Adabiyotlar: A1,A2, A3, A9, A11, Q2, Q9, Q21, Q22.
11-ma`ruza. Undov va taqlid va Modallik va modal so‘z.
Modal so`zlar
Undov
Tasdiqlarning inkor so`zi
Takliflarning ishora so`zi
Taqlidning guruhlanishi
Tayanch so`z va iboralar: taqir-tuqur, g`ir-g`ir, tars-turs, taq-tuq, oh, voy, pish-pish, chamasi, ehtimol, voy, dod, qani, baxtga qarshi, xudo xohlasa, mayli, xo`sh, yo`q, mutlaqo, chog`i, mang, xo`p kabilar.
Tilshunosligimizda hozirga qadar turkumlanish akademik A.Hojiyev ta`kidlaganidek, o`z yechimini topgan emas. Buning isboti sifatida modal so`zlar, taqlid so`zlar, undov gohida mustaqil, gohida yordamchi, gohida har ikkalasiga ham kiritilmasdan alohida talqin etib kelinmoqda. Bizningcha, ularni na unisiga, na bunisiga qo`shmasdan professor A. Nurmonov to`g`ri ta`kidlaganidek, oraliq so`z turkumlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq. Ammo keyingi paytlarda e`lon qilingan ishlarda ular alohida so`z-gaplar deb e`tirof etilgani sababli ularni aynan keltirishni ma`qul ko`rdik. O`z fikrimizni qisqa qilib yuqorida bayon etdik. Chunki ularning nutq jarayonida ma`lum darajada mustaqillik, ma`lum darajada yordamchilik xususiyatlariga ega ekanligi barchaga ayon.
O`zbek tilida bo`lakka ajratilmaydigan gaplar yoki so`z-gaplar atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular belgi bilan mustaqil yordamchi so`zlardan sodda yoki qo`shma gap bilan farq qiladi. Bular quyidagilar:
Mustaqil holda gap bo`la olish;
Gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;
O`ziga xos g`ayrioddiy ma`noga ega bo`lish;
Bog`lama bilan birika olmasligi va shunish uchun mayl, zamon shaxs/son shakillariga ega emasligi.
So`z-gaplar deganda shu asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon va shaxs-son ma`no hamda munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar bo`lishini talab qiladi. So`z-gaplarda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakli, ma`no va munosabati so`z-gaplarning o`zida mujassam va ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi munosabati va kesimlik –gap markazi vazifasida kelish, fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassam. Shu sababli bunday gaplarda kesimlik ma`nosi mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
Demak, soz-gaplar mustaqil bo`la olish qobiliyatiga ega ekanligi uchun bu so`zlarga nisbatan semantik funksional shakllangan so`z-gap atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi «semantik» tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy -ma`noviy tomoniga ishora qiladi. Bunda gaplar markazi mavqeida kelgan leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni leksik birlik ham so`z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so`z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi fazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.
So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga ega ekanligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
ma`no imkoniyati chegaralangan;
grammatik shaklni talab qilmaydi;
boshqa so`zlar bilan birikish qobiliyatidan mahrum;
gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
ma`noli qismlarga ajralmaydi;
Shuning uchun ham so`z-gaplar boshqa leksemaga nisbatan g`ayrioddiy, biroq ma`no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi. Aytib o`tilgan fikrdan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe`1, ravish, taqlid kabi so`z turkumlari gapning istalgan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi, ko`makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So`z-gap bir necha ma`noviy guruhga ajraladi:
Modal so`zlar
Undov
Tasdiq-inkor so`z
Taklif-ishora so`z.
So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati-qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarini ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlar. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va ular formal tilshunoslikda turlicha talqin qilingan.
Kishining his-tuyg`usini, haydash, to`xtatish kabi xitobni, buyruqni ifodalaydigan so`z-gaplarning ko`rinishi undov so`zlar. His-tuyg`u undovlariga oh, voh, eh, barakalla, rahmat, ofarin, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pish-pish, chuh kabi xitob so`zlari kiradi.
So`z gaplarning uchunchi ma`noviy guruhi bo`lgan tasdiq/inkor so`zlari ko`pincha modallar tarkibida o`rganiladi. Ha, mayli, xo`sh, xo`p so`zlari tasdiqni yo`q, mutlaqo, also, sira so`zlari inkorni ifodalovchi so`z-gaplardir.
Taklif/ishora so`zlariga qo`llanishi ta`na azolari bilan uzviy bog`liq bo`lgan ma, mang, qani, marhamat so`zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan, uni biror ish harakatni bajarishga undaydi.
So`z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko`pchiligi boshqa so`z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o`ziga xos nutqiy qo`llanish natijasida shakillangan va rivojlangan. Chunonchi, so`ssiz, tabiiy so`zlari har qalay, har xolda modal so`zlari so`z birikmasidan nasib bo`lsa, xudo xoxlasa gapidan kelib chiqqan.
So`z-gapsimon deganda mohiyatan so`z gaplar bo`lmagan lug`aviy birikmalarning so`z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasi; undalmalarga erkalash ma`noli asalim, oppog`im va undov ma`noli ey, do`stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi, shunday, hech qachon, noto`gri kabiu; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko`rinishli misol. Qisqasi, so`z-gaplarning leksik semantic guruhi bo`lgan sof so`z gap o`zi tarixan kelib chiqadigan so`z turkumidan batamom uzilgan, ko`pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo`llanmaydi. So`z gaplashgan unsure esa o`zlari tarixan kelib chiqqan so`z bilan omonimik munosabat xosil qiladi va boshqa turkumdan aloqasini mutlaqo uzmagan bo`ladi. So`z-gaplashayotgan unsurlarga o`zi boshqa so`zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe`l)ga tegishli, lekin so`z gaplarga xos ma`no va vazifada qo`llana oladigan birliklar kiradi va so`z gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so`z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so`z-gaplarga o`tib ketishi mumkin. So`z-gapsimonlar esa o`z so`z turkumi doirasida qoladi.
«O`zbek tili grammatikasi»da va boshqa ko`pgina manbaalarda mu masalaga butunlay boshqacha qaralaganini ko`rishimiz mumkin. Modal ma`nolar morfologik, sintakti, leksik usullar bilan ufodalanadi. Bu usullar o`zari zich bog`langan. Modalikkning morfologik ifodalanishi deyilganda odatda mayl kategoriyasi, shuningdek, zamon kategoriyuasining ichki tarmoqlanishi nazarda tutiladi. Bu Grammatik kategoriyalar asosan morfologiyaning fe`l bahsida, shuningdek, sintaksisning gap bahsida o`rganiladi.
Modal so`z. fikrning chinligi, aniqligi, qat`iyligi yoki gumonli, chamali kabi ma`nolarni ifodalash uchun xoslangan so`z modal so`z deyiladi.
Undovlar leksik jihatdan nominativlikni ko`rsatmaydigan so`zlar guruhida bo`lsa, Grammatik jihatdan o`zgarmaydigan so`zlar qatoriga kiradi.
Sof undovlar kelishik, egalik va ko`plik affikslarini olmaydi. Bunday affikslarni olish uchun ular avvalo otlashishi kerak (oh-vohlarini qo`y, dodingni kimga aytasan).
Boshqa so`zlar bilan grammatik aloqaga kira olmasligi, gapning biror bir bo`lagi vasifasini bajara olmasligi ham bu so`z turkumining asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Undovlar otlashganda gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo`lagi vazifasini bajarishi mumikin. O`zbek tilida mustaqil so`z turkumlari maxsus so`z yasalish sistemasiga ega. Lekin undovlarda bu xususiyat yo`q.
Undovlar, asosan boshqa so`zlar bilan birlikda birikmalar tashkil qila olmaydi. Fe`llardan, asosa, demoq, ayrim vaqtlardagina urmoq, tortmoq, solmoq fe`llari bilan birikishi mumkin: Oh dedim ovora bo`ldim. Dod-voy solmoq, uf tortmoq, oh urmoq kabi.
Undov intonatsiya jihatidan o`zi kelgan gap bilan bog`langan bo`lsada, ko`p holatlarda u gapning boshqa bo`laklaridan o`ziga xos intonatsiya bilan ajralib turadi. Intonatsiya ba`zan ayrim ot yoki fe`llarning undov vasifasida kelishi uchun vosita bo`ladi: Qarang-a! Pisand qilmasdan, ishonmaslik. Yuqorida aytilganlardan hamma holatlarda ham undovlarning ma`nosini aniqlash uchun intonatsiya hal qiluvchi o`rinda turadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Undovlar ma`nosini aniqlashda kontekstning ahamiyati katta. Bundan tashqari, undovlar ma`nosi, offenkasini belgilashda turli xil mimika va imo-ishoralarning ham o`ziga xos o`rni bor.
Undovlar boshqa so`z turkumlaiga o`tganda ulardagi ekspressiv mazmun yo`qoladi.
Nutqda undovlar ifodalilikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Undovlar kishining xis-tuyg`usini ifodalashdan tashqari, baholash munosabatini bildirish xususiyatiga ham ega.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, nutq jarayonida so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydalanish ham ma`lum darajada farq qiladi. Xususan, o`zidan katta yoshdagilarga murojaat qilganda, yoki ma`lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo`l ostida ishlayotganlarga hoy deb murojaat qilmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotdan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash uchun ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga bunday undov orqali baho berilmaydi. (O`zbek tili grammatikasi T.I.Tosh. 1975. 582-608).
Xulosa qilib aytganda, bizningcha, oraliq so`z turkumlari haqida aytilganlarni inobatga olgan holda, ularga berilgan quyidagi ta`rifni ma`qullashni lozim topdik. «Mustaqil so`zlarga ham, yordamchi so`zlarga ham kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o`zida ma`lum darajada aks ettiradigan oraliq so`zlar bor. Bunday so`zlar undov so`zlar, modal so`zlarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |