2.2. Mudir tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali pedagog
Mudiraning tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarligi. Tashkiliy-pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik qilish.
2) Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish (masalan, ochiq mashg'uloti sayrlarni kuzatish).
3) Maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at va sport bayramlarini o'tkazish.
Ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik. Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish, guruhning ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir. guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi. Mudira ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar qo'mitaning raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira haftada 2 marta ota-onalarni qabul qiladi, Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo, kamchiliklar bilan birga bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudira tomonidan ta'lim-tarbiya ishlarini kuzatish, nazorat qilish usul va uslublari.
"Ilk qadam" Dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasining quyidagi vazifalari belgilandi:
a) mehnat faoliyati zaminlarini tarbiyalash;
b) mehnat malakalarini shakllantirish
vj bolalar mehnat faoliyati mazmunini asta-sekin kengay tira borib, ularni takomillashtirish;
g) shaxsning muhim sifatlari: mehnatga intilish odatini, mas'uliyat, g'amxo'rlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, mehnatda qatnashishga tayyorgarlik, qat'iylikni zarurat tug'ilganda mehnatga qo'shila bilshni tarbiyalash;
d) topshiriqni bajarishning boshlanishi va pirovard natija o'rtasida bog'liqlikni aniqlashni o'rgatish, mehnatning ahamiyatni tushuntirish, mehnat natijalariga tejamkorlik bilan yondashishni tarbiyalash; topshiriqlarga mas'uliyatli munosabat, ishni oxirigacha yetkazish ko'nikmasi ishtiyoqi, uni sifatli bajarishga intilish asosiarini shakllantirish;
j) mehnat madaniyatini tarkib toptirish; o'zining ishini va umumishni rejalashtirish va uyushtirishning elementar malakalarini, uning izchilligini taqsimlash, ish uchun kerakli hamma narsani hozirlash, jihozlardan to'g'ri foydalanish, mehnat jarayoni tugagach, hamma narsani joy-joyida olib borib, qiyin malakalarni tayyorlash.
z)' o'z harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirish, yordam zarurligini ko'ra bilish, yordamni o'z tashabbusi bilan ko'rsatishni o'rgatish.
Bolalarning mehnat faoliyatlari turli yosh guruhlarda tegishli shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |