Dasht zonasidagi o’tloq-qora va o’tloq tuproqlar.
O’tloq- qora tuproqlarning qalinligi 30-70 sm (ba’zan 1 metr)gumus miqdori 10-12 foiz, mexanik tarkibi og’ir qumoqdan sozgacha bo’lgan tuproqdan iborat bo’ladi. Karbonatlar har xil oq dog’lar holida tarqalgan.
O’tloq-qora tuproqlar yaxshi unumdorlikka ega va ekinlar uchun ancha qulay yaroqli hisoblanadi. Bu tuproqlarning katta maydonlari haydalib o’zlashtirilgan.
Qora tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish va unumdorligini oshirish tadbirlari.
Qora tuproqlar zonasi dehqonchilikda yaxshi o’zlashtirilgan bo’lib, bu yerda MDH aholisining deyarli yarmi yashaydi. MDH hududidagi haydaladigan yerlarning 60 foizi qora tuproqlarga to’g’ri keladi va kungaboqar va mevaning ancha qismi shu yerda yetishtiriladi.
Qora tuproqlar zonasida g’alla, texnika va moyli ekinlardan kuzgi va bahori bug’doy, makkajo’xori, qand lavlagi, kungaboqar, zig’ir va shuningdek meva va uzumning jaxondagi eng yaxshi navlari o’stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |