Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

ФИО автора:
Artikbaeva Gulziyra Davletbaevna
Qoraqolpogiston Respublikasi, Qorauzak tumani Madaniyat OFI
8-sonli maktab Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi 
Название публикации:
«JAHON ADABIYOTIDA UMRBOQIY MAVZULAR 
TALQINI» 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada jahon adabiyotidagi badiiy asarlarning umrboqiylik 
xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar va sharhlar berilgan. Yillar osha qadri 
tushmay o‘qilayotgan asarlarning orginalligi, asar mavzusining o‘lmasligi to‘g‘risida 
fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
Badiiy asar, umrboqiylik, orginallik, obrazlilik, hayotiylik, ruhiy 
kechinma, ijodkor maqsadi, asar mavzusi, asar qiymati, syujet. 
Har bir xalqning o‘ziga xos umrboqiy asarlari bo‘ladi. Masalan, ruslar A. 
Pushkinning asarlarini, italyanlar D. Aligerining komediyasini, inglizlar Shekspirning 
tragediyalarini, nemislar I. Gyote asarlarini qo‘ldan tushirmay o‘qib keladilar. Barcha 
davrning bebaho asari bo‘ladi, uning umrboqiy bo‘lishida esa ijodkorning mahorati, 
iste’dodi katta ahamiyatga ega. Esxilning “Prometey”, Sofoklning “Shoh Edip”, 
Yevripidning “Elena”, Navoiyning “Xamsa”, Rustavelining “Yo‘lbars terisini 
yopingan pahlavon” kabi asarlarida “odamlarning qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, 
shunday tasviri” berilgani ham yuqorida aytilgan bosh xislatni tasdiqlaydi. Misol 
sifatida G‘arb uyg‘onish adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Servantes ijodini 
olaylik. Uning “Don Kixot” asari jahon adabiyotshunoslari tomonidan ko‘p marotaba 
o‘rganilgan. Haqiqatdan ham, bu asarni har qaysi davr, jamiyat, shaxs o‘z 
dunyoqarashidan kelib chiqib tahlil eta oladi. “Roman yozilgan davrdan boshlab 
haligacha “Don Kixot” o‘rta asr Yevropa ritsar romanlariga parodiya o‘laroq yozildi. 
Bunga ko‘ra avantyur syujet, fantastik elementlar va romantikadan iborat ritsar 
romanlari “Don Kixot” dunyoga kelgandan boshlab, o‘quvchi oldidagi mavqeini 
yo‘qotdi.” Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi chunki har qanday asar unutiladi lekin 
qahramonlar, yumor va xarakter kitobxon onggidan aslo unutilmaydi. Don Kixotning 


420 
insonlar xotirasidan o‘chmaganligining o‘ziga yarasha sabablari bor. Uning xarakteri, 
u yashagan davr muhitini Servantes mahorat bilan ko‘rsatib beradi. Hozirgacha bu 
asarning yashab kelishiga undagi ritsar obrazining g‘ayriodatiy xarakterining 
berilishida, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Rus adabiyotining yorqin vakili Lev Tolstoy “Anna Karenina” asarida Annaning 
xislatini, u turmushga chiqqan insonning xudojo‘yligini, atrofini qurshab olgan muhitni 
oshkora fosh etadi. Asarning qimmati undagi obrazlarning fikrlaridagi keskinlik va 
hamohanglikda ko‘rinadi. Tolstoy bahona Shekspirga ham to‘xtalsak o‘rinli bo‘ladi. 
Sababi Tolstoy Shekspir ijodi haqida juda qizg‘in fikrlarni bayon etgan. U o‘zining bir 
maqolasida: “Shekspirni nafaqat daho yozuvchi, balki eng jo‘n, o‘rtamiyona ijodkor 
deb ham tan olib bo‘lmasligini aytadi. Jahon adabiyotshunoslari bu fikrning isboti 
sifatida quyidagi faktlarni keltirib o‘tadilar. Tolstoy tomonidan jumlama-jumla tahlil 
etilgan “Qirol Lir”, qisman murojaat qilingan “Otello”, “Hamlet” tragediyalarida 
mazmun sayozligini, qahramonlar xarakterining harakat va nutq mantiqidan kelib 
chiqmasligi va aynan, harakat hamda nutqdagi mantiqsizlikni ko‘rsatadilar.” Lekin 
Shekspir qalamga olgan do‘stlik, mubabbat, xiyonat mavzulari tragediyaning badiiy 
qiymatini oshirishga xizmat qilganini aytib o‘tish kerak. Shekspir asarlarining 
umrboqiyligi syujetidagi orginallik bilan o‘lchanadi.
Italyan yozuvchisi Dante Aligeri asarlariga murojaat qiladigan bo‘lsak, uning 
jahonga mashhur “Ilohiy komediyasi” ko‘z oldimizda gavdalanadi. Asarda garchi 
samoviy dunyo dekaratsiyalaridan foydalanilgan bo‘lsa-da, o‘z zamonasining ijtimoiy, 
siyosiy, maishiy muammolarini ko‘tarib chiqqanligi bilan qadrlidir. “Xristiancha va 
siyosiy iyerarxiya olamiga komediya orqali yo‘l topdi.”
Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asaridagi obrazlilik, hayotiylik kitobxonni 
ta’sirlantirmay qo‘ymaydi. Asarda barmoq bilan sanarli obrazlar orqali yozuvchi 
o‘zining badiiy niyatini ochib beradi. Bu yuksak romani uchun yozuvchi Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘ladi. Asarning umrboqiyligi unda qahramonning ruhiyati 
mahorat bilan ko‘rsatilganida aks etadi. Bosh qahramon chol Santyago keksaligiga 
qaramay o‘zi tetik holda tasvirlanadi. Shuning uchun yozuvchi “bu odam taslim 
bo‘lmaydi” deb uqtiradi. Chol to‘riga katta baliq tushganda, cheksiz sevinadi “baliq” 


421 
deb qichqiradi. U sekingina “o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmayman,- deydi. Chol 
butun kuch-quvvatini ishga solib, baliq bilan olishadi va uni yengadi. Uning 
“odamzotni yanchib tashlash mumkin, lekin bo‘ysundirish mumkin emas” degan 
so‘zlari inson qudratiga ijodkorning cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.
Yaqin davrda yozilgan “Alkimyogar” asarida ilgari surilgan umrboqiy mavzuga 
to‘xtalaylik. Asarning bosh g‘oyasi bu – “Bizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat 
barqaror: agar siz chin dildan nimanidir orzu qilsangiz, unga, albatta, erishasiz. Zotan 
bu orzu olam qalbida ham tug‘iladi va ayni shuning o‘zi sizning Yerda mavjudligingiz 
tasdiqi, sizning taqdiringizdir.” Bu fikrlarning inson hayotiga yaqinligi, orzu-
umidlarining ro‘yobini ko‘rsatib berilishi, obrazning boshidan o‘tkazgan voqealardagi 
izchillik asar badiiy qiymatini oshirib berganini ko‘rsatadi.
M.N. Kufaev ilmiy taraqqiyotga bir murakkab va haligacha to’liq hal qilinmagan 
muammoni - kitoblar va kitoblar kabi asosiy toifalarni, kitob bilimlari ob’ekti sifatida 
ta’riflashni kiritdi. «Mening asosiy fikrim shundaki, kitob mustaqil ravishda, narsa, 
hodisa va boshqalar sifatida o’rganilmaydi, nafaqat fikrlar va so’zlarning egasi sifatida, 
balki moddiy madaniyatning o’ziga xos hodisasi sifatida ham o’rganilmaydi. Vazifa 
"odamlar o’rtasidagi aloqa qilish uchun mavjud bo’lgan" kitobni o’rganishdir.
Yoshlarning kitobxonlik madaniyati bu - iqtidorli shaxslar, olimlar jamoasi 
tomonidan tabiat, jamiyat, insonning axloqiy va estetik olamini teran o’rganish asosida 
yozilgan ilmiy-texnikaviy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy va estetik 
adabiyotlarni uzluksiz tarzda o’qib borish, ularni mantiqan tahlil qilish, o’ziga tegishli 
xulosalar chiqarib olish, ilhomlantirish. Zavqlantirish xususiyatlariga ega bo’lgan 
zaruriy kitoblarni o’qish asosida o’zining qanday millat vakillarining farzandi 
ekanligini anglashga qaratilgan tizimli amaliy xatti-harakatlarga aytiladi.
Shunday ekan bo’sh vaqtlarda iloji boricha ko’proq kitob o’qish zarur, ayniqsa, 
badiiy kitoblar insoniy fazilatlarni kuchayishiga, boshqa insonlarni tushunishga 
o’rgatadi. Mutolaa madaniyati kishining manbani to’laqonli tushunishi, undan estetik 
zavq olishi, muallif fikri va g’oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi 
xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlaydi. Kitobni tanlash, uni o’qish, avaylab saqlash, 


422 
shaxsiy kutubxona tashkil etish, o’qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham 
mutolaa madaniyatiga kiradi. 
V. Belinskiy aytganidek, “Ijodkor hayotni o‘zining narsa-hodisalarga qarash tarzi, 
o‘zi yashab turgan olam, davr va xalqqa munosabatiga bog‘liq idealiga mos ravishda 
qayta yaratadi yoki uni butun yalang‘ochligi va haqiqati bilan, barcha tafsilotlari, rang 
va ottenkalariga sodiq qolgan holda aks ettiradi.” Ushbu fikrlarga tayangan holda 
aytishimiz mumkinki, haqiqat aks etgan, ruhiyat ifodalangan asarlar umrboqiy asarlar 
sirasidan joy oladi. Bu asarlarga hech qanday davr, zamon, makon yoki shaxs rahna 
sola olmaydi. Ular har bir davrda qadr-qimmatini yo‘qotmay yozuvchi va olimlar, 
kitobxon va o‘quvchilar orasida aziz bo‘ladi.

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish