Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Название 
публикации:
«BOSHLANG’ICH 
SINF 
O’QUVCHILARIDA 
VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLLANTIRISH» 
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi 
mujassam bo`lgan tushunchadir. Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan 
boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib 
voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-
muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri 
bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, 
urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, 
adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan 
ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi. 
Vatanparvarlik 
- kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga 
bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy 
ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir. 
Vatanparvarlik 
— Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish, 
millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo`lida kerak bo`lsa jonini ham fido qilish 
demakdir. 
O`quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab 
jarayondir. Vatanga e’tiqod, vatanparvarlik tushunchalari xalqimizning o`tmish tarixi 
va bugungi kunda amalga oshirayotgan olamshumul ishlarining o`ziga xos talqinini 
o`quvchilarning ongiga ularning o`zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda 
yetkazish orqaligina shakllanishi mumkin. Bunday tushunchalarni shakllantirishda 
xalqimiz ma’naviyatining asosini tashkil qiladigan qadriyatlarning o`rni beqiyosdir. 


794 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yosh avlodda azaliy qadriyatlarga hurmat 
uyg`otishga asosiy e’tibor qaratildi. Qadriyatlarni chuqurroq anglash va anglatish qaror 
topmoqda. Bugungi kunda olimlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularning 
mohiyati, o`zaro aloqasi, qadriyatlarning inson hayotida tutgan o`rni, ularning 
tarbiyaviy ta’siri hamda ta’lim-tarbiya jarayonida ular vositasida o`quvchi shaxsini har 
tomonlama rivojlantirish ustida keng ko`lamli tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar. 
Qadriyatlar inson ongi va faoliyatining, shu bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Qadriyatlarda o`sha zamonda yashagan 
odamlarning orzu-umidlari, istaklari, hullas, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari o`z 
ifodasini topadi. Vaqt va davr talablari o`zgargan sari qadriyatlarning mazmuni ham 
o`zgarib boradi.
Bizning mamlakatimizda ham inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. 
Insoniyat mavjudki, uning qadr-qimmati ulug`lanib kelinadi. Qadriyatlarning inson va 
jamiyat hayotidagi o`rni, ijtimoiy xarakteriga ko`ra milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki 
diniy, shuningdek, kishilarning yoshi, kasbiy xususiyatlariga hos qadriyatlarga bo`lish 
mumkin. Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanayotgan hozirgi sharoitda inson o`zining 
individual xususiyatlarga tayanishi, o`z kelajagini barpo etishi lozim. O`zbek xalqining 
milliy xususiyatlari : ahloqiylik, o`z-o`zini anglash, milliy tuyg`u, milliy madaniyat, 
milliy kiyinish va yurish-turishda o`z aksini topadiki, xalq milliy o`yinlarini 
o`rganishda bularni chetlab utish mumkin emas. O`zbekiston Respublikasi hududida 
bir vaqtlar asosan ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlar yashagan. Ularning 
asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan. CHorvachilik bilan faqat yarim o`troqlar 
emas, balki o`troq dehqonlar ham shug`ullangan. Dehqonlar mollardan er haydashda, 
bug`doyni yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda foydalanishgan. 
Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunurmandlar ham foydalangan. Mana 
shular tufayli «Podachi», «Oqsoq bo`ri va qo`ylar», «Echkilar va cho`ponlar», «Oq 
tuya» va «Bo`ri keldi» singari qator o`zbek xalq o`yinlari kelib chiqqan.
Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli raqslar «Kaptar 
o`yini», «Chag`alak», «Yumronqoziq», «Ot o`yini» va hokazolar keng rasm bo`lgan. 


795 
Shuningdek, o`zbeklar orasida «Karnaymi, surnay?», «Nina, in va tuguncha», «Tapir-
to`pur qayrag`och», «Qovoq ekish», «Xo`rozlar jangi», «Xo`roz va tovuq», «Qoch 
bolam, kalhat keldi», «Oq terakmi-ko`k terak» kabi o`yinlar ham mashhur bo`lgan.
Milliy xalq o`yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir 
tarixiy bosqichida mazmunan o`zgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan.
An’analar, udumlar shu jumladan, xalq milliy o`yinlari, millatimiz hayoti bilan bog`liq 
bo`lib, avloddan - avlodga meros bo`lib o`tib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va 
tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va 
takomillashtirilgan. Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining har 
bosqichi yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining o`sha bosqichida kattalar 
o`ynagan xalq milliy o`yinlarini o`ynaganlar. Xalq milliy o`yinlarida xalqning ijtimoiy 
hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi o`ziga xos shakllarda aks etgan.
O`zbek milliy-ma’naviy qadriyatlari mazmunida vatanparvarlik g`oyalari yotadi. 
Shuningdek, o`zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o`zaro hurmat, bir-biriga 
suyanish va yaxshi qo`shnichilik, bolajonlik va ota-onaga hurmat, mehr-oqibat va 
sadoqat har tomonlama e’zozlanib kelinadi. 
Mamlakatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim-
tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy 
masalalardan biridir. Darsdan va sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifasi 
faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan 
bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg`otish, 
qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to`ldirishdan iboratdir. Huddi dars 
jarayonida bo`lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o`qituvchisining 
vazifasi mas’uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat ulardan doimiy ravishda o`z 
ustida ishlash, ijodiy mehnatni talab qiladi. Har qanday sinfdan tashqari mashg`ulot 
oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo`yishi shart. Ularning har biri o`ziga hos belgilar, 
bir-biridan farq qiluvchi shakllar, vositalar, ijodiy mehnatni talab qiladi. Sinfdan 
tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar o`qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko`rsatilgan, 
maqsad va vazifalari belgilangan bo`lishi lozim. Umumta’lim maktablariga tashkil 
etiladigan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar o`quvchilik hayoti, ya’ni ularning maktab 


796 
ostonasiga ilk qadam qo`ygan kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 2 sentyabr, 
Ko’z bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, 
mashhur allomalarning tug`ilgan kunlari, 8 mart, Navro`z bayrami, gullar, mehrjon, 
hosil bayramlari kabilar. Mana shunday tadbirlar bevosita o`quvchilarda vatanga 
e’tiqodni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashda uyushtiriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar 
ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ya’ni;
- tarbiyaviy tadbirning rejali, maqsadli, izchil, sistemali o`tkazilishi;
- tarbiyaviy tadbirni hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etish;
- o’quvchi yoshlarni , psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olish;
- tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarning qiziqishi, mayli, intilishlariga javob berishi;
- hayotiy muammolarning echimini topishga yo`naltirilganligi;
- ta’lim jarayonida olingan ahloqiy-ma’naviy bilim, malaka va ko`nikmalarni 
mustahkamlash, to`ldirish va rivojlantirish;
- Vatan himoyachisi, oila boshlig`i, jamiyatning faol fuqarosi bo`lishga tayyor turish. 
Davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri- ma’naviy jihatdan barkamol, jismoniy 
va ruhiy jihatdan sog`lom, Vatan sarhadlarini himoya qilish uchun jismonan chiniqqan, 
fidoyi insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy istiqlol 
g`oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga etkazishga ijtimoiy 
zarurat tug`ilishi tabiiy bo`lib, uning aksi ta’lim-tarbiya jarayonida aks etmoqda.
Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar, sport o`yinlari, 
jismoniy mashqlar orqali o`quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, tizimli 
didaktik ta’minotlar, ahborot resurslari yordamida, shuningdek. turli jismoniy 
chiniqtiradigan musobaqalar, jismoniy, sog`lom turmush tarzini reklama qiluvchi 
tarbiyaviy tadbirlar: milliy o`yinlarni reklama qiluvchi suhbatlar, kechalar, sport-
shoular uyushtirilib, o`quvchilarning qiziqishlari inobatga olingan holda to`garaklarga 
jalb qilinganlarida; o`quvchilarning jismoniy, intellektual rivojlanishlari va 
qobiliyatlari, oiladagi, sinf va maktabdagi muhitning atroflicha o`rganilishi, maktab va 
oilaning jismoniy chiniqtirishdagi hamkorligi rivojlantirilishi ijobiy natijalarga olib 
kelishi misollar asosida tasdiqlandi. O’zbekiston jamiyatining hozirgi taraqqiyot 


797 
bosqichida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati 
katta. Chunki “Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo’lgan hamjihatlik va 
bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular 
ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlariga erishishimiz zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa 
jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq. ―Vatanni xurjunga solib 
tashib ketib bo`lmaydi. Agar uni tashib ketish mumkin bo`lganda edi, u sariq chaqaga 
ham arzimasdi”. 


Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish