Boshqarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustahkam psixologik xislatlari - diqqat, idrok, tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui.
Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar o’rtasidagi munosabatlarda kuzatiladi. Bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq, etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqda. Boshqarish usulining eng muhim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ma’naviy-axloqiy hislat va fazilatlar sohibi bo’lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish ham bundan istisno emas. Ushbu tashkilotlardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko’nikmalarni o’zaro uyg’un holda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’lik, masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudirmaktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari,
malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni
ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudiro'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik
va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ro'yxatdan o'tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati
organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'limtarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llaydi; o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish uchun maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik faoliyatiga javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogic kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini
saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |