Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


Adabiyotlar: A1, A2, A4, A5, Q1, Q3, Q4



Download 16,37 Mb.
bet75/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Adabiyotlar: A1, A2, A4, A5, Q1, Q3, Q4.


8-ma`ruza. Olmosh. Olmoshning ma’nosi va grammatik belgilari. Olmoshlarda ko‘chish.
Reja

    • Olmoshning ma`nosi va grammatik belgilari

    • pronominalzatsiya

    • olmoshning boshqa so`z turkumlari o`rnida kelishi

Tayanch so`z va iboralar: men, sen, hamma, meniki, o`zim, hammamiz, birov, kimdir, allakim, u-bu, shu, o`sha-o`sha, barcha-barcha, butun-butun, shulardan, kishi, qolganlar, bir inson, ba`zilar.
Ma`lumki, so`z ma`noviy belgisiga ko`ra uch turga bo`linadi: a) mustaqil ma`noli (til, ot, sifat, son): b) ishora ma`noli; v) yordamchi ma`noli (ko`makchi, yuklama, ko`makchi fe`l).
«Ishoraviylik» ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemadan ajralib turadi. O`zbek tilshunosligida olmosh doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik bilan ancha chegaralanib, «ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`z» deb o`ta tor tushunilgan. Voholanki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe`l, ravish, taqlid, undov, gap va hatto matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmosh guruhiga men, sen, u, biz, ular, siz kabi shaxsga; kim, nima, bu, ana, mana, mana bu kabi predmetga; qanday, bunday, shunday kabi belgiga; buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; qancha kabi paytga; qayer kabi o`ringa; shunday bo`lmoq, qanday qilmoq kabi harakat-holatga ishora qiluvchi leksema kiradi. Ta`kidlash lozimki, olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so`zni «almashtirib», uning o`rnida kelavermaydi. Masalan: Kim mehnat qilsa, u rohat ko`radi. 2. Men kecha keldim. Sen buni bilasan. 3. Nima qilsam ham men o`zim bilaman. 4. Hamma mehmonlar biznikida. 5. Barcha mushkilotlar oson bo`ldi kabi gaplarda kishilik, belgilash, o`zlik olmoshi biror so`zni almashtirmagan.
Arab tilshunosligida olmosh alohida so`z turkumi sifatida berilmagan, balki har bir so`z turkumi ichida «yashirin ma`noli so`z sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Cunonchi, kitob, daftar, Abbos-aniq ma`noli ot bo`lsa, men sen, kim-yashirin ma`noli ot. Yoxud oq, qizil, chiroyli ma`lum ma`noli sifat hisoblansa, bunday, shunday kabilar olmosh.
Olmosh shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo`lgan umumiy (mavhum) ma`noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma`no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular forfologik jihatdan o`zi almashtiruvchi so`z kabi o`zgaradi.
Olmosh qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llansa, shu turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi. O`qituvchi darsga kirdi, u o`quvchilar bilan salomlashdi. Olmosh o`zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma xursand va shod. U kitobni o`qidi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra to`rt guruhga ajratish mumkin: a) ot xarakterdagi olmoshlar; b) sifat xarakteridagi olmoshlar; v) ravish xarakteridagi olmoshlar; f) son xarakteridagi olmoshlar.
Ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar otlarga o`xshash so`z o`zgartiruvchilarni qabul qiladi va gapda ot bajargan vazifani bajaradi- ega, to`ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, ba`zan kesim ham bo`lib keladi: Biz shonli yo`lni bosib o`tdik. Shunday qilsang, o`zingdan boshqa hech kimga og`ir tushmaydi. Hamma gap bizda.
Sifat xarakteridagi olmoshlar (qanday, qaysi, bu, shu, shunday) sifatlar kabi ot oldida kelib, gapda sifatlovchi aniqlovchi va ba`zan kesim, hol bo`lib keladi. Bunday olmoshlar sifatlarga o`xshab olsashib gapning boshqa bo`laklari vazifasida kelishi mumkin: Umidimiz - shu! U Nazokatning qaysi mahalladan ekanligini do`sti orqali bilib olishga ahd qildi.
Son xarakteridagi olmoshlar (necha, nechanchi) sonlarga o`xshash miqdorni ifodalash uchun qo`llanadi va gapda sifatlovchi – aniqlovchi yoki kesim bo`lib keladi: Nechanchi uyda turasiz? Yoshingiz nechada?
Ravish xarakteridagi olmoshlar (nega, qani) ravishga o`xshash harakat belgisini ifodalaydi va gapda hol, kesim vazifasini bajaradi: Nega kulasiz? Ahvollari qalay? Aytganing qani? Olmoshlar ergashgan qo`shma gap tarkibida nisbiy so`z vazifasida keladi. Nisbiy so`z vazifasida so`roq va javob tarzida (kim-u, qancha-shuncha, qayerda-shu yerda kabi) ishlatiladi: Kim ko`p o`qisa, u yaxshi baho oladi. Ayrim olmoshlar bog`lovchi so`zlar tarkibida keladi: Shuning uchun, unday bo`lsa, unda, buning natijasida va b.
Olmoshlar ma`no va grammatik xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular.
2. Ko`rsatish olmoshlari: bu, shu, o`sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar.
3. So`roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, qancha, nega, qalay kabilar.
4. Ozlik olmoshi: o`z.
5. Belgilash-jamlash olmoshlari: hamma, butun, barcha, bari, har kim, har qanday kabilar.
6. Bo`lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi kabi.
7. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar.
Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qilib keladi. Shaxs olmoshining qo`llanishida ayrim o`ziga xoslik bor. Shaxs o`z ma`nosidan tashqari ko`chgan holda qo`llanishi ham mumkin. Chunonchi: 1. Biz olmoshi II shaxs ko`plikdagi siz olmoshi o`rnida qo`llanadi: Qani, endi biz ishga tushaylik. Bunda tashviq ma`nosi anglashilib turadi: Ular bizga yetib olishsin. Ey, o`sha kishi sizmidingiz. Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik.
2. Ko`plikni ifodalovchi olmoshlar boshqa ma`nolarni ifodalash uchun qo`llanadi: Biz bu ishni uddaladik. Ushbu gapda men o`rnida ishlatilgan biz maqtanish, kibr ma`nosini ifoda etmoqda.
3. Men o`rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik.
4. Sen o`rniga siz, u o`rniga ular olmoshi ishlatilib, hurmat ma`nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz. Men buvimni yaxshi ko`raman. Ular ham meni sevadilar.
5. Siz olmoshi, ko`pincha, birlik sonda hurmat ma`nosida qo`llanganligi sababli II shaxs ko`plik sonda sizlar shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz.
6. Kishilik olmoshiga –lar qo`shimchasi qo`shilganda turli xil ma`no voqelanadi:
-Senlarga aytayapman (kamsitish ma`nosi).
-Sizlarda insof bormi? (ko`plik ma`nosi)
Ko`rsatish ma`nosini anglatuvchi olmosh (bu, shu, mana, ana, u, o`sha, hov va boshqa) shaxs, predmet, belgini alohida ko`rsatish, ta`kid ma`nosi uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi (ishoraviy) nom ham turlicha:
-shaxs yoki predmetga ishora qiladi: -Siz o`shami?
-belgiga ishora qiladi: Menda ham shunaqa kitoblar bor.
-Vaqtga ishora qiladi: Shu-shu Fotima kelmay qoldi.
-o`ringa ishora qiladi: Siz-unda, biz-bunda.
Ko`rsatish olmoshlari ot, sifat va ravishlar o`rnida qo`llanib, ularning o`rinbosarlari hisoblanadi. Shunga ko`ra, ularni uch guruhga ajratib tekshirish mumikin.
Birinchi guruh ko`rsatish olmoshlariga ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar kirib, ular ot harakteridagi ko`rsatish olmoshlaridir.
Ikkinchi guruhni sifat o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar tashkil qilib, ular sifat xarakteridagi ko`rsatish olmoshlari bo`ladi.
Uchunchi guruhni esa, ravishlar o`rnida qo`llanuvchi ko`rsatish olmoshlari tashkil qilib, ular ravish xarakteridagi ko`rsatish olmoshlaridir.
O`zlik olmoshi «ta`kid», «tegishlilik» ma`nosini anglatadi: Men o`zim bilaman.
O`z olmoshi har uchala shaxs, birlik va ko`plikdagi kishilik olmoshlari o`rnida ishlatilib, ko`pincha shaxsni, ba`zan predmetni ko`rsatadi. Bu xil funksiyada kelgan olmoshlar turli kelishik qo`shimchalari va ba`zi ko`makchilar bilan birga keladi: Iqtisodiy inqiroz kechayotgan bir paytda har kim o`z dard-alami, o`z g`am-hasrati bilan band bo`lar ekan. Qiz o`z qilmishiga iqror bo`ldi. Xo`sh, nima gap, o`ziz nimaga turibsiz? -O`zim, shunday. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. O`z uyim-o`lan to`shagim. Meni to`g`ri yo`lga boshlagan tarbiyachim o`zingsan.
So`roq olmoshi shaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo`linadi:
-shaxsga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (kim, kimlar);
-voqea-hodisa, predmetga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (nima, nimalar);
-belgini aniqlashga qaratilgan olmosh (qanday, qanaqa);
-sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmosh (nega, nima uchun, nechuk);
-miqdorga nisbatan ishlatiluvchi olmosh (qancha, necha, nechta);
-harakat-holatga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (nima qildi, nima bo`ldi);
-o`rin ma`nosini ifodalovchi so`roq (qani, qayerda);
-payt ma`nosini ifodalovchi so`roq (qachon, qachonga);
Bunday olmosh faqat so`rash ma`nosini yuzaga chiqarmaydi, ma`noni bo`rttirish (kimki, nimaiki), ritorik so`roq (Men sizga nima dedim?), taajjub (Buning nimasi yomon?) kabi ma`noni ham ifoda etadi.
Belgilash olmoshi. Jamlash-belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig`indisini, to`dasini bildiradi yoki ularni ayirib, ta`kidlab ko`rsatadi. Shunga ko`ra, ularni ikki kichik guruhga jamlash va belgilash olmoshlariga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga kiruvchi olmoshlar jamlikni ifodalasa, ikkinchi guruhga kiruvchi olmoshlar esa qisman jamlikni ifodalash bilan birga ta`kidlab, belgilab, aniqlab ham ko`rsatadi.

  • Jamlash olmoshlariga hamma, bari, jami, barcha, butun, yalpi so`zlari kiradi. Hamma qizlar shu yerda –qizlarning hammasi shu yerda. Boshimdan zar sochsalar, oyoqlarim ostida poyondoz yozsalar, nurdan ko`ylak tikib kiydirsalar, baridan kechardim-u, shu bir og`iz so`z bilan qolardim. Jami talabalar shu yerda. Akramjon butun diqqati xotinida bo`lgani uchun meni payqamadi.

  • Belgilash olmoshlariga har so`zi va shu so`zning ayrim so`roq olmoshlari, shuningdek, bir, narsa kabi so`zlar bilan qo`shilishidan hosil bo`lgan so`zlar kiradi. Ular bir qancha shaxs yoki predmetdan istalganini ayirib, ta`kidlab ko`rsatish uchun qo`llanadi: Har sog`inganda, xatlariga qarab qo`yaman. Har ko`rganda, yuragim shuv etib ketadi, degim. Har kim o`z holicha yasangan. Har kimning o`z orzusi bor.

Gumon olmoshi muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o`ta mavhum tushunchani bildiradi. So`roq olmoshi bilan qo`shilib keladigan alla- va -dir ushbu olmoshga noaniqlik ma`nosini kiritadi.
Gumon olmoshi asosan ot va sifat xarakterida qo`llanadi. Muhiddin aka allanimadan xursand bo`lib chiqib ketdi. Bir pasga yuragining allaqayeri jiz etib ketdi. Saodat allavaqtgacha xat yozib o`tirdi. Birov ro`y-rost, birov yer ostidan unga qaradi. Samandarov stolning tortmasidan bir nima qidirar ekan…
Bo`lishsizlik olmoshlari. Inkor olmoshlari ma`no jihatidan belgilash olmoshlarining zidi bo`lib, barcha predmet yoki belgiga nisbatan inkor ma`nosini, bo`lishsizlikni bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi bo`lishsiz formada kelib, gap inkor gap hisoblanadi. Bo`lishsizlik olmoshlariga hech so`zi va shu so`zning ba`zi so`roq olmoshlari, shuningdek, bir narsa so`zi bilan birikishdan hosil bo`lgan olmoshlar kiradi. Hech so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha, fe`llar oldida kelib, ravish funksiyasini bajaradi va ish harakatning batamom inkorini bildiradi: Idorada hech kim yo`q edi. Sizdan boshqa hech kimga gapira olmayman. Men sizga hech nima ko`rsatganim yo`q edi-ku! Kimsa so`zi ham bo`lishsizlik olmoshi o`rnida qo`llanib, shaxsga nisbatan inkor ma`nosini bildiradi.
O`zbek tili tarixida ham, hozir ham ba`zan juda ko`tarinki, tantanavor nutqda kamtarlik uchun, manmanlik qilmaslik maqsadida men kishilik olmoshi o`rnida kamina, faqir, banda so`zi qo`llanadi. Bular tilshunoslikda ot-olmosh nomini olgan. Olmosh nutqni o`rinsiz takrordan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasidir.
Olmoshlarning tuzilishi jihatidan turlari. Olmoshlar tuzilishiga ko`ra quyidagi guruhlarga ajraladi. Tub olmoshlar: men, sen, bu, shu, hamma, bari, hech kabilar;

  1. Yasama olmoshlar: meniki, bular, o`zim, nimalar, hammamiz, birov, kimdir kabilar;

  2. Qo`shma olmoshlar: ana bu, mana u, nima uchun, har kim, hech kim, allakim, allanima kabilar;

  3. Juft olmoshlar: u-b;

  4. Takroriy olmoshlar: o`sha-o`sha, shu-shu, o`z-o`zim, kim-kim, nima-nima, barcha-barcha, butun-butun kabilar.

Olmoshda shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma`nosining mujassamligi va ularning nutqda rang-barang usulda voqelanishi tilshunoslikda aniqlangan. Masalan, kishilik olmoshidan men, biz so`zlovchi shaxsni, sen, siz, tinglovchi shaxsni, u, ular o`zga shaxsni bildiradi. Miqdor ma`nosining ifodalanishi jihatidan men, sen birlikni; biz, sizlar, senlar, bizlar ko`plikni; siz, ular birlikka ham, ko`plikka ham betaraf ma`noni anglatadi. Hurmat ma`nosi II va III shaxs olmoshiga xos. Munosabat ma`nosi kishilik olmoshining kelishik qo`shimchasini olib o`zgarishida yuzaga chiqadi. Kishilik olmoshiga egalik ma`nosi ham xos.
Boshqa turkumlarga oid so`zlarning olmoshlarga ko`chisi. Nutqdagi ma`lum sharoitga qarab ba`zi ot, sifat, sonlarning asl ma`nosi o`zgarib abstraktlashadi, umumlashadi-olmoshga yaqinlashadi. Bunga pronominalizatsiya deyiladi (Pronom-lotincha olmosh degan ma`noni bildiradi). Pronominalizatsiya natijasida ot predmetni, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, olmoshlarga o`xshash ularga ishora qiladi. Masalan, odam, kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba`zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh funksiyasida qo`llanadi: Uning ko`nglini olishga bir inson topilmadi. Sizni bir odan chaqirayapti. Bir keldi, bir kelmadi. Bir narsa olib keldi. Umuman, boshqa so`z turkumlarining olmoshga yaqinlashuvida bir, har, hesh so`zlarining o`rni kattadir. Bu so`zlar qo`shilishi bilan ko`pgina so`zlar olmoshga deyarli ko`chadi.
So`zlarning olmoshga yaqinlashuv jarayoni asosan quyidagi holatlarda ko`rinadi:

  • hech qanday affiks olmay asosiy morfema shaklida kelganda: Odam ketgisi kelyapdi (Men ketgim kelyapdi). Bir-biridan quvnoq, bir-biridan sog`lom bolalarning o`yinlarini ko`rib, juda quvonasan kishi (Men quvonaman yoki hamma quvonadi).

  • Son turkumiga xos ayrim so`zlar ko`pincha III shaxs egalik affikslarining qo`shilishi bilan olmoshga yaqinlashadi: Biri kitob o`qiydi, biri shaxmat o`ynaydi, boshqalari turli o`yinlar bilan band. Shu xilda uyishib qo`llangan biri so`zi o`rnida boshqalari yoki qolganlari so`zlari qo`llanishi mumkin: Biri kitob o`qiydi, qolganlari unga diqqat bilan quloq soladi.

Ikki boshqa-boshqa so`z turkumlariga xos bo`lgan so`zlar yoki boshqa so`z turkumidagi biror so`z-olmosh tipidagi so`zlarning qo`shilishi natijasida hosil bo`lgan ayrim qo`shma so`zlar olmosh funksiyasiga yaqinlashishi mumkin: qay biri, ba`zi bir kishi (odam), bir yerga (joyga, har bir, hech bir, har yerda, har tomondan (taratdan, jihatdan), bir narsa kabilar.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish