Davlat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.
Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.
D.ning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq D.laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik D.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-kab tarixni boshidan kechirdi (qarang Oʻzbekiston Respublikasi).
Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi D.ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi.
D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur D. organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega boʻladi (qarang Davlat xavfsizlik organlari).
D. tiplari va shakllari. Davlatshunos olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz. D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan boʻlsa, deqqonchilik bilan shugʻullanuvchi va sanoat bilan shugʻullanuvchi (yoki industrial taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga koʻra, D.lar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa, yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida rasman amal qiladi, D. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar D.da hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu hamma narsa, inson esa — hech nima" degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib, shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va jamoat ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga oshirish taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (qarang Demokratiya).
D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan D.lar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D. boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, D. boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda D. va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bogʻliq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning rivojlanishi, demokratik institutlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi oʻrni xolisona tadqiq qilina boshladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi D. mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda D. boshqaruvi va D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |