Metodi. Adabiyotning nazariy muammolari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana31.03.2022
Hajmi0,73 Mb.
#520602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ma’ruza №1 “Adabiyotshunoslik” fanining mazmuni, predmeti va metodi

Manbashunoslik
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida manbashunoslik adabiyot tarixi, 
adabiyot nazariyasiga oid manbalarni izlab topish, tasniflash, ro‘yxatga olish kabi amaliy 
vazifalarni bajarish, shuningdek, manbalarni qidirish va o‘rganish yo‘llarini ishlab chiqish bilan 


shug‘ullanadi. Bu o‘rinda "manba" deyilganda adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda qo‘l kelishi 
mumkin bo‘lgan barcha manbalar tushuniladi: asar qo‘lyozmalari, ijodkorlarning xatlari, kundalik 
daftarlari, adabiy jarayonga yoki muayyan ijodkor hayoti va ijodiga taalluqli hujjatlar va 
boshqalar. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotshunosligining manbashunoslik bobidagi izlanishlari, 
ayniqsa, XX asr boshlari adabiyotini o‘rganish bilan bog‘liq holda faollashdi. Qatag‘on qilingan 
adib va shoirlarning ijodiy merosini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga doir hujjatlarni izlab 
topish borasida N.Karimov, B.Qosimov, H.Boltaboev, B.Do‘stqoraev, R.Tojiboev, B.Karimov, 
M.Qarshiboev kabi olimlarning izlanishlari samarali bo‘lib, ular asr boshidagi adabiy jarayon
unda faol ishtirok etgan ijodkorlar haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga, davr adabiyotining xolis 
ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi
9
. Ma’lumki, konkret ijodkor merosini to‘laqonli tushunish va 
xolis baholash uchun uning hayot yo‘li haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ya’ni, adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri — biografik metodning to‘la 
samara bilan ishlashi uchun konkret ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga ega bo‘lish 
lozim. Afsuski, ko‘plab ijodkorlarimiz haqida ma’lumot beruvchi hujjatlar hali to‘la yig‘ilgan 
emas. Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan qilingan ishlar (bunda professor L.Qayumov 
xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim) bilangina maqtanish mumkin. Shuningdek, Oybek, 
A.Qahhor singari ulkan adiblarimizning uy-muzeylarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy 
xodimlarning sa’y-harakati bilan ular haqidagi hujjatlar yig‘ilgan, tartiblangan. Bu manbalar 
mazkur adiblarning ijodiy merosini o‘rganish, qayta baholashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish