Mineral oʻgʻitlar



Download 22,39 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2022
Hajmi22,39 Kb.
#327575
  1   2
Bog'liq
9.Mineral o'g'itlar


Mineral o’g’itlar

Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha Mineral oʻgʻitlar agronomik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral oʻgʻitlar 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan Mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng , kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral oʻgʻitlar tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli Mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. Mineral oʻgʻitlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, Mineral oʻgʻitlar bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash Mineral oʻgʻitlar zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan Mineral oʻgʻitlar (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. Mineral oʻgʻitlar qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.

Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi oʻsimlikning biologik xususiyatiga, har ga yerga solinadigan oʻgʻit normasiga, organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilishiga, qoʻllaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va boshqalarga bogʻliq. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa solinadigan Mineral oʻgʻitlar meʼyorini toʻgʻri belgilash Mineral oʻgʻitlardan foydalanishda muhim oʻrinda turadi va bu meʼyor oʻgʻit tarkibidagi sof taʼsir etuvchi oziq moddalarning kg/ga miqdori bilan belgilanadi. Mineral oʻgʻitlar usimlikning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usimlik oʻzlashtiradigan elementlar miqdori, ishlatiladigan oʻgʻitlarning xususiyati, oʻsimlikning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi kerak. Mineral oʻgʻitlar yerga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy oʻgʻitlash), ekish vaqtida va oʻsuv davrida (oʻsimliklarni oziqlantirish) solinadi. Mineral oʻgʻitlar- ni notoʻgʻri qoʻllash biotsenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi mumkin. Mineral oʻgʻitlar tuprokda har xil oʻzgarishlarga uchraydi, bu oʻzgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga taʼsir kursatadi.

Mineral oʻgʻitlarning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga Karaganda, gʻuza 1 t paxta hosili toʻplash uchun sof 30–70 kg azot, 10–20 kg fosfor, 30–60 kg kaliyni oʻzlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxminan 50% ugʻitlarni qoʻllash, 25% nav afzalliklari va 25% yetishtirish texnologiyasi orkali taʼminlanadi. Toʻgʻri nisbatlarda koʻllanilgan NPK Mineral oʻgʻitlarning har bir kg i oʻrtacha 10 kg gʻalla yoki shunga ekvivalent boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini beradi. I .t. muassasalarining tekshirish natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda azot, fosfor va kaliyni qoʻllashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan.

Jahonda 20-asrning 90-yillari boshida 150 mln.t. dan koʻproq M.oʻ. ishlab chiqarildi. AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda M.oʻ. ishlab chiqarish rivojlangan va ularni qoʻllash aholi jon boshiga 32– 80 kg va undan ortiq NPK ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda M.oʻ. 20-asrning 20-yillaridan qoʻllanila boshlagan. 2001 yilda Oʻzbekistonda 801 ming t (100% oziq modda hisobida) M.oʻ. ishlab chiqarildi (qarang Agrokimyoviy haritagramma, Azotli oʻgʻitlar, Kaliyli oʻgʻitlar, Mikrooʻgʻitlar, Fosforli oʻgʻitlar).

Makro va mikroo‘g‘itlar. 0 ‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun zarur boigan asosiy kimyoviy elementlar quyidagilardir (ular o'nta): С, О, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S. 0 ‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun zaruriy elementlardan N, P, К va ba’zi boshqalari o‘simliklarga ko‘p miqdorlarda kerak boiadi. Shu sababli ular makroelementlar deyiladi, tarkibida shu elementlar bor o‘g‘itlar makroo‘g ‘itlar yoki odatdagi o‘g‘itlar deyiladi.

Lekin tirik organizmlarga yuqorida aytib o‘tilgan 10 element bilan birga juda oz miqdorlarda (mikromiqdorlarda) B, Cu, Co, Mn, Zn, Mo, J kabi kimyoviy elementlar ham zarur. Ular mikroelementlar, tarkibida shunday elementlar bor o‘g‘itlar esa — mikroo‘g ‘itlar deyiladi. Hozir mikroo‘g‘itlarsiz — dalalarning vitaminlarisiz ish yuritib boimaydi, chunki ulardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.


Download 22,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish