Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet77/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Ravishning lo`g`aviy-ma'noviy guruhi. Ravish qaysi so`zning belgisini bildirib kelmasin, o`zi aniqlab kelgan so`zning sifatiy belgilarini, holatini, vaziyatini ko`rsatib kela oladi. Ravishlar ma'no jihatdan shunday turlarga ega: 1. Holat ravishi; 2. O`rin ravishi; 3. Payt ravishi; 4. Maqsad ravishi; 5. Miqdor-daraja ravishi; 6. Sabab ravishi.
Tilimizdagi ayrim ravishlar ko`p ma'noli (Polisemantizm) harakatiga ega. Ular gapda qo`llanishiga ko`ra o`rin yoki payt, holat yoki o`rin ma'nolarini anglatib kelishi mumkin. Siz ilgari oqar daryo edingiz. Hur yashash, baxt sari ilgari yurdik. U bizlarga doimo yaqindan yordam beradi. Hali ravishi semantik jihatdan rivojlanishida, u bir necha ma'no anglatish xususiyatigi ega bo`lgan: Bilasizmi, hali majlisda nima gaplar bo`ldi. Hali kelsa ko`rasiz … hali oldinda nimalar bo`lmaydi. Voy, gapga qo`shilmay hali o`lay! (Hamza)
Holat ravishi. Holat ravishlari, odatda, ish harakatning bajarilish usulini, qay tarzda yuzaga kelishini bildiradi. Fel'dan boshqa so`zlarning belgisini ko`rsatib kelganda esa o`xshatish yoki qiyoslash ma'nolarini ifodalaydi. Ba'zan u tarz ravishi deb ham yuritiladi: asta, zo`rg`a, darhol, boshqacha, soldatdek, bo`g`inlab, ko`r-ko`rona, paydar-pay, peshma-pesh, birdan, yo`lakay, zimdan, to`sindan, qiyg`os, arang kabi.
O`rin ravishi. O`rin ravishlari, odatda, ish-harakatning yuzaga chiqish o`rnini, yo`nalishini ko`rsatadi. Umuman, narsa-predmetning biror yerda mavjud bo`lishini bildirganda, ravish harakat ma'nosini bildirgan so`zlarga ta'lluqli bo`lishi shart emas: Xafa qilmaganingizda, hech qayoqqa ketmas edi. O`rtada supa va hovuz. Biz shu yerda o`tirgan edik.
Payt ravishi. Payt ravishlari ish-harakatning yuzaga kelgan vaqtini, muddatini bildiradi. Fe'l bo`lmagan so`zlarga ta'lluqli bo`lganda ham, voqea-hodisaning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi: Bugun erta turib tongni ko`rdim (Uyg`un). Bugunning hakami erta. halitdan vahimaga tushayapsan.
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishlari, odatda, ish-harakatning miqdoriy sifatini - darajasini yoki sifat bilan ravishning intensiv darajasini ko`rsatib keladi. Siz bu so`zni ikkinchi daf'a zinhor-bazinhor og`zingizdan chiqarmang. Eng oldin mehmonlar ketishdi. Miqdor-daraja ravishlarini ma'no jihatdan o`z ichida yana shunday gruppalarga bo`lish mumkin: kuchaytiruv ravishlari, kuchsizlantiruv ravishlari.
Kuchaytiruv ravishlari shu ma'noni ikki yo`l bilan - tasdiq yoki inkor yo`li bilan anglatishi mumkin: Eng, juda, nihoyat(da), g`oyat(da), yana(da), tag`in, tamomila, uncha, uncha-muncha, ozmuncha, obdan, naq, o`ta, qoq, zir kabi ravishlar tasdiq ma'nosini ifodalaydi: hech, sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda kabi ravishlar inkor ma'nosini bildiradi: Ota yana so`zida davom etdi.
Kuchsizlantiruv ravishlari esa harakat-belgining normal holatdan kamligini, to`liq emasligini bildiradi: arang, zo`rqa, zo`r-bazo`r, xiyol, sal, sal-pal, chor-nochor kabi. Darsga arang yetib keldim. Bugun sal ertaroq kela olmadim. Miqdor-daraja ravishi songa yaqinlashadi. Biroq son bilan "noaniq miqdor" belgisi ostidagi noto`liq ziddiyatda belgili a'zo sifatida yuzaga chiqadi.
Maqsad ravishi. Maqsad ravishlari ish-harakatning qay maqsadda sodir bo`layotganini yoki nima uchun yuzaga kelayotganini bildiradi: atay, ataylab, atayin, qasddan, jo`rttaga, azza-bazza kabi. Siz odamlarga shunday ko`rinish uchun jo`rttaga shunday qilsangiz kerak. Biz atayin hammadan avval, ertaroq keldik.
Sabab ravishi. Sabab ravishi fe'ldan anglashilgan harakatning sababini ifodalaydi: noiloj, bekordan-bekorga, chor-nochor, noilojlikdan. Boshqa turkumda bo`lgani kabi ravishning ham ko`p ma'noliligi uni lug`aviy-ma'noviy guruhga ajratishda qiyinchilik tug`diradi: Masalan, nari-beri ravishi o`rinni ham (Stolni nari-beri surdik), holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi.
O`zbek tilshunosligida yuqorida qayd qilinganidek, ravish o`ta munozaralidir. O`zbek tili grammatikasida ravishlar asosan ikki xil yo`l bilan yasaladi deyiladi: 1) affiksatsiya yo`li bilan; 2) kompozitsiya yo`li bilan.
Affiksatsiya yo`li bilan ravish yasalishi tilimizda qadimdan mavjud bo`lib, ayniqsa, keyingi vaqtlarda eng unumli va unumsiz affikslarga ajratilmoqda: -cha, -larcha, -chasiga, iga, -siga, -lab, -deb, -dek, -ana, -an, -ni(in), -lay, -simon kabi unumsiz affikslar; kundan-kunga, nari-beri, bir yo`la, shu yerda, har vaqt, har yoqlama kabi qo`shma ravishlar.
Bu masalaga keyingi chiqqan manbalarda boshqacha qaraladi. Ravishning asosiy qismi boshqa turkumga mansub soddalashgan, yaxlitlashgan leksema, shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor etib, ravishlashish (boshqa turkum so`zining ravishga o`tishi) mavjudligini tan olishadi.
Yuqorida sanab o`tilgan ravish tarkibiga diqqat qilinsa, unda turli so`z yasash qolipi mavjudligi ma'lum bo`ladi: arabcha (ot+an), (ot+chasiga), (ot+ana), (ot+larcha), (ot+lab) kabi. Qo`shma ravish esa (olmosh+ot) (har gal, har zamon), (ravish+ot) (hali zamon, hali beri), (son+ot) (bir yo`la, birdan) kabi shakllarda bo`ladi.
Boshqa turkumdagi takroriy so`z ravish bo`lishi mumkin: yuzma-yuz, quruqdan-quruq kabi. Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini -an, -ana qo`shimchasining arabcha va tojikcha so`z tarkibida uchrashini, -larcha, -chasiga, -lab kabilarning grammatik ma'no ifodalashi bilan va -iga, -siga, -chasiga kabi so`zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlanadi.
Ravish gapda ko`pincha fe'lga bog`lanib hjol, otga bog`lanib sifatlovchi vazifasida keladi. Bu ravish umumiy grammatik ma'nosining tarkibiy qismi.
Ravishning tuzuilishiga kura turi. Ravish tuzilishiga ko`ra sodda, juft, takroriy va qo`shma ravishlarga bo`linadi.
Sodda (tub) ravish bir o`zakdan tashkil topadi: bugun, indin, ertaga, ertalab kabi.
Juft ravish ikki so`zning juftlashishidan tashkil topadi: yana-tag`in, eson-omon, ochin-to`qin, qishin-yozin, ura-sura, ora-sira, ro`y-rost, sal-pal, chala-chulpa, oz-moz kabi.
Takroriy ravishda bir o`zak takrorlanadi: galma-gal, to`g`ridan-to`g`ri, es-es, o`qtin-o`qtin, ahyon-ahyonda kabi.
Qo`shma ravish birdan ortiq mustaqil so`zning qo`shilishidan hosil bo`ladi: bir yo`la, bir muncha, bir talay, bajonidil, baholi qudrat, har yili, har yoq, har dam, shu zahoti, shu asnoda.
Ravishlarda daraja. Ravish ham sifat kabi daraja anglatish xususiyatiga ega, biroq ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish darajalari, odatda, ish-harakat belgisini boshqa belgiga nisbatlab, ortiq-kamligini bildiradi.
Ravishlarda quyidagi daraja formalari bor: 1. Bosh (oddiy) daraja. 2. Qiyosiy daraja. 3. Orttirma daraja. 4. Intensiv-kuchaytiruv daraja.
Bosh (oddiy) daraja. Bu darajadagi ravishlar ish-harakat belgisining normal holatda ekanligini bildiradi va boshqa daraja bildiruvchi maxsus ko`rsatkichga ega emasligi bilan xarakterlanadi: Manzura mashina yonidan tez ketdi.
Qiyosiy daraja ravishlarga -roq affiksining qo`shilishi orqali hosil qilinadi: sekinroq, barvaqtroq, keyinroq, beriroqqa, orqaroqda, ilgariroq kabi. Ammo bu darajadagi ravishlar ikki konkret belgi bir-biri bilan hamma vaqt bir momentda taqqoslanmay, chog`ishtirilmay, balki harakat belgisining mavhumlashtirilgan holda kuchayganligi yoki kuchsizligini ko`rsatadi: Nariroqda bir to`p odam (A.Muxtor)
Ba'zan qiyosiy darajada kuchaytiruv yoki kuchsizlantiruv ekspressiv yo'l bilan yanada orttirilgan bo`lishi mumkin. Bunda qiyosiy darajadagi ravishlar oldidan sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi: yana tezroq, yana ilgariroq, tobora yaqqolroq, sal nariroq, sal burunroq kabilar. Sal burunroq o`tqazilsa, ancha bo`y bergan bo`ladi. (Sћ. Rashidov).
Orttirma daraja ravishlari belgining normal ћolatdan ortiqligini bildiradi. Bu daraja ravishi oldidan eng, juda, g`oyat(da), nihoyat(da) kabi kuchaytiruv ravishlarini keltirish orqali hosil qilinadi: eng oldin, juda tez, nihoyat, sekin kabi: Mana shu yerdagi daraxtlarning eng oldi, shularni o`tqazib parvarish qilishgan.
Intensiv- kuchaytiruv daraja ravishlarda asosan ikki yo'l bilan hosil hilinadi:
1) So`zlarni to`liq takrorlash orqali: juda-juda, tez-tez, zo`rg`a-zo`rg`a, zinhor-zinhor, hali-hali, sira-sira kabilar. Bu Boltaboy akaga juda-juda malol keldi (A. Qahhor). Maston zo`rg`a-zo`rg`a qadam tashlab kelar edi (A. Hahhor). Burnog`I yilgi ish sira-sira esimdan chihmaydi (H. Nazir).
2) Qisqa takror orqali: kuppa-kunduzi, bab-baravar, tikka-tik, chippa-chin, to`ppa-to`g`ri kabilar. Har bir fermer yerlarini ularning a'zolariga bab-baravar taqsimlab berdilar.
Ravishlar ham boshqa so`z turkumlari singari -gina (-kina, -qina) affiksini olgan bo`lishi mumkin. Bunda asosan ravishdan anglashilgan belgi ma'nosi bir oz kuchsizlanadi: tezgina, hozirgina, bazo`rgina, birpasgina, yaqindagina, endigina, qushdekkina, ohistagina, shundoqqina. Masalan, Savatni yerga ohistagina qo`ydi (Oybek). Yigitning shundoqqina orqasida to`xtadi. (H. Nazir)

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish