O‘rtacha amalda ishlagan xodimlar soni
O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni, ish kunlar bo‘yicha
hisoblangan
Keyingi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil keyingi bo‘limlarda ko‘riladi.
Ishchi kuchi harakatini vaqt bo‘yicha, korxonalar bo‘yicha intensivligini o‘rganish
maqsadida quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi:
Qabul qilish K
t
=
Ishga qabul qilinganlar soni
X 100%
T
ro‘yxatdagi
Ishdan bo‘shash K
t
=
Ishdan bo‘shaganlar soni
X 100%
T
ro‘yxatdagi
Xodimlar sonini to‘ldirish K
t
=
Qabul qilinganlar soni
X 100%
Ishdan bo‘shaganlar soni
Xodimlar doimiylik K
t
=
O‘rganilayotgan davrda ro‘yxatda turgan
xodimlar soni
X 100%
T
ro‘yxatdagi
T
ro‘yxatdagi
– korxonaning o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlari soni.
Ishga qabul qilish va undan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi
harakati deb ataladi. Uni ifodalash uchun quyidagi absolyut ko‘rsatkichlar aniqlanadi:
- qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi xaqida buyruq chiqarilgan);
- ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo‘shamaganligi xaqida buyruq chiqarilgan);
- ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo‘shaganlar umumiy soni).
O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z xohishi bilan
ishdan bo‘shaganlar, shuningdek quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar,
yashash uchun boshqa joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, pensiyaga
chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo‘shagan kishilar.
2. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti
va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil
qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish
vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – mexnat
statistikasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish mexnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat
organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlarning
rahbarining doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida
o‘lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni xodimning korxona ro‘yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini
bildirib, unga ish vaqti davomida xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan
kishi-kunlariga shu korxonada o‘z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu
korxona yo‘llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek xizmat safarida
bo‘lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga
tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalanadi:
1)
Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish
koeffitsienti;
2)
Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
3)
Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti;
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan
barcha kishi-kunlar soni o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning
amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |