Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Abdurahmonov X., Mahmudov N. So’z estetikasi. −T.: Fan, 1981. −43b.
2. Abdusaidov A. Matbuot tilida okkazional frazeologizmlar // O’zbek tili va
adabiyoti. − 2003. −№4. −B.84-86.
3.A’zamov A.,Xaqqulov I. Mas’ul so’z. Badiiy so’z shukuhi. −T.: Fan,1987.− 63 b.
4. Ahmedov A. Badiiy asar tilini o’rganish haqida // O’zbek tili va adabiyoti. 1989.−
№ 9. −B 5. Toshaliyeva S., O’zbek tilida okkazionalizmlar.- T.: Fan, 1998.
409
ФИО автора:
Mehmonova Saida Furqatovna
BuxDU Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim
yo’nalish 1-bosqich magistri
Название публикации:
«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DAVRIDA
OILADA FARZAND TARBIYASINI MILLIY AN’ANALAR ASOSIDA
TARBIYALASHNING USULLARI»
Annotatsiya:
Maqolada hozirgi kundagi oilalarda farzand tarbiyasida yo’l
qo’yilayotgan kamchiliklar ko’rsatib berilgan. Yosh avlodni tarbiyalashning milliy
usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Internet, oila maktablari, folklorshunoslik,
milliy
o’yinlar, chalg’itmalar, ovunchoqlar, erkalamalar
“Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi” — deya
ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Darhaqiqat o’zbek oilasida qadimdan eng mustahkam qo'rg'onlardan biri oila sanalgan.
Oila farzand uchun birinchi maktab bo'lgan. Bola tarbiyaning dastlabkisini ota-onasi,
bobo-buvisidan olgan. Masjid, madrasalardagi domlaning vazifasi esa faqat ilm
o'rgatish bo'lib diniy sharhlanishlardan u yog'iga o'tmagan. Bola muqaddas kitob
"Qur'oni Karim" ni qiroat qilar ekan buning shaklini domladan o'rgansa, aksariyat
mag'zini oiladan o'rgangan. XX asr boshlarida ham shunday holat bo'lgan. Oilada
farzandni tarbiya qilishda ota-onaning roli katta. Avvalo, biron narsani uqtirib ,
eshittirib emas ko'rsatib, o'rnak oldirib bajartirish lozim. Tarbiyani qachondan boshlash
kerak. Shunday bir rivoyat bor: bir ayol farzandini olib Ibn Sinoning yoniga boribdi.
"Bolamni tarbiya qilishni sizga qachondan topshirsam bo'ladi", -debdi. Ibn Sino
bolaning yoshini so'rabdi. Ayol uch yoshdaligini aytibdi. Shunda mutafakkir:"
Kechikibsiz" , - debdi. Shundan keyin yana oradan yillar o'tib ayol ikkinchi farzandiga
homiladorligida bolasining tarbiyasini qachondan boshlashi kerakligini so'rashga
kelibdi. Mutafakkir homilaning necha oyligini so'rabdi. Ayol: "Ikki oylik", - deb javob
beribdi. Mutafakkir: "Kechikibsiz",- debdi. Ayol nega bunday deganining sababini
410
so'rabdi. Mutafakkir bolani ona qorniga gumona bo'lgan kunidan boshlab tarbiyalash
kerakligini aytibdi.
O'zbek oilalarining bugungi kundagi aksariyat muammolari bolalarning telefon-u
kompyuterga haddan ziyod berilib katta bo'layotganligidir. Bugungi kunning
telegramm, instagram, tik-tok, feysbuk kabi online muloqot vositalari juda ko'p
qulayliklar yaratmoqda. Ammo guruch kurmaksiz bo'lmaydi, deganlaridek
internetning zararli tomoni ko'proq bo'lib qolyapti. Bolaning hayotdagi maqsadini
unuttirib hayotga yengil qarash uyg'otish bilan birga juda loqayd qilib qo'ymoqda.
Balki u juda ham foydalidir, shu haqida hech o'ylamaymiz. Kuni bilan o'zi telefonga
termulib o'tirgan ota-onadan bola nimani o'rganishi mumkin. Buning ustiga hali ikki
yoshga ham to'lmasdan uning qo'liga o'zimiz telefonni berib turli qo'shiq va kliplar
bilan chalg'ishini xohlaymiz. Muammoni yechish uchun chora ko'rganda uzoqdan
kelish lozim. Ajriqni ildizi bilan yulmaguncha yo'qotib bo'lmaganiday bola dunyoga
kelmasidan oldin yosh ota-onani tarbiyalash kerak. Biz oilada bola tarbiyasini tashkil
qilish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Birinchidan, turmushga tayyorlanayotgan yoshlarni maxsus oila maktablarida o'qitish
lozim. Bu borada yurtimizda keng ko’lamli ishlar tashkil qilingan. Bunday samarali
ishlarga Prezidentimizning 2020 yil 18- fevraldagi PQ- 4602 qarori asosida tashkil
qilingan Mahalla va oilani qo’llab-quvatlash vazirligi yaqqol misoldir.
Qarorga muvofiq
mahallalar qoshida bo’lg’usi kelin –kuyovlarni oilaga tayyorlash bo’yicha qisqa
muddatli o’quv kurslarini tashkil etib, ularga psixologlar, obro’li otaxon va
onaxonlarni biriktirish, “Ibratli oila” tanlovini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar belgilab
berilgan.
Bundan tashqari bunday maxsus oila maktablarida Psixologiya, Sotsiologiya,
Oilashunoslik kabi fanlar bilan birga folklorshunoslik fanini tavsiya qilamiz. Dastlab
sanalgan uchta fan mohiyatini barcha tushunadi, ammo nega to'rtinchi fan qo'yilishini
tavsiflashimizga to'g'ri keladi. O'zbek xalqining boy madaniy merosi bor. Xalq og'zaki
ijodi bolani milliy ruhda tarbiya topishiga ko'mak beradi. Dastlab allalar onaga
411
o'rgatilishi, ota ham onaga milliy o'yinlar : chillak, o'rtaga tushish, arqon tortish...
kabilar haqida ma'lumot berilsa , bolalar sog'lom hayot tarziga o'zi yoqtirgan o'yinlar
orqali kirib keladi. Bu ,albatta, kuni bilan devorga suyanib, yotib telefonda xatarli
o'yinlarni o'ynashdan ham saqlaydi. Bolaning onggi tiniq bo'lib o'sadi. Keyinchalik xalq
og'zaki ijodiga tegishli aytishmachoqlar, masxaralamalar, ovutmachoqlarni o'rgatish
lozim. Kattalar bolalarga chaqaloqligidan shunday aytimlarni aytib katta qilsalar bola
xarakterida aytimlardagi ijobiy xususiyatlar shakllana boshlaydi. Dunyoga yangicha
qiziqish bilan qaraydi. Masalan, oddiygina bolani chalg'itish uchun tevarak atrof bilan
tanishtirganda "qurbaqajon ,qurbaqa , nega ko'zing bunaqa..." kabilar bolani
sabablarni tahlil qilishga o'rgatadi va atrof olamni anglash ko’nikmalarini shakllantirib
bola tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladi. Yoki "otasi guruch keltirsa, onasi palov
pishirar..." kabilar aytilaversa bola oilada kimning vazifasi nimaligini anglab, ota-
onaga, ularning mehnatlariga hurmat ruhida voyaga yetadi. Bular shunchaki
instinkga aylanib refleks hosil qiladi.
Dadam-u oyim,
Bor ikki singlim
Bahodir, Dildor,
Sanab ko’r chaqqon,
Bizlar necha jon.
Kabi sanamalar ham bolada matematik tasavvurlarni shakllantirish bilan bir qatorda
ularni topqirlik, chaqqonlikka undaydi.
Bu fanning foydali taraflari, yana sanayversak ko'p.
Ikkinchidan, boladan internet vositalarini shunchaki olib qo'ymaslik kerak. Hozir XXI
asr internet texnologiyalari davri. Ota-ona bolaga internetdan to'g'ri foydalanishni
maktabga chiqmasidan oldin o'rgatmog'i kerak. Albatta bu jarayonlar sonlar,
alifbolarni o'rgatishdan keyin amalga oshsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan
tashqari bolalar uchun yaratilgan , yoshiga mos inglis tildagi o’yinli dasturlar, qiziqarli
412
videoroliklar bolani telefondagi har xil o’yinlarga berilib ketishning oldini oladi hamda
bola intelektini oshiradi. Bunda ham ota-onaning e’tibori talab etiladi.
Uchinchidan, diniy tarbiya ota-onaning o'ziga turmush qurishdan avval berishi lozim.
Ular bu jihatdan ham bilimli bo'lsa farzand ham diniy, ham dunyoviy qarashlarning
to'g'ri yo'nalishini o'zlashtiradi. Oilada dasturxon atrofida o’tirish, ovqatni “Bismillahir
rohmanir rohiym” deb yeya boshlash, yeb bo’lgandan keyin fotiha o’qib
dasturxondan turish kabi ko’pgina diniy bilimlarni bola oilada o’rganadi va
shakllanadi.
To'rtinchidan, Respublika hududida taqiqlanishi mumkin bo'lgan "tik-tok" kabilarga
taqiq qo'yilsa ham davlat rivojlanishdan to'xtab qolmaydi. Bajkanalikka yetaklaydigan
har qanday narsadan vaqtida voz kechish zamonaviylikda kimdandir orqada qolishga
olib kelmaydi.
Beshinchidan, Navoiy asarlarining bir qismi yoshlarga majbur o'qitilishi va sharhlab
o'rgatilishi lozim. Bu asarlar ko'p emas. Ro'yxatga "Xamsa", " Lison ut-tayr" va
g'azallar to'plamini kiritilsa kifoya. Biz asarning ma'naviy foydasini nazarda tutyapmiz
xolos.
Umuman olganda bunday "Oila maktablari" butun Respublikada tashkil qilinishi
lozim. Buni boshqa millatlarga joriy qilinishi yoki ularda bor -yo'qligini tahlil qilish
muhim emas. Har bir davlat o'zi ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib o'z
kelajak avlodi tarbiyasiga o'zi mas'uldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |