Qora tuproqlar tuzilishi.
A – gumusli gorizont. Bir xildagi to’q-sur tusga, ba’zan kuchsiz qoramtir alomatga ega.
Haydaladigan qora tuproqlarda A gorizonti Ahay (haydalma gorizont) va A (haydalma osti) gorizontlarga ajratiladi.
AB – gumusli o’tuvchi gorizont. A+AB gorizontlar gumusli profil qalinligini belgilaydi. U keng miqyosda 40 sm dan 150 sm gacha o’zgaradi. Gorizont yaxshi ifodalangan uvoqli strukturaga ega;
B (BC) – o’tuvchi gorizont. Qo’ng’ir tusda. Gumus oqmalari, gumusli dog’lar uchraydi. chuvolchang inlari, shuningdek karbonatlar oqish tusli tomirlari va miseliyalarining ko’pligi tufayli vujudga keladi;
BCa (CCa) –karbonatli illyuvial gorizont. To’plangan CaCO3 ning umumiy miqdori 10-14% ga yetadi. Pastga tomon ohak miqdori kamayadi. Qora tuproqlar profilining pastki chegarasi ona jinslar uchun xarakterli bo’lgan CaCO3 ning barqaror miqdori bilan aniqlanadi;
B – gips va oson eriydigan tuzlar illyuvial gorizonti. U faqat janubiy va oddiy qora tuproqlarda uchraydi. Atmosfera yog’inlari bilan yaxshi yuvilgan podzollashgan, ishqorsizlangan va tipik qora tuproqlarda ushbu gorizont uchramaydi;
C – tuproq paydo qiluvchi ona jins.
Do'stlaringiz bilan baham: |