Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

Ключевые слова:
педагог, интерактивный стиль, педагогические навыки, 
способности, 
анатомо-физиологические 
особенности, 
толерантность, 
образование, воспитание, навыки, установка. 
Mamlakatimiz barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda tez-sur’atlar bilan rivojlanib 
bormoqda, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Bugungi kunda yoshlarni o’qitish, 
ularga sifatli ta’lim berish, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan ularni sifatli 
bilim olishi, kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishishi o’qituvchi-pedagog, murabbiylar 
zimmasidadir. Bu yo’lda o’quv jarayoniga nafaqat o’z sohasining mutaxasislari, balki 
zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, tarbiyaviy 
mashg’ulotlarni ham mukammal shakillantira oladigan o’qituvchilarni jalb qilish zarur. 
Ta’lim jarayonida dars asosiy tashkiliy qism hisoblanadi, bunda o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Dars bevosita o’qituvchi-pedagog rahbarligida 
olib boriladi. O’qituvchi pedagogik, psixologik jihatdan o’z ixtisosligi bo’yicha 
maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo’lgan ta’lim muassalarida faoliyat ko’satuvchi shaxsdir. Ya’ni, o’qituvchilik kasbi 
juda masuliyatli kasblar sirasiga kiradi. O’qituvchilar nafaqat dars berishlari balki, 
o’quvchilarning turli xildagi xarakterlarni ham hisobga olgan holda yetuk psixolog 


397 
bo’lishlari ham kerak. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida, xususan, pedagogika 
institutlarida psixologiya fani mukammal darjada o’qitiladi. O’qituvchi dars jarayonida 
nafaqat ta’lim beradi, shunindek, o’quvchilarning tarbiyasi madaniyatini ham 
shakllantirib boradi. Buning uchun o’qituvchi yetarli darajada mahoratli, bilimli va 
qobiliyatli bo’lishi lozim. 
Pedagogik mahorat - bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va 
samarali holda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, 
talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, ularda jamiyat 
uchun zarur b’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. O’qituvchi malakali va uddaburon 
bo’lish bilan birga qobiliyatli ham bo’lishi kerak. Malaka va uddaburonlik yillar 
davomida mashq va o’qitish natijasida rivojlanib kelsa, qobiliyat esa iste’dod, layoqat 
va zehn, ya’ni inson nerv tizimidagi anatomo-fiziologik xususiyatdir. O’qituvchilarda 
quyidagi qobiliyat turlari bo’lishi lozim
[1]:

bilish qobiliyati 

kuzatuvchilik qobiliyati 

nutq qobiliyati 

tushuntira olish qobiliyati 

tashkilotchilik qobiliyat

diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
O’qituvchi o’z kasbini mutaxasisi, bilimi yuqori darajada bo’lishi mumkin, 
ammo, u darsni mazmunli va qizqarli qilib o’tib berishi kerak. Ya’ni an’anaviy 
usullardan qochgan holda, zamonaviylik uyg’unligida dars o’tishlari kerak. O’sib, 
rivojlanib kelayotgan yosh avlod bilan ishlaydigan o’qituvchilar o’z-o’zini tanqid 
qilishga, o’z vazifasini anglay olishga, chegarani his qilishga, bolalarga hurmat 
ko’rsatishga va tolerantlikka tayyor bo’lishlari kerak. Bugungi kunda o’qituvchilardan 
quyidagi burch va mas’uliyatlar talab qilinadi: 
1.
O’qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his qiluvchi tarbiyachi, tajribali notiq, 
madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisidir. 
2.
O’qituvchi taiatan o’quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his tuyg’ularini har 
lahzad o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishib ularning ham mehriga 
,hurmatiga sazovor bo’lishi kerak. 
3.
O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib 
borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, 
bu borada o’quvchilarga to’g’ri asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim. 
4.
Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion 
texnalogiyalari yangiliklardan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi. 
5.O’qituvchi o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur va puxta bilimga ega bo’lishi, 
barcha fanlar intergratsiyasini o’zlashtirib borishi, bunda o’z ustida tinimsiz ilmiy 
izlanishlar olib borishi lozim. 
6. O’qituvci ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod 
kelajagi uchun javobgar shaxsdir. 


398 
7.O’qituvchi nutq madaniyatiga alohida e’tibor qaratishi lozim, uning nutqi 
quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib, 
faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o’qituvchining nutqi sodda, ravon, tushunarli bo’lishi; 
hikmatli so’zlar, ibora va maqollar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi 
lozim. Jargon( muayyan kasb yoki sohaga oid so’zlar), varvarizm (muayyan millatga 
oid so’zlarni noo’rin qo’llash), vulgarizm (haqorat qilish, so’kinish so’zlar), 
konselyarizm(o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi 
norasmiy so’zlardan holi bo’lishlari kerak. Chunki ta’lim berayotgan o’quvchilari ham 
o’qituvchisdan o’rnak oladi va shu narsalarni to’g’ri deb hisoblay boshlaydi. 
8.O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda, 
bejirim kiyinishi,ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchini diqqatini tez jalb qiluvchi turli 
xil bezaklardan foydalanmasligi talab etiladi.
[2]
O’qituvchilarga barcha mas’uliyatni yuklayotgan bir paytda shuni ham aytib 
o’tish joizki, tarbiya jarayonida ota-onaning roli ham beqiyosdir. O’qituvchilar 
maktabda tarbiya bersalar,ota-onalar uyda davom ettirishlari kerak, ya’ni bu jarayonga 
ikki taraf ham birdek mas’uldirlar, shunda natija bo’ladi. Aynan shu mavzuda birinchi 
prezidentimiz I.Karimov ham fikr bildirganlar: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa 
ta’limdan ajratib bo’lmaydi - bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy 
talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash 
qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - 
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifai bo’lishi lozim”. 
Dars jarayonidagi asosiy masalalardan biri bu - o’qituvchi va o’quvchi 
o‘rtasidagi munosabat. O’qituvchi o’quvchilar bilan shunday aloqa o’rnatishi kerakki, 
bunda ular fanni ham o’qituvchini ham hurmat qilishlari kerak. Darsni diqqat bilan 
kuzatishlari kerak. Qaysi o’qituvchi qattiqqo’l bo’lsa o’sha o’qituvchining fani 
tayyorlanadi kabi fikrar eski tushuncha, hozirgi kunda o’quvchilarga qattiqqo’llik qilib 
bilim berish samara bermaydi, bu holatda birinchi o’rinda o’quvchilar bilan bo’lgan 
munosabat salbiy tarafga o’zgaradi, muvozanat yo’qoladi va o’quvchilar topshiriqlarni 
ko’r-ko’rona bajarib keladilar, tanbex eshitmaslik uchun yoki yomon baho olmasliklari 
uchun bir-birlaridan ko’chirib ham kelishlari mumkin. Natijada ta’lim samaradorligiga 
putur yetadi va fan o’zlashtirilmay qoladi. Shunday ekan o’qituvchi o’z ustida ko’proq 
ishlashi, darsni jamiyatimizdagi har bir yangilik bilan bog’lab, qiziqtirib, mazmunli 
o’tishi maqsadga muvofiqdir.

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish