1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda mudiraning ahamyati
Maktabgacha ta’lim tashkilot murakkab sohalardan biri bo’lib, uni samarali boshqarishda mudiraning o’rni beqiyosdir. Muassasa tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog - mudiraning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifasini to’laqonli hal etishga qaratilgan. U mazkur tashkilotlardagi ta’lim-tarbiya, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Mudir jamoaga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, tashkilot zimmasidagi maqsad) hamda vazifalarni e’tiborga olgan holda, unda ishchanlik, uyushqoqlik o’zaro hamjixatlik va hurmat muhitining qaror topishiga intiladi. Mudiro’z faoliyatida amaldagi qonunchilik hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar, buyruq va ko’rsatmalarga amal qiladi, u o’z ustida tinimsiz ishlab, rahbarlik faoliyatini, tashkilotdagi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga intiladi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, o’ziga va qo’l ostidagi xodimlarga talabchanlik va qat’iyat mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimining malaka tavsiflari:
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarning bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarida yuqori samaraga erishishini tashkil qilish;
v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
g) bolalarni boshlang’ich sinfda o’qitishga tayyorlash bo’yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish;
d) bolalar sog’ligini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiena talablariga muvofiq tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlash;
e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo’yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish;
j) sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish;
i) maktabgacha ta’lim tashkilotida tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilar ro’yhati bo’yicha to’ldirilishini amalga oshirish;
y) jihozlardan to’g’ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlash;
k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to’g’ri (optimal, samarali) qo’yishni ta’minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
l) byudjet mablag’laridan oqilona foydalanish va tashkilot mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, korxona, tashkilot va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalari tuzish, maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo’nalishlardagi davlat va nodavlat jamg’armalar bilan o’zaro hamkorlikda ish yuritish;
m) ichki mehnat tartibi qoidalarini o’rnatish, maktabgacha ta’lim tashkilot shtatlar jadvalida tarbiyachi- uslubiyotchi lavozimi ko’zda tutilmaganda uning vazifalarini bajarish;
n) tarbiyalanuvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’yilgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |