Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet72/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Daraja kategoriyasi
Sifatlarga xos muhim xususiyatlardan biri uning daraja kategoriyasiga ega ekanligidir. Sifat darajalari belgining ortiq yoki kamligini farqlashga xizmat qiladi. Mavjud darsliklarda daraja kategoriyasi turlicha talqin etib kelinmoqda. Sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo`lishi mumkin, ya'ni belgi normal (oddiy darajada bo`lishi), oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) bo`lishi mumkin. Daraja kategoriyasi belgining ana shu daraja nuqtai nazaridan bo`lgan xarakteristikasini ko`rsatadi.
Ba'zi sifatlar bildiradigan belgi tabiiy ravishda turli darajani anglatmaydi. Shunga ko`ra bunday belgilarni bildiruvchi sifatlar daraja ko`rsatkichlariga ega bo`lmaydi: qoyaviy (kurash), sirtqi (bo`lim), devoriy (gazeta) kabilar.
Darajaning bir-biriga qiyosan olinadigan (belgilanadigan) uch turi bor: 1 Oddiy (normal) daraja.2. Orttirma daraja. 3. Ozaytirma daraja: yaxshi - oddiy daraja, juda yaxshi - orttirma daraja, yaxshiroq - ozaytirma daraja (SH.SHoabdurahmonov «Hozirgi o‘zbek adabiy tili». -Toshkent, 1980. 253-254 b).
U.Tursunovlarning darsligida (Toshkent, 1992) aytilishicha, sifat darajalari belgining ortiq yoki kamligini farqlashga xizmat qiladi. Sifatlarda daraja shakllari ikki turga bo`linadi: 1) ozaytirma daraja; 2) orttirma daraja.
Bizningcha, ularni ikki guruhga ajratib o`rganish maqsadga muvofiq, chunki belgini bildirgan so`zlarda daraja o`z aksini topmaydi. Masalan, kunduzgi, tarbiyaviy, yozgi, ilmiy va shu kabilar.
Ozaytirma daraja. U leksik usul bilan hosil bo`lib, darajaning kuchsizligi maxsus so`zlar yordamida hosil qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi, xiyol pushti. Morfologik usul bilan darajaning kuchsizligi ifodalanadi: kattaroq, ko`proq, ozroq, qoramtirroq kabi.
Shuni aloqida ta'kidlash lozimki, rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarda qo`llanuvchi -ish, (-i)mtir affikslari belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi, balki belgining sifat bildirgan rang-tusga moyilligini, shunga yaqinligini ko`rsatadi: oqish, ko`kish, ko`kimtir kabi. Qora, qizil, oq, sariq kabilarda ham xuddi shunday ma'no ifodalanadi. qora qizil- qoraga yaqin, (qoraga moyil), qizil oq sariq – oqqa yaqin (oq rangga moyil) sariq.
Orttirma daraja. Orttirma darajada belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalanadi.
O`zbek tilida belgining ortiq darajasini bildiruvchi maxsus affiks (orttirma darajaning morfologik ko`rsatkichi) yo`q. Bu ma'no bir necha usul bilan ifodalanadi.
1. Fonetik usul. Bu usulning o`zi bir necha ko`rinishga ega:
1) sifatning bosh bo`g`ini yoki bosh qismini olib, sifat oldidan qo`llash bilan belgining ortiqligi ifodalanadi: yap-yapaloq, dum-dumaloq.
2) Belgining ortiq (kuchli) darajasi - unlini kuchli yoki cho`zib talaffuz etish, shuningdek, undoshni qavatlab talaffuz etish yo`li bilan ham ifodalanadi: uzun ko`cha, baland uy, katta bino, tekkis, achchiq, sap-sariq kabilarda ham bosh qismdagi unli kuchli talaffuz etiladi.
2. Leksik yo`l bilan. Ya'ni sifat oldidan eng, juda, g`oyat, nihoyatda kabi so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi. Masalan, g`oyatda chiroyli qiz, eng baland tog`, o`ta chiroyli manzara. Ba'zan belgining ortiqlik darajasi sifat oldidan maxsus so`zlar keltirish bilan ham ifodalanadi: tim qora, qirt yolg`on, jiqqa ho`l kabi.
Ikki predmet belgisi o`zaro chog`ishtirilganda ham belginnig ortiqligi ma'nosi anglashiladi. Bu vaqtda sifat oldidan hamma, bari, barcha kabi olmoshlar chiqish kelishigi shaklida keladi: hammasidan yaxshi, barchasidan katta, baridan chiroyli kabilar.
Erkalash, juft va takroriy shakllar. Erkalash shakli asosan sifat asosiga -gina (-kina, qina) affiksini qo`shish bilan yasaladi: shiringina, nozikkina, yumshoqqina. Erkalash shaklida kelgan sifatlar so`zlovchining belgi orqali narsaga ijobiy, ba'zan salbiy munosabatda bo`lishini, erkalash, suyish ma'nolarini anglatadi: Istarasi issiqqina bu odamning o`zbekchalab salomlashganini ko`rgach, Onaxon hayron qoldi (A, Muxtor). Shaxs, predmetga -toy affiksini qo`shish bilan ham ifodalanadi. Masalan, shirintoy, erkatoy, yoqimtoy kabi.
Juft va takroriy shakllarda ikki sifatning juft holda yoki bir sifatning takroriy holda qo`llanishidan hosil bo`lib, leksik-grammatik jihatdan bir butunlikni tashkil qiladi: yaxshi-yomon, oq-qora, katta-katta, yaxshi-yaxshi kabi.
Sifatning juft shakli ko`plik, umumlashtirish, jamlash ma'nolarini bildiradi.
Sifatlardagi juft shakl komponentlari ma'no jihatdan: a) antonimik munosabatda bo`ladi: yosh-qari, issiq-sovuq, katta-kichik kabi; b) bir-biriga yaqin, sinonimlik munosabatida bo`ladi: yakka-yagona, och-yalang`och, esli-hushli kabi; v) birinchi komponentning fonetik o`zgarishi asosida hosil bo`ladi: egri-bugri, ola-bula, chala-chulpa, ola-kula kabi.
Sifatning takroriy shakli bir so`zning takroridan hosil bo`ladi va ko`plik, umumlashtirish ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, kichik-kichik uychalar, yuksak-yuksaklarga boqmoq kabi.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish