Название
публикации:
«BOSHLANG’ICH
SINF
O’QUVCHILARIDA
VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLLANTIRISH»
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi
mujassam bo`lgan tushunchadir. Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan
boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib
voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-
muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur.
Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri
bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari,
urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi,
adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan
ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.
Vatanparvarlik
- kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga
bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy
ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir.
Vatanparvarlik
— Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish,
millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo`lida kerak bo`lsa jonini ham fido qilish
demakdir.
O`quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab
jarayondir. Vatanga e’tiqod, vatanparvarlik tushunchalari xalqimizning o`tmish tarixi
va bugungi kunda amalga oshirayotgan olamshumul ishlarining o`ziga xos talqinini
o`quvchilarning ongiga ularning o`zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda
yetkazish orqaligina shakllanishi mumkin. Bunday tushunchalarni shakllantirishda
xalqimiz ma’naviyatining asosini tashkil qiladigan qadriyatlarning o`rni beqiyosdir.
794
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yosh avlodda azaliy qadriyatlarga hurmat
uyg`otishga asosiy e’tibor qaratildi. Qadriyatlarni chuqurroq anglash va anglatish qaror
topmoqda. Bugungi kunda olimlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularning
mohiyati, o`zaro aloqasi, qadriyatlarning inson hayotida tutgan o`rni, ularning
tarbiyaviy ta’siri hamda ta’lim-tarbiya jarayonida ular vositasida o`quvchi shaxsini har
tomonlama rivojlantirish ustida keng ko`lamli tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar.
Qadriyatlar inson ongi va faoliyatining, shu bilan birga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Qadriyatlarda o`sha zamonda yashagan
odamlarning orzu-umidlari, istaklari, hullas, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari o`z
ifodasini topadi. Vaqt va davr talablari o`zgargan sari qadriyatlarning mazmuni ham
o`zgarib boradi.
Bizning mamlakatimizda ham inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Insoniyat mavjudki, uning qadr-qimmati ulug`lanib kelinadi. Qadriyatlarning inson va
jamiyat hayotidagi o`rni, ijtimoiy xarakteriga ko`ra milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki
diniy, shuningdek, kishilarning yoshi, kasbiy xususiyatlariga hos qadriyatlarga bo`lish
mumkin. Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanayotgan hozirgi sharoitda inson o`zining
individual xususiyatlarga tayanishi, o`z kelajagini barpo etishi lozim. O`zbek xalqining
milliy xususiyatlari : ahloqiylik, o`z-o`zini anglash, milliy tuyg`u, milliy madaniyat,
milliy kiyinish va yurish-turishda o`z aksini topadiki, xalq milliy o`yinlarini
o`rganishda bularni chetlab utish mumkin emas. O`zbekiston Respublikasi hududida
bir vaqtlar asosan ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlar yashagan. Ularning
asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan. CHorvachilik bilan faqat yarim o`troqlar
emas, balki o`troq dehqonlar ham shug`ullangan. Dehqonlar mollardan er haydashda,
bug`doyni yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda foydalanishgan.
Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunurmandlar ham foydalangan. Mana
shular tufayli «Podachi», «Oqsoq bo`ri va qo`ylar», «Echkilar va cho`ponlar», «Oq
tuya» va «Bo`ri keldi» singari qator o`zbek xalq o`yinlari kelib chiqqan.
Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli raqslar «Kaptar
o`yini», «Chag`alak», «Yumronqoziq», «Ot o`yini» va hokazolar keng rasm bo`lgan.
795
Shuningdek, o`zbeklar orasida «Karnaymi, surnay?», «Nina, in va tuguncha», «Tapir-
to`pur qayrag`och», «Qovoq ekish», «Xo`rozlar jangi», «Xo`roz va tovuq», «Qoch
bolam, kalhat keldi», «Oq terakmi-ko`k terak» kabi o`yinlar ham mashhur bo`lgan.
Milliy xalq o`yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir
tarixiy bosqichida mazmunan o`zgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan.
An’analar, udumlar shu jumladan, xalq milliy o`yinlari, millatimiz hayoti bilan bog`liq
bo`lib, avloddan - avlodga meros bo`lib o`tib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va
tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va
takomillashtirilgan. Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining har
bosqichi yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining o`sha bosqichida kattalar
o`ynagan xalq milliy o`yinlarini o`ynaganlar. Xalq milliy o`yinlarida xalqning ijtimoiy
hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi o`ziga xos shakllarda aks etgan.
O`zbek milliy-ma’naviy qadriyatlari mazmunida vatanparvarlik g`oyalari yotadi.
Shuningdek, o`zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o`zaro hurmat, bir-biriga
suyanish va yaxshi qo`shnichilik, bolajonlik va ota-onaga hurmat, mehr-oqibat va
sadoqat har tomonlama e’zozlanib kelinadi.
Mamlakatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim-
tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy
masalalardan biridir. Darsdan va sinfdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifasi
faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan
bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg`otish,
qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to`ldirishdan iboratdir. Huddi dars
jarayonida bo`lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o`qituvchisining
vazifasi mas’uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat ulardan doimiy ravishda o`z
ustida ishlash, ijodiy mehnatni talab qiladi. Har qanday sinfdan tashqari mashg`ulot
oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo`yishi shart. Ularning har biri o`ziga hos belgilar,
bir-biridan farq qiluvchi shakllar, vositalar, ijodiy mehnatni talab qiladi. Sinfdan
tashqari ta’lim-tarbiyaviy ishlar o`qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko`rsatilgan,
maqsad va vazifalari belgilangan bo`lishi lozim. Umumta’lim maktablariga tashkil
etiladigan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar o`quvchilik hayoti, ya’ni ularning maktab
796
ostonasiga ilk qadam qo`ygan kunlaridan boshlanadi. Mustaqillik bayrami, 2 sentyabr,
Ko’z bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni,
mashhur allomalarning tug`ilgan kunlari, 8 mart, Navro`z bayrami, gullar, mehrjon,
hosil bayramlari kabilar. Mana shunday tadbirlar bevosita o`quvchilarda vatanga
e’tiqodni shakllantirishga xizmat qiladi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda uyushtiriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar
ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ya’ni;
- tarbiyaviy tadbirning rejali, maqsadli, izchil, sistemali o`tkazilishi;
- tarbiyaviy tadbirni hamkorlik pedagogikasi asosida tashkil etish;
- o’quvchi yoshlarni , psixologik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olish;
- tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarning qiziqishi, mayli, intilishlariga javob berishi;
- hayotiy muammolarning echimini topishga yo`naltirilganligi;
- ta’lim jarayonida olingan ahloqiy-ma’naviy bilim, malaka va ko`nikmalarni
mustahkamlash, to`ldirish va rivojlantirish;
- Vatan himoyachisi, oila boshlig`i, jamiyatning faol fuqarosi bo`lishga tayyor turish.
Davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri- ma’naviy jihatdan barkamol, jismoniy
va ruhiy jihatdan sog`lom, Vatan sarhadlarini himoya qilish uchun jismonan chiniqqan,
fidoyi insonni tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy istiqlol
g`oyasi asosida ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga etkazishga ijtimoiy
zarurat tug`ilishi tabiiy bo`lib, uning aksi ta’lim-tarbiya jarayonida aks etmoqda.
Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, sinfdan va maktabdan tashqari to’garaklar, sport o`yinlari,
jismoniy mashqlar orqali o`quvchilarida ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, tizimli
didaktik ta’minotlar, ahborot resurslari yordamida, shuningdek. turli jismoniy
chiniqtiradigan musobaqalar, jismoniy, sog`lom turmush tarzini reklama qiluvchi
tarbiyaviy tadbirlar: milliy o`yinlarni reklama qiluvchi suhbatlar, kechalar, sport-
shoular uyushtirilib, o`quvchilarning qiziqishlari inobatga olingan holda to`garaklarga
jalb qilinganlarida; o`quvchilarning jismoniy, intellektual rivojlanishlari va
qobiliyatlari, oiladagi, sinf va maktabdagi muhitning atroflicha o`rganilishi, maktab va
oilaning jismoniy chiniqtirishdagi hamkorligi rivojlantirilishi ijobiy natijalarga olib
kelishi misollar asosida tasdiqlandi. O’zbekiston jamiyatining hozirgi taraqqiyot
797
bosqichida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati
katta. Chunki “Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo’lgan hamjihatlik va
bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, milliy ong, milliy g`urur tushunchalarini singdirish uchun ular
ma’naviy jihatdan sog`lom bo`lishlariga erishishimiz zarur. Ma’naviy sog`lomlik esa
jismoniy va ruhiy sog`lomlik bilan chambarchas bog`liq. ―Vatanni xurjunga solib
tashib ketib bo`lmaydi. Agar uni tashib ketish mumkin bo`lganda edi, u sariq chaqaga
ham arzimasdi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |