Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


Adabiyotlar: A1, A2, A3, Q4, Q6, Q7, Q15, Q18, Q19



Download 16,37 Mb.
bet70/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Adabiyotlar: A1, A2, A3, Q4, Q6, Q7, Q15, Q18, Q19.
3-MODUL
6-ma`ruza. Ot so`z turkumi. Otning ma’nosi va grammatik belgilari. Otning Grammatik kategoriyalari. Son kategoriyasi. Egalik kategoriyasi va otlarda kelishik kategoriyasi. Otlarda shakl yasalishi: sintaktik, analitik, juft va takroriy shakllar.


Reja

  • Otning ma’nosi va oentgen belgilari;

  • otning ma’no turlari;

  • otlarda son kategoriyasi;

  • otlarda egalik kategoriyasi;

  • otlarda kelishik kategoriyasi;

  • otlarda hurmat formasi;

  • otlarda shakl yasalishi.



Tayanch so`z va iboralar: non, bug`doy, tovuq, bakteriya, Alibek Rustamiy, Abbos, stol, daraxt, Toshkent, Shaxrisabz, tuyg`u, sevgi, armiya, to`da, mehmonlar, bolalik, vatanparvarlik; uchta daftar, aka-uka, meva-cheva, oentg, ukam, akam, universitetda, otalar, uycha, toychoq, kelinchak, Xayriniso, bo`taloq, Olimjon, shahargacha, qadrlash uchun, sigir-buzoq.
Ot va uning umumiy oentgen ma`nosi. Kim, nima, qayerq so`roqlariga javob bo`lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik ot deyiladi. «Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash» ot turkumining umumiy oentgen ma`nosi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy emas, balki oentgen mohiyatli. Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a`zosiga ta`sir etuvchi narsa-predmet, grammatikada esa u keng ma`noda tushuniladi, «mavjudlik» mohiyatiga ega deb qaraladi.
Ot so`z turkumi sifatida o`ziga xos morfologik oentgen, so`z yasalish tizimi va o`ziga xos sintaktik pozitsiyaga ega. Bu o`rinda otning otning oentgen xususiyatini muayyanlashtiruvchi semantic belgi asosga olinadi.
Ot – mustaqil so`z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi-xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ot so`zning leksik ma’no tashuvchi qismi (so`zdagi bunday qism leksema deb yuritiladi) predmetlik ma’nosini anglatadi. Bunday ma’noli leksema predmetni ham, predmet sifatida tasavvur qilinuvchi mavhum tushunchani, voqea-hodisani, belgini ham anglatadi. Ot predmetlik ma`nosini son, egalik va kelishik oentgen kategoriyalari ifodalaydigan ma’no bilan birgalikda anglatadi.
Ot turkumiga kirgan so`zlar semantik jihatdan turli-tumandir. Otlarda real borliqdagi narsa-predmetlarni anglatgan (uy, dala, eshik, daraxt, uzum, tesha kabilar), shaxs bildirgan (bola, yigit, kishi, ota, ona, qiz kabilar), jism va modda nomini bildirgan (suv, un, bug`doy, qand, shakar kabilar), jonli narsalar va organizmlarni bildirgan (qush, baliq, tovuq, echki, mikrob kabilar) so`zlar bilan birga belgi-xususiyat, harakat va holat nomlari kabi turlicha mavhum tushunchalarning nomlarini bildirgan (shodlik, tezlik, saylov, yig`ilish kabilar) so`zlar kiradi. Bularning barchasi umumiy ma’noni – predmetlik ma’nosini anglatadi.
Otning asosiy morfologik belgilariga grammatik son, egalik va kelishik kategoriyalari kiradi. Shulardan son va kelishik kategoriyalari doimiy va egalik kategoriyasi doimiy bo`lmagan kategoriyalar hisoblanadi.
Otlarda shu grammatik kategoriyalarga mos ravishda grammatik shakllar sistemasi mavjud bo`lib, ular orqali xilma-xil grammatik ma’nolar ifodalanadi. Masalan, kelishik va egalik shakllari otning gapda boshqa so`zlar bilan bog`lanishini, kelishik shakllari turlicha sintaktik vazifalarda kelishini ko`rsatadi:
Mustaqillik davrida o`zbek tilining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Til – millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog`. Demak, bu ramziy belbog`ning kuchi, qudrati sizu bizlarnig ona tilimizga bo`lgan munosabatimizga bog`liqdir.
Otning grammatik kategoriyalari. Ot turkumi uchun xos asosiy va doimiy grammatik kategoriyalar son kategoriyasi va kelishik kategoriyasidir. Chunki affiks olmagan holatda ham otlar son va kelishik ma’nosini ifodalaydi: qalam, qog`oz (birlik son va bosh kelishik). Egalik kategoriyasi haqida grammatik kategoriyaning affiksi bor hollardagina gapirish mumkin, demak, egalik kategoriyasiga xos grammatik ma’no har bir ot uchun doimiy emas. Ot turkumi uchun quyidagi grammatik kategoriyalar mavjud:
-son kategoriyasi;
-egalik kategoriyasi;
-kelishik kategoriyasi.
Son kategoriyasi. Biror negizga kelishik kategoriyasi shaklidan oldin (egalik kategoriyasi shaklidan ham oldin) qo`shilib, grammatik miqdor ma’nosini ifodalovchi shakllar sistemasiga son kategoriyasi deyiladi. Mantiqiy miqdor bilan grammatik miqdor o`zaro farq qiladi. O`zbek tilida son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan birlik va ko`plik shakllari tashkil etadi. Birlik shaklidagi otlar bir jinsdagi predmetlardan bittasini anglatadi: daftar, kitob, bola, talaba kabilar. Ko`plik shaklida esa bir jinsdagi predmetlarning ikki va undan ortiq, lekin aniq bo`lmagan miqdori ifodalanadi: daftarlar, maktablar, bolalar kabilar.
Ko`plik shakli –lar affiksi bilan yasaladi.
Birlikning esa ma’lum affiksi yo`q. Birlik –lar affiksining yo`qligiga ko`ra belgilanadi. Demak, bir narsani va ularning aniq bo`lmagan ko`pligini ifodalash son kategoriyasining mazmunini tashkil qiladi.
Son shakllarida kelishi jihatidan otlar ikki turga bo`linadi:
1. Birlik va ko`plik shakliga ega bo`lgan otlar;
2. Faqat birlik shakliga ega bo`lgan otlar;
Sanash mumkin bo`lgan aniq narsani anglatadigan otlarning hammasi birlik va ko`plik shaklida ishlatiladi: mashina-mashinalar, odam-odamlar kabilar.
Ko`plik shaklida asosan aniq predmetlarni anglatuvchi turdosh otlar ishlatiladi. Bunda shaxs va predmetlarning shaxs jihatidan ko`pligi bildiriladi: tog`lar, mehmonlar, qishloqlar kabilar.
Ko`plik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Morfologik usul.
2. Leksik-sintaktik usul.
Morfologik usuldagi ko`plik ma’nosi asosga –lar qo`shimchasini qo`shish bilan ifodalanadi: kitoblar, yig`inlar, qizlar kabilar.
O`zbek tilida –lar affiksi quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1. Shaxs va predmetlarning ko`pligini, aniq bo`lmagan ko`p miqdorni bildiradi: O`zbekiston bu yo`ldagi g`ovlarni, turli-tuman qiyinchiliklarni katta sabot va iroda kuchi bilan yengmoqda. O`zbekiston bozorlari tom ma’noda to`kinlik, farovonlik ko`zgusi.
2. Egalik affiksidan (ba’zan egalik affiksi bo`lmaydi) keyin qo`shilib keladi va hurmat ma’nosini ifodalaydi: Dadamlar ertaga keladilar. Opamlar hozir institutda.
3. Payt bildiruvchi ravishlarga, payt, o`rin yoki narsa sonini bildiruvchi birikmalarga qo`shilib, chama, taxmin ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi: Kechalari tez-tez uyg`onib ketaman. Kechqurunlari bo`sh bo`laman, keling, uyda gaplashamiz.
4. –lar affiksi uyushiq bo`laklarning har biriga qo`shilganda, ko`plik, ta’kid, hurmat ma’nolari ifodalanadi, uyushiq bo`laklarning faqat oxirgisiga qo`shilib kelsa, umumlashtirish, jamlik ma’nolari anglashiladi: Bog`imizda olmalar, o`riklar, giloslar g`arq pishdi. Tog`amlar, xolamlar keldilar kabilar.
Ko`plik leksik-sintaktik usul bilan ham ifodalanadi: juda ko`p odamlar, beshta olma, bir qancha odamlar, dasta-dasta gul, to`da-to`da odam.
Bulardan tashqari, juft so`zlar orqali ham ko`plik – umumlashtirish ma’nolari ifodalanadi: aka-uka, arpa-bug`doy, qovun-tarvuz kabilar.
Otlarning faqat birlik shaklida qo`llanishi asosan donalab sanash mumkin bo`lmagan narsalarni anglatadigan otlarga, umuman ko`plik bildirmaydigan otlarga xos xususiyatlardir. Bular asosan quyidagilar:
1.Mavhum otlar ko`plik affiksini olmaydi: muhabbat, saodat, kulfat, mardlik kabilar.
2. Sanalmaydigan, faqat o`lchanadigan jism va narsalarni anglatadigan otlar, odatda, birlikda ishlatiladi: uzum, choy, yog`, benzin kabilar.
Jism bildiruvchi otlarga –lar affiksi qo`shilsa, aniq jismning ko`pligini bildirmaydi, balki tur, nav, mo`llik ma’nolari anglashiladi: mineral suvlar, choylar, tuzlar kabilar.
3. Organizmdagi juft a’zolarni, shuningdek, juft narsalarni bildiruvchi otlar asosan birlikda ishlatiladi: qo`l, ko`z, qosh, lab, barmoq, etik kabilar. Bu otlar –lar affiksi bilan qo`llanganda, bo`linadigan juftlikni bildiradi: qo`llar (o`ng va so`l), lablar (yuqori va pastki), ko`zlar (o`ng va chap).
4. Asli o`zi bittadan ortiq bo`lmaydigan narsalarning nomi har vaqt birlikda ishlatiladi. Bunday otlarga –lar affiksi qo`shilganda, kuchaytirish, mubolag`a, ta’kid ma’nolari ifodalanadi: Ko`ngillarim aynib ketdi. Boshlarim og`rib ketdi.
5. Atoqli otlar asosan birlikda ishlatiladi. Ular umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildirsa, -lar affiksini oladi: Toshkentlarni tomosha qildik. Sening orzularing, sening o`ylaring.
Egalik kategoriyasi. Predmet yoki predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini ifodalovchi shakllarning jami egalik kategoriyasi deyiladi. Masalan, daftarim shakli bilan ifodalangan predmetning so`zlovchiga aloqador ekanligi anglashiladi.
Egalik ma’nosi ikki usul bilan – morfologik va sintaktik usullar bilan ifodalanadi.
Egalik ma’nosini so`z negiziga maxsus affiks qo`shish orqali ifodalash egalikning morfologik usul bilan ifodalanishi deyiladi. Daftarim so`zida –im affiksi mavjud bo`lgani uchun u morfologik usuldir.
Egasi mavjud bo`lgan gapning kesimi –niki olgan so`z bo`lganida ham, egalik ma’nosi ifodalanishi mumkin. Bunday ifodalanish sintaktik usul deyiladi. Masalan, Bu daftar meniki.
Morfologiyada otlarning egalik ma’nosini maxsus affikslar orqali ifodalash muhim o`rin egallaydi. Predmet yoki predmetlik tushunchasining uch shaxsdan biriga taalluqli yoki mansubligini ifodalaydigan affikslar egalik affikslari deyiladi. Ular: -(i)m, -(i)ng, -(i)miz, (i)ngiz, -i(-si).
Egalik affiksi, odatda, ko`plik affiksidan keyin qo`shiladi: kitoblarim, ruchkalarim kabi.
Egalik affiksi qo`shilganda, so`z tarkibida ba’zan o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin: og`iz, og`zi, burun, burnim, o`rtoq-o`rtog`im, qishloq- qishlog`im.
Kelishik kategoriyasi. Ot yoki otlashgan so`zning fe’lga, otga (ba’zan boshqa bir turkum so`ziga) bo`lgan munosabatini, tobeligini ifodalaydigan shakllarning jami kelishik kategoriyasi deyiladi. Ot yoki otlashgan so`z gapda shu kelishik shakllaridan biri vositasida boshqa so`zlar bilan grammatik aloqaga kirishadi.
Otlarning kelishiklar bilan o`zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik bir so`zning boshqasiga tobeligini ko`rsatadigan grammatik kategoriyadir, deyilgan umumiy ta’rifdan bosh kelishik mustasnodir. Chunki qaratqich, tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishiklari bir so`zni boshqa so`zga tobelash uchun xizmat
qilsa, bosh kelishik, aksincha, boshqa so`zni bosh kelishikdagi otga tobelaydi. Masalan, kesim vazifasidagi so`z egaga – bosh kelishikdagi so`zga tobe bo`ladi. Shuning uchun bosh kelishik to`g`ri kelishik deyiladi, qolgan beshta kelishik esa vositali kelishik deb yuritiladi.
Bosh kelishik. Bosh kelishik, avvalo, otning gapda ega ekanligini ifodalaydigan shakldir. Uning morfologik ko`rsatkichi (affiksi) yo`q. Otning bosh kelishikdagi shakli quyidagi sintaktik vazifani bajaradi:
1. Undalma bo`lib keladi: Tilimni qichitma, Umar!
2. Atov gap bo`lib keladi: Bahor. Atrof gullar bilan bezangan.
3. Izohlovchi bo`lib keladi: Professor E.Begmatov darsga kirdi.
4. Kesim bo`lib keladi: Toshkent – poytaxt.
5. Bosh kelishik shaklida takrorlangan holatda kelib, o`z leksik ma’nosidan tashqari, o`xshatish, miqdoriy ortiqlik va kuchaytirish kabi qo`shimcha ma’no ottenkalariga ega bo`ladi va gapda ko`pincha, aniqlovchi, hol yoki kesim vazifasida keladi: Senga dasta-dasta gullar keltirdim. Paxta chaman-chaman ochildi.
6. Egalik qo`shimchasini olmagan boshqa ot oldida kelganda, qanday? Qanaqa? So`roqlariga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasida keladi: Oltin havo, esnaydi bahor.
7. Ravish holi yoki payt holi bo`lib kelishi mumkin: Ariq yoqalab qator o`sgan daraxtlar barq urib o`smoqda.
Qaratqich kelishigi. Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashli ekanligini, xosligini ifodalaydi: Shaxnozaning daftari. Mening o`rtog`im.
Ba’zan badiiy adabiyotda qaratqich kelishigi affiksi –in shaklida ham uchraydi: Bu vatan – ozod xalqin tuprog`i muqaddas, daxlsiz, buni bilib qo`y.
Qaratqich kelishigi ma’no va shakl jihatdan ikki xil:
1. Belgili qaratqich kelishigi: kitobning varag`i.
2. Belgisiz qaratqich kelishigi: kitob varag`i.
Kelishik affiksi –ning bilan shakllanib, real qarashlilik ifodalaydigan shakl belgili qaratqich kelishigi deyiladi. Belgili qaratqich kelishigi predmetning aniq belgili predmetga qarashliligini, xosligini ifodalaydi: Maktabning hovlisi, ukamning o`rtog`i kabilar. Bunda nutqdan ma’lum bo`lgan belgili bir maktabga qarashli hovli haqida gap boradi. Qaratqich kelishigi affiksi tushib qolsa, belgisiz qaratqich kelishigi deyiladi. Belgisiz qaratqich kelishigi egalik affiksi olgan otdan anglashilgan predmetning qaratqich kelishigidagi ot anglatgan predmetga aloqador hodisa ekanligini, shuningdek, qaratqich kelishigidagi otning egalik affiksini olgan otga nisbatan belgi ekanligini ifodalaydi: vatan ishqi, tong chog`i kabilar.
Qaratqich kelishigining belgili va belgisiz kelishi leksik va grammatik ma’nolarning talabiga ko`ra bo`ladi: dil orzusi, vijdon amri, daraxtning shoxi, uyning derazasi, filologiya fakulteti talabasi kabilar.
Tushum kelishigi. Tushum kelishigi –ni affiksi bilan shakllanadi. Nazmda ba’zan –n shaklida ham uchraydi: Ikkita chanoqning paxtasin olsang, eng ozi bir g`altak chayron ip bo`lur.
Tushum kelishigi ma’no va shakl jihatidan ikki xil:
1.Belgili tushum kelishigi.
2.Belgisiz tushum kelishigi.
Masalan, Biz soat sakkizda choy ichdik. Biz choyni soat sakkizda ichdik.
Sifat, sifatdosh va ravish otlashib, vositasiz to`ldiruvchi vazifasini bajarganda, faqat belgili tushum kelishigida bo`ladi.
Jo`nalish kelishigi. Jo`nalish kelishigi shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetning ish-harakat yo`naltirilgan o`rni, vaqti sabab ekanligini yoki ish-harakatning bajarilishida vosita ekanligini ifodalaydi. Kelishik affikslari qo`shilganda, fonetik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Masalan, tog‘-toqqa, qishloq-qishloqqa.
O`rin-payt kelishigi. O`rin-payt kelishigi shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetning ish-harakat uchun yoki boshqa bir predmet uchun bo`lgan o`rni, vaqti ekanligini yoki ish-harakatning bajarilishida vosita ekanligini ifodalaydi. O`rin-payt kelishigi –da affiksi bilan shakllanadi: uyda, maktabda. Dadam ishda, Olimjon 22 yoshda. Hamma ayb qoloqlikda.
Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish –harakatning boshlanish, kelib chiqish, ajralish o`rni, manbai, vaqti, sababi ekanligini yoki ish-harakatnng bajarilishida vosita ekanligini ifodalaydi. Ba’zan –dan affiksi bilan birga, eski adabiy tilda bu affiks –din shaklida ham ishlatilgan: Kishikim, ilmu fandin boxabardur. Fig`onkim, gardishi davron ayirdi shaxsuvorimdin (Nodira).
Otlarda shakl yasalishi.
Ot turkumiga kirgan so`zlar kategorial shakl bilan bir qatorda, ko`pgina nokategorial shakllarga ham ega.
Otning nokategorial shakllari tuzilish jihatidan uch turga bo`linadi: 1. Sintetik shakl. 2. Analitik shakl. 3. Juft va takroriy shakl.
Sintetik shakl o`z ma’no xususiyatiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Kichraytirish 2. Erkalash 3. Qarashlilik 4. O`rin 5. Chegara shakli.
Otlarning ma’no turlari. Ma’lumki, otlar turli-tuman ma’no xususiyatlarga ega, shunga ko`ra ularning grammatik xususiyatlari ham turlicha. Otlar quyidagi leksik – grammatik turlarga bo`linadi:
1.Atoqli va turdosh otlar;
2.Muayyan va mavhum otlar;
3.Yakka va jamlovchi otlar.
Atoqli va turdosh ot. Atoqli ot bir xil predmet yoki hodisani ajratib ko`rsatishga xizmat qiladigan ikkilamchi nom. Masalan, bola bir turdagi predmet (shaxs)ninmg umumiy va birlamchi nomi. Sherzod ana shu bir xil predmet (shaxs)dan ajratib ko`rsatishga xizmat qiladigan va bola atamasidan keyin qo`yilgan ikkilamchi nom.
Atoqli ot quyidagi lug`aviy mavzuiy to`daga ega:

  • Kishining ismi, familiyasi, taxallusi, Abbos, Otabek, Imomzoda, Oybek.

  • Geografik nom: O`zbekiston, Samarqand, Hisor, Zarafshon.

  • Tashkilot, muassasa, korxona nomi: Samarqand universiteti, Xalq ta`limi vazirligi, «Dinamo» jamoasi, «FAN» nashrioti.

  • Samoviy yoritgich nomi: Mushtariy, Zuhro, Yetti qaroqchi.

  • Tarixiy hodisa nomi: Mustaqil;lik kuni, loy jangi.

  • Hayvon nomi: Boychibor, ohu, To`rtko`z.

  • Mahsulot nomi: «Qoraqum» (shokolad), «Bozillama» (taom).

  • Ilohiy tushunchani ifodalovchi nom: Alloh, Do`zax, Iso, Buroq.

Atoqli ot matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma`nosiga ega bo`lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan, Sanam so`zining atoqli yoki turdosh ekanligini shu so`zni qurshab turgan so`z yoirdamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot olmoshga o`xshab ketadi.
Atoqli otning aksariyati turdosh ot va boshqa turkum so`zi asosida vujudga kelgan. Turdosh otdan: Saodat, Asal, Ra`no, Rayhon; fe`ldan: Turdi, Sotiboldi; sifatdan: Shirin, Aziz, Ulug`; sondan: Saksonboy, To`qsonboy kabi.
Bir jinsdagi predmetning umumiy nomini bildiruvchim ot turdosh ot. Turdosh oent turkumiga kirgan so`zning asosini tashkil etadi: tog`, qishloq, mashina, sevgi, muhabbat.
Turdosh otda predmetlik va belgilik xususiyati yaxlitlashgan holda mavjud. Chunki har qanday narsa belgi-xususiyat majmuasi. Atoqli va turdosh ot nafaqat lug`aviy semantikasi, balki oentgen xususiyati bilan ham farqlanadi. Masalan: atoqli ot, asosan, birlik sonda qo`llanadi. Ko`plik son shaklida butunlay boshqa ma`no bo`yog`iga ega bo`ladi: Farhodlar keldi.
Atoqli va turdosh otlar bir-biridan faqat oentgen tomondangina farq qilib qolmay, ma`lum darajada oentgen jihatdan, ya`ni oentgen son shakllarida ishlatilishi jihatidan ham farqlanadi. Atoqli otlar, odatda, birlik shaklida kelib, ko`plikda qo`llanmaydi. Atoqli otlar oentgen ko`plik belgisini olib kelganda, umumiy belgi xususiyatlariga ega bo`lgan shaxs va predmetlar guruhini bir-xil ataladigan yoki o`zaro qarindoshlik munosabatidagi shaxslarni anglatadi: Aka-uka Shojalilovlar, daryoning bo`yiga gullar sochgani Shirinlar, qadlari shamshodlar keldi.
Ayrim turdosh otlar atoqli otdan hosil bo`lgan: muslimka, xosiyatxon, amper, oentgen.
Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko`ra:

  1. muayyan va b) mavhum otlarga bo`linadi.

Muayyan va mavhum ot. Sezgi a`zosi bilan sezish mumkin bo`lgan predmetni atovchi ot – muayyan ot. Muayyan otni bevosita sanash mumkin. Shuning uchun bunday oy sanoq son bilan munosabatga kirishadi. Shuningdek, shaxsiy baho shakli ko`plik qo`shimchasini olishi mumiin: beshta daftar, yuzlab odam, o`g`ilcha, qizgina.
Jamlovchi va yakka otlar. Jamlovchi ya’ni to`da otlar bir jinsdagi narsalarning yig`indisini bir butun holatda anglatadigan turdosh otlardir. Bu otlar birlik shaklda yakka-yakka predmetlarni emas, balki bir butunga jamlangan ko`p predmetlarni anglatadi: xalq, armiya, olomon, o`rmon kabilar.
Ot derivatsiyasi. Ot ikki xil- affiksatsiya va komozitsiya usuli bilan yasaladi. Shunga muvofiq, ot yasashning affiksal va kompozitsion qolipi mavjud. Bu qolip ham o`z o`rnida unumli, unumsiz; mahsuldor va kammahsul turlarga bo`linadi. Ot yasovchi qolipning aksariyati ko`p ma`noli: dutorchi, maslahatchi, hasharchi, buzg`unchi, kekchi.
Kompozitsiya usuli bilan qo`shma va juft ot hosil qilinadi: toshko`mir, tuyaqush, oybolta, qoraqurt, qo`ziqorin.
Juft ot. Juft ot (ot+ot), (sifat+ot) kabi qolip, shuningdek, boshqa turkumga oid juft so`zning otga ko`chishidan vujudga keladi. Juft ot tarkibiga ko`ra quyidagi ko`rinishga ega.
Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatiladigan juft ot:
Qismi o`zaro sinonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-chuchuk, bordi-keldi.
Qismining ma`nosi yaqin: ariq-zovur, baxt-taxt, boj-xiroj, dev-pari, po`y-po`zi.
Qismlaridan biri mustaqil holda qo`llanmaydigan juft ot: aldam-quldam, bozor-uchar, bola-baqra, latta-putta, maza-matra.
Har ikki qismi mustaqil ishlatilmaydigan juft ot: adi-badi, ashqol-dashqol, ikir-chikir, lash-lush.

Adabiyotlar: A1, A2, A3, Q4, Q6, Q7, Q15, Q18, Q19.
4-MODUL
7-ma`ruza. Sifat so`z turkumi. Sifatning ma’nosi va grammatik belgilari. Sifatlarda modal shakl. Substansiya va son. Sonning ma’nosi va Grammatik belgilari. Sonlarning otlashuvi va tuzilish jihatdan turlari.


Reja


1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish