Adabiyotlar: A1, A2, A4, A5, Q1, Q3, Q4.
9-ma`ruza. Ravish turkumi. Ravishning ma’nosi va Grammatik belgilari.
Reja
ravishning ma'nosi va grammatik belgilari.
ravishlarda shakl yasalishi
ravishga turlicha qarashlar.
Tayanch so`z va iboralar: oz, mo`l, baland, past, saharlab, zimdan, to`satdan, noiloj, uzil-kesil, azza-bazza, o`lda-jo`lda, to`g`ridan-to`g`ri kabilar.
Ravish hamisha tilshunoslikning asosiy masalalaridan biri bo`lib kelgan. Uni atroflicha tadqiq qilgan akademik V.V.Vinogradov "mustaqil so`zning bir guruhiga sig`may qolgan so`z ravish turkumiga yig`ilgan", deb haqqoniy baho bergan.
Uning ma'no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g`arb tilshunosligi ravishni ma'no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo`lmagan o`zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq o`zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag`ishlab yozilgan ko`plab ilmiy adabiyot va darsliklarda ravishning o`zgarmaslik
tabiati inobatga olinmagan.
Tilshunoslar o`zbekcha ravishni rus tilidagi "narechie"ning muqobili sifatida talqin qilishgani natijasida kecha, kunduz, tong, oqshom kabi payt otr, atrof, o`rta, u yerda, bu yerda, old, orqa kabi o`rin otlari, oz, mo`l, butun, to`la kabi miqdor sifati, keyin, past, baland, yuqori kabi o`rin sifatlari ravish turkumi doirasida o`rganilgan. "Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini bildiruvchi o`zgarmas so`z" ravishning so`z turkumi sifatidagi umumiy grammatik ma'nosi. hozirga qadar o`zbek tilida ravishlarga turlicha qarashlar mavjud. Biz ularning ayrimlari to`g`risida bildirilgan fikrlarni keltirishga qaror qildik. Xususan, prof.H.Ne'matov va prof. R.Sayfullayevalar muharrirligida nashr etilgan Zamonaviy o`zbek tili. Morfologiya I jildida: Ravish o`zgarmas so`z turkumi sifatida ta`riflanadi. Ravish mustaqil ma'noli o`zgarmas so`z. U belgi, miqdor yoki holatni, o`rin, payt ma'nosini ifodalaydi va bu jihatdan ot, sifat, songa yaqin turadi. Undan farqli jihati shundaki, so`z o`zgartiruvchi, shakl yasovchi qo`shimcha bilan birika olmaydi. Masalan, ot kelishik, sifat djaraja shaklini qabul qiladi: tongda, oqshomda, kunduzi, ko`proq, ozroq, balandroq kabi. Ayrim ravishda uchraydigan egalik, kelishik shakli uning o`zak qismida soddalashgan, ya'ni o`zak bilan yaxlit holga kelib qolgan: birdan, zimdan, tusatdan, kechasi, birga. Bundan tashqari, qadimgi davrda keng iste'molda bo`lgan –ra (junalish kelishigi) (so`ngra, uzra), - a (qayta, ko`tara), -in (-un) (birin-ketin), (ostin-ustin) qo`shimchalari ham ravish tarkibida qotib qolgan.
Ravish turkumini talqin qilishda o`zgarmaslik xususiyatini e'tiborga olish uning so`z turkumi sifatidagi xususiyatini belgilashda qator qarama-qarshilikka nuqta qo`yadi.
2. Ravishning o`ziga xos yasovchi affikslarga ega bo`lishi ham uning morfologik belgisi sanaladi: -chasiga (mardchasiga), -larcha (vahshiylarcha), -iga, siga (ko`ndalangiga, uzunasiga), -lab (haftalab), -cha (askarcha, atroflicha, shoshilganicha), -dek, -day (o`qdek, toshday) kabi.
Tuzilish jihatidan ayrim ravishlar kelishik formasini olgan otlarga (quyiga, tubdan) va olmoshlarga (shunday, unda-bunda), sifatlarga (sekinroq, bab-baravar), ravishlarga (ertalab, bora-bora, turib-turib) o`xshab ketadi. Bu o`xshashlik tasodifiy hodisa bo`lmay, balki ravish so`z turkumi sifatida ishlatilayotgan paytda o`z formasini o`sha turkumlardan ajralib chiqqan so`zlar hisobiga to`ldirgan. Hatto shunday ravishlar borki, ular hozirgi kunda boshlang`ich formalaridan tamomila uzoqlashgan: olg`a, onda-sonda, jurttaga, tashqari, yana kabi. Shuningdek, ba'zi ravishlarda so`z o`zgartiruvchi formalar ham uchrab turadi.
Ravish sostavida kelishik affiksi, ko`plikni ko`rsatuvchi -lar va III-shaxs egalik formasi -i kelgan bo`lishi mumkin. Bu so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar ravishning leksik - semantik mundarijasini birmuncha o`zgartiradi.
Ko`plik qo`shimchasi -lar ravish tarkibida davomiylik va noaniqlik ma'nosini bildiradi. Masalan, allqachonlari kabi. III- shaxs egalik affiksi esa ko`plik bilan birgalikda qo`llanadi: Halim bobo bo`lsa kechqurunlari bog` o`rtasiga qurilgan so`riga yonboshlab xordiq chiqarar edi. (SH.Rashidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |