qidirishlaridan charchagan, ammo biz anig‘ini ularning do‘sti Meri o‘rtaga tushganda, bilib
olamiz. Nazariya, aksincha, Merining fikrlari, ehtimol, ta’sir ham qilmaydigan fikr yuritish,
haqiqat yoki yolg‘onligini isbot qilish qiyin bo‘lgan tushuntirishdir.
“Mening nazarimda” deb boshlanuvchi jumla mavhum tushuncha. Biz so‘zlovchining
“Mening
nazarimda, Maykl va Samanta o‘rtasida munosabat mavjud” deb davom ettirishini
kutmaymiz. U nazariya hisoblanmaydi. Jumla nazariy jihatdan o‘ta ziyraklik bilan tugallanishni
talab qiladi: Maykl va Samanta o‘rtasida haqiqatan ham munosabat mavjud bo‘lsa,bu dalil Maykl
bilan Laura o‘rtasidagi munosabat murakkablashadi, degan zo‘rma- zo‘raki izoh talab qilinadi.
shuningdek, Lauraning ham Mayklga biroz aloqasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qiziq, agar
so‘zlovchi: “Mening nazariyam shundan iboratki, Maykl va Samanta orasida muhabbat
munosabati bor,” - desa, ular orasidagi munosabat o‘z-o‘zidan taxminga aylanadi va u dalil
bo‘lmay qoladi. Bu faqat nazariy gipoteza. Ammo umuman olganda, nazariya na faqat aniq
bo‘lmagan
tushunchani nazarda tutadi; unda ayrim murakkablik bo‘ladi: “Mening nazariyam
shundan iboratki, Laura doimo o‘z otasini yashirincha sevar edi, shuning uchun Mayklni o‘ziga
munosib deb bilmadi Nazariya gipotezadan ortiqroq tushuncha. U aniq emas; u turli omillarning
murakkab qo‘shilmalardan iborat; uni isbot qilish yoki rad qilish oson emas. Agar biz bu tavsiflarni
esda tusak, “nazariya” tushunchasining mohiyatida nima yashiringanini bilib olish oson bo‘ladi.
Nazariyaning qo‘llanishi.
Agar nazariya odamlarning qarashlarini o‘zgartiruvchi, o‘zlari o‘rganayotgan predmetlarni
yangicha tushunishga majbur etadigan va ularni tadqiq qilish faoliyatlari haqida yangicha
o‘ylashga undovchi bo‘lsa, unda nazariyaning vazifasi nimadan iborat bo‘ladi?
Nazariyaning asosiy vazifasi shundan iboratki, to‘g‘ri fikrga, ya’ni hamma tomonidan qabul
qilingan ijod mohiyatiga, adabiyotga, tajribaga shubha bilan qarashni vujudga keltirishdir.
Shunday qilib, nazariya quyidagilarni nazarda tutadi:
-
Konsepsiya shundan iboratki, nutq yoki matnning ma’nosi so‘zlovchining
hayolida avvaldan bo‘lgan;
-
G‘oya shu haqdakim, matn – bu nutqdir, uning haqqoniyligi undan
tashqarida, yo tajribada, yoki tasvirlanayotgan voqelikda.
-
Reallik haqidagi tushunchaning o‘rni ushbu daqiqada nimadaQ
Nazariya bu ko‘pincha hamma qabul qilgan tasavvurlarni
keskin tanqid qilar ekan, biz ayni
vaqtda “to‘g‘ri fikrlash”dan kelib chiqqan holda qabul qilgan tasavvurning aslida tarixiy
konstruksiya, xususiy nazariya ekanligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Vaholanki, bu tushuncha
bizga juda tabiiy tuyuladi va biz uni hatto nazariya sifatida qabul qilmaymiz. Nazariya sog‘lom
fikrning tanqidi sifatida va muqobil imkoniyatlarni ko‘rib chiqish adabiyotshunoslikning eng
asosiy tushunchalarini va ilovalarni savol ostiga qo‘yadi. U o‘z- o‘zicha mavjud deb
tushuniladigan hamma narsani teskari qilib yuboradi: Ma’no nimaQ Muallif nimaQ Mutolaa
nimaQ Yozadigan, mutolaa qiladigan yoki ijro etadigan Men yoki sub’ekt nimaQ Qanday qilib
matnlar, ularni vujudga keltiradigan vaziyatlar bilan mos keladiQ
Muqobil tushunchalarning tadqiqi sifatida tushuncha eng chuqur qurilmalarni so‘roq
qilishni, adabiy izlanishlarning ish boshlashini taqozo etadi:
Nazariyaga nima misol bo‘lishi mumkinQ
Derrida yozishma haqida
“Nazariyaning” misoli uchun – kuchli hisoblangan, lekin “nazariya” doirasida xuddi o‘sha
farqlarni ko‘rsatuvchi Fukoning jinsiy tarixni qayta ko‘rib chiqishi kabi tahlilga zamonaviy
faylasuf Jak Derridaning yozish haqidagi munozarasi va ushbu sohadagi Jan Jak Russoning
tajribasi bilan qarashimiz mumkin. Russo o‘n sakkizinchi asr fransuz yozuvchisi bo‘lib, ko‘pincha,
alohida shaxsning zamonaviy tushunchasini hayotga tadbiq etishda, aynan, u yordam ko‘rsatgan
deyiladi.
Lekin, birinchidan, ozgina fon uchun misol keltiramiz. Odatda, G‘arb
falsafasi reallikni
“tashqi ko‘rinish”dan farqlaydi, narsalar o‘z-o‘zidan nimani: belginimi yoki tushunchanimi ifoda
qiladi? - deb o‘ylaydi,. Ushbu nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqat yoki g‘oyani topish faqat reallik
usulidir, buning uchun ular shunday tiniq bo‘lishi lozimki, kontekstda tasavvur qilinayotgan fikr
yoki haqiqatga ular xalaqit qilmasligi, taʼsir etmasligi yoki g‘oya bilan zararlantirmasligi kerak.
So‘zlovchisiz taʼsir etadigan, sunʼiy yoki ixtiyoriy ravishda ishlov berilgan matnni yozishda
fikrning darhol namoyon bo‘lishi yoki mavjudligi potensial ravishda belgilarning tushunilishida
anglashilmovchilikka olib keladi.
6
Russo, “Tillar so‘zlashish uchun yaratilgan, yozuv esa so‘zlashish vositasi sifatida
qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi” deb, yozganida, umumiy ma’noga aylangan ushbu odatga rioya
qiladi. Bu yerda, “Nima qo‘shimcha bo‘ladi”? - degan savol bilan Derrida aralashadi. Vebster o‘z
lug‘atida qo‘shimchani “yakunlovchi yoki qo‘shimcha qiluvchi bir narsa” deb, tushuntiradi.
Yetishmayotgan muhim maʼnoga ega bo‘lgan so‘z qo‘yib yozilgan “to‘liq” matn bormi yoki biror
narsa qo‘shma matnsiz ham tushunilishi mumkinmi? Russo bir necha marta yozuvni oddiy,
arzimas qo‘shimcha, hattoki “so‘zlashish kasalligi” deb ataydi: so‘zlovchi yo‘qligida o‘qilganligi
sababli, yozish anglashilmovchiliklarni to‘g‘ri tushuntirishni tadbiq etish imkonini beruvchi
belgilardan iborat bo‘ladi. Lekin Russo yozuvni arzimas qo‘shimcha
deb atasa-da, aslida uni,
gapni yakunlovchi yoki gapda yetishmayotgan narsa sifatida ko‘rib chiqish kerak, deydi.
So‘zlashdagi kamchiliklarni kompensasiyalash uchun bir necha marta insho yozishga jalb etilgan.
Masalan, Russo o‘zining shaxs tushunchasini jamiyatga nomaʼlum bo‘lgan “ichki” reallik sifatida
ochib beruvchi izohlarida, u o‘zini jamiyatdan yashirish uchun “Iqrornoma” yozishga qaror
qilganligi, chunki u o‘zining jamiyatda “ befoyda shaxs sifatida ko‘rinishini istamaydi. Aslida
uning ichki mohiyati boshqachadir”. U o‘zining ishlarida tarixiy tuzilmalar kabi narsalarni ko‘rib
chiqadi va shu bilan, bizni, “biz shunday bo‘lishimiz kerak” deb, o‘ylagan narsalarga, adabiyotni
ham hisobga olgan holda, davrning til amaliyoti ham narsa shakliga ega bo‘lishi mumkin deb,
qarashga undaydi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: