Metodi. Adabiyotning nazariy muammolari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana31.03.2022
Hajmi0,73 Mb.
#520602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ma’ruza №1 “Adabiyotshunoslik” fanining mazmuni, predmeti va metodi

Adabiy tanqid
Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon muammolarini 
o‘rganish, yangi paydo bo‘lgan asarlarni (shuningdek, 
o‘tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nuqtai 
nazaridan g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish va baholashni maqsad 
qilib qo‘yadi. Adabiy tanqid — adabiyotshunoslikning 
operativ, joriy adabiy jarayonga bevosita aralashadigan 
sohasidir. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning boshqa 
sohalaridan bir qator jihatlari bilan ajraladiki, bu narsa «1.3-
rasm» uning tabiati, o‘ziga xos maqsad va 
vazifalari 
bilan 
izohlanadi. 
Adabiy 
tanqid 
o‘zida 
adabiyotshunoslik ilmi, badiiy adabiyot va publisistikaga xos 
jihatlarni uyg‘unlashtiradi. Ma’lumki, adabiy-tanqidiy asar 
faqat ilmiy doiralar uchungina emas, balki ancha keng 
auditoriyaga mo‘ljallab yoziladi. Shunga ko‘ra, uning tili — ilmiy-ommabop til. Boz ustiga, badiiy 
asar haqida so‘z borarkan, tanqidchi faqat tushunchalar vositasida emas, obrazlar vositasida ham 
fikrlaydi; mantiqiygina emas, hissiy mushohadalarga ham tayanadi. Badiiy asar haqida fikr 
yuritayotgan, uni bugungi kun nuqtai nazaridan baholayotgan tanqidchi o‘quvchi ommaga 
bevosita ta’sir qilishni ham ko‘zda tutadi. Ayni paytda, badiiy asarni tahlil qilayotgan 
tanqidchining fikrlari adabiyot nazariyasiga, adabiyotshunoslik ilmining yutuqlariga asoslanadi. 
Bularning bari adabiy-tanqidni adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va publisistika oralig‘idagi 
hodisaga aylantiradi. 
O‘zbek adabiy tanqidchiligining ilk kurtaklari ham tazkiralarga borib taqaladi. 
Shuningdek, mutaxassislar o‘tmish adabiy jarayoniga xos bo‘lgan mushoiralar, nafis majlislarda 
«og‘zaki tanqid» mavjud bo‘lganligini ham ta’kidlaydilar. Biroq hozirgi tushunchadagi, yangi 
tipdagi o‘zbek adabiy-tanqidchiligining shakllanishi XIX asr oxiri-XX asr boshlariga to‘g‘ri 
keladi. Yangi tipdagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi milliy matbuotning shakllanishi bilan 
bog‘liq holda amalga oshdi. O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishida jadidchilikning 
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari M.Behbudiy, A.Fitrat, X.Muin; shuningdek, jadidchilik ta’sirida 
adabiyot maydoniga kirgan V.Mahmud, Cho‘lpon kabi ijodkorlarning katta xizmatlari bor
4

3
Қаюмов А. Алишер Навоий. –Т.: Камалак,1991; Ҳайитметов А. Навоий лирикаси.−Т.:Фан,196; Фитрат. 
Навоийнинг форсий шоирлиғи ҳам унинг бир форсий девони тўғрисида // Маориф ва ўқитувчи, 1925.−№12. –
Б.38−41.

4
Маҳмуд В. Илмий-адабий вазифалар қаршисида // Зарафшон, 1924, 21 июнь; Алишер Навоий // Маориф ва 
ўқитувчи,1925,−№3; Чулпон Адабиёт надир|| Kh-davron.uz 


O‘zbek adabiy tanqidchiligi murakkab rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda "vulgar 
sosiologizm", "partiyaviylik", "sinfiylik", "konfliktsizlik nazariyasi" singari g‘ayriilmiy, 
g‘ayriadabiy dogmalardan jiddiy talafot ko‘rdi. Afsus bilan qayd etish lozimki, O.Hoshim, 
S.Husayn, M.Solihov kabi adabiyotshunoslar, H.Olimjon, Uyg‘un, K.Yashin singari 
ijodkorlarning qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur rivojiga emas, balki ko‘proq 
chinakam so‘z san’atining zarariyu mustabid tuzumning hokim mafkurasiga xizmat qildi va shu 
bois ham ular bugungi kunda batamom eskirdi. 
Yuqoridagicha yo‘qotishlarga qaramasdan, o‘zbek adabiy-tanqidchiligi badiiy didni 
tarbiyalash orqali adabiyotimiz rivojiga sezilarli hissa qo‘shganligini ham tan olish zarur. O‘zbek 
tanqidchiligining M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliev, I.g‘afurov, 
A.Rasulov, M.Mahmudov kabi qator namoyandalarining chiqishlarida, garchi ular ham mafkura 
tazyiqidan to‘la forig‘ bo‘lmasa-da, adabiyotimizning dolzarb muammolari ko‘tarildi, ko‘plab 
asarlarning badiiy jozibasi ochib berildi va imkon qadar xolis baholandi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish