References
1. Nabiev M., Properties of vegetables, berries, spices. Labor, Tashkent 1990.
785
2. Madraximov A.S. Ibn Sina on medicinal plants "Labor", Tashkent 1990.
3. Sahobiddinov S.S. Systematics of plants. Teacher, Tashkent 1966
4. Sahobiddinov S.S. Dikorastushchie medicinal plants of Central Asia,
Tashkent, 1948
786
ФИО автора:
Rustamova Yulduzxon Muhamadjon qizi
Xiva tibbiyot kolleji Ingliz tili fani o'qituvchisi
Название публикации:
«O'T QOPI VA JIGARNING ISHDAN CHIQISHI
KASALLIGINING INSON TANASIGA TA`SIRI»
Annotatsiya:
ushbu maqolada
o‘t pufagining yallig‘lanishi, o‘t pufagini olib
tashlangach ovqat hazm qilish jarayoni, jigar hajmi kattalashganda yoki jigar
sindromlari boshlanganda patologik holat va jigarni "o‘ldiradigan" mahsulotlar
to’g’risida yozilgan.
Kalit so’zlar:
o‘t pufagi, yallig‘lanish, hazm jarayoni, jigar, sindrom, patologiya,
mahsulot.
O‘t pufagi jigar ishlab chiqargan o‘t suyuqligi uchun rezervuar hisoblanib, u
ovqatlanish vaqtida o‘t suyuqligini 12 barmoqli ichakka haydab berish vazifasini
bajaradi. O‘t pufagining kasalliklari - betartib, pala partish ovqatlanish, yog‘li
mahsulotlarni ortiq darajada is’temol qilish, kam harakatlilik, o‘t suyuqligining
dimlanishida paydo bo‘ladi. Shuningdek, o‘t qopida o‘t yig‘ilganidan so‘ng, o‘t pufagi
devorlari taranglashadi va qon aylanishi buziladi, natijada ikkilamchi infeksiya
vujudga keladi, organizmda yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin.
O‘t pufagi kasalligi xoletsistit bo‘lib, u o‘t pufagining yallig‘lanishidir. Uning
ikki xil turi bor. O‘tkir xollitsistit —yallig‘lanish jarayonining boshlanishi va surunkali
xollitsistit — o‘z vaqtida davolanmagan yallig‘lanish, bora-bora umr davomida
surunkali, ya’ni vaqti-vaqti bilan qaytalab turuvchi yallig‘lanishga o‘tadi. Shuningdek,
bu dard toshli va toshsiz xoletsistitlarga ajratiladi.
O‘t toshlari ko‘proq yog‘li, xolestiringa boy mahsulotlar iste’mol qilish
natijasida hosil bo‘ladi. O‘t tosh kasalligi, o‘tkir va tez-tez qaytalanuvchi surunkali
toshli xoletsistitlarda, o‘t pufagi istisqosida, o‘t pufagi flegmona va o‘smasi aniqlangan
holatlarda olib tashlanadi. O‘t pufagini olib tashlagach, uning vazifasini jigar bajaradi.
O‘t pufagini olib tashlangach ovqat hazm qilishda biroz o‘zgarishlar kuzatiladi, ya’ni
yog‘li, hamirli xolestiringa boy mahsulotlar, quyuq ovqatlarni hazm bo‘lishi
qiyinlashadi. Shu sababli operatsiyadan so‘ng 6 oy parxez buyuriladi. Ushbu
787
operatsiyani boshidan kechirgan bemorlar tez hazm bo‘ladigan taomlar, mevalar,
sharbatlarni iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga yog‘li, hamirli
xolestiringa boy, ya’ni qovurilgan hamda quyuq ovqatlar iste’mol qilish tavsiya
qilinmaydi.
Jigar inson organizmida katta ahamiyatga ega boʻlgan aʼzolardan biri
hisoblanadi. Jigar qonda toʻplangan zaharli moddalar va toksinlarni tozalash
xususiyatiga ega, jigarda ishlab chiqariladigan oʻt suyuqligi yogʻlarni parchalashda
ishtirok etadi. Bu organda organizm uchun zarur boʻlgan vitamin, mineral hamda
foydali boʻlgan boshqa mahsulotlar ham toʻplanadi. Jigar kasalliklari kuzatilgada esa,
yuqorida sanab oʻtilgan qator funksiyalar «bajaruvchisiz» qoladi.
Jigar hajmi kattalashganda yoki jigar sindromlari boshlanganda patologik holat
ancha kuchayib ketgan boʻladi. Aynan shuning uchun ham jigar kasalliklarida kelib
chiqadigan simptomlar haqida bilib olish muhim hisoblanadi.
Jigarning asosiy kasalliklari:
Turli etiologiyali gepatitlar: virusli, toksik (dori hamda alkogol
natijasida), ishemik. Jigarning yalligʻlanishi oʻtkir yoki surunkali kechishi mumkin;
Serroz: toksik moddalarning jigarda doimo taʼsiri natijasida kelib chiqadi,
nekrotik jarayonlar, qon kasalliklari, nasliy kasalliklar natijasida;
Jigarda kuzatiladigan oʻsma kasalliklari: jigar yomon sifatli oʻsmalari,
kistalar, toʻqima absessi;
Jigar toʻqimalari infiltratsiyasi: amiloidoz, glikogenez, yogʻli distrofiya,
granulematoz, limfomalar natijasida;
Jigarning funksional kasalliklari: Jilber, Dubin-Jonson, Kligler-Nayara
sindromi;
Jigar ichi oʻt yoʻllari kasalliklari: xolangit, oʻt yoʻllarida yalligʻlanish
jarayonlari, oʻt-tosh kasalliklari natijasida oʻt yoʻllari oʻtkazuvchanligi buzilishi,
toʻqimalar chandiqlanishi;
Jigar qon bilan taʼminlashi buzilishi: jigar venalari trombozi, yurak
yetishmovchiligi natijasida dimlanish va sirroz shakllanishi, arteriovenoz oqmalar.
788
Jigar
funksiyasining
buzilishida,
turli
kasalliklarida
kuzatiladigan
simptomlarning oʻxshashlik jihatlari bor. Ularga oʻt suyuqligi yetishmovchiligi,
xolesterin yetishmovchiligi, toksik moddalarning qondan tozalanishi buzilishi, hazm
qilish jarayonining sustlashishi kabilar kiradi. Bu kabi holatlarning barchasida jigar
funksional qobiliyatining zaiflashuvi kuzatiladi.
Jigar kasalliklarida kuzatiladigan boshqa simptomlar jigarning toksik
moddalarni neytrallash xususiyati pasayishi hamda funksiyasining buzilishi natijasida
kelib chiqadi, ular quyidagilardir:
Teri qichishishi;
Terida mayda qon tomirlar yorilishi natijasida qizgʻish dogʻlarning paydo
boʻlishi, qon tomirli “yulduzchalar”, koʻkarishlar – qon ivish xossasi buzilishi bilan
bogʻliq;
Teri osti yogʻ qavatida lipomalar hosil boʻlishi;
Kaft yuzasining qizarishi;
Til rangining oʻzgarishi.
Jigar kasalliklarida portal gipertenziya sindromi haqida qisqacha aytadigan
bo’lsak, ushbu sindrom kelib chiqishida jigardan oʻtuvchi portal venada dimlanish
hamda ichki a’zolarda bosimning ortishi orqali roʻy beradi. Bunga sabab mexanik
jarohatlanishi, oʻsma kasalliklari, serroz, qon tomir kasalliklari, gepatitlarning turli
koʻrinishlari, toksik zararlanish, parazitar kasalliklar boʻlishi mumkin.
Portal gipertenziya rivojlanishida quyidagi bosqichlar farqlanadi:
-
Boshlangʻich davr – oshqozon ichak tizimida kuchsiz dispepsiya holati,
jigar sohasida kuchsiz ogʻriq, qorin dam boʻlishi, ishtahaning pasayishi;
-
Kuchsiz belgilar davri – taloq biroz kattalashadi, qiziloʻngach qon
tomirlarida oʻzgarishlar;
-
Avj olish davri – assit, qorin boʻshligʻida suyuqlik yigʻilishi, shish, teri
ostiga qon quyilishlar bilan namoyon boʻladi;
-
Asoratlanish davri – qorin boʻshligʻida qon ketish, hazm qilish tizimida
muammolar kelib chiqishi.
Jigarni "o‘ldiradigan" mahsulotlar:
789
yog‘li mahsulotlarni va yog‘li go‘shtni ko‘p iste’mol qilgan odamning
hazm qilish a’zolarida ortiqcha bosim paydo bo‘ladi, bu esa bevosita jigarni zararlaydi.
margarin va mayonez tarkibidagi sun’iy yog‘lar jigarning normal
ishlashiga xalaqit beradi.
Ayni paytda, dudlangan go‘sht va qovurilgan ovqatlar ham zararli hisoblanadi.
Taqiqlangan ovqatlarga yangi un mahsulotlari, shirinliklar va shirin gazlangan suv,
keyinchalik bu uglevodlarning barchasi yog‘ to‘qimalariga o‘tib, gepatositlarga zarar
yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |