyaabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat Maktabgacha ta’lim mussasasalarida hamda davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshriladi. Maktabgacha ta’lim, bola shaxsini Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo’llanadigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va yetuk, axborot komunikatsion texnologiyaabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida va aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
-bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
-Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o`qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlashir. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruxiy sog’ligini ta’minlash. Maktabgacha ta’lim va uzluksiz ta’limning hamma turlari bilan mustaxkam aloqada olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida – oila jamiyatning asosiy bug’inidir, hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo’lish huquqiga ega» deyilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar – davlat himoyasidadir – deb uqtiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti oila va jamiyatning bolalarga g’amxurlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi taraqqiy etib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari asrida insonlar mehnat bozoridan joy olishlari uchun yuqori malakali , intellektual salohiyatli, iqtidorli, jismonan sog’lom, eng muhimi o’z kasbining yetuk mutaxassisi, kompyuter texnologiyalarini biluvchi yuqori malakali kadr bo’lishi kerak. Har bir narsaning mustahkamligi uning poydevoriga bog’liq bo’lganligidek, yoshlarning bilimli, salohiyatli bo’lishi uzluksiz ta’limning bosh bo’g’ini Maktabgacha ta’limning qanday berilishiga va uning sifatiga bog’liq.

Download 139,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish