Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet80/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

Taqlid va uning UGMsi. Taqlid o‘zbek tilida bir guruhni tashkil etadi va mustaqil so‘z sirasidan o‘rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor.
Birinchidan, turkiy tillarda taqlid miqdoran ko‘p va ma’no jihatdan rang-barang.
Ikkinchidan, ulardagi tovushlar tizmasi ma’lum obyektiv voqelikdan xabar berib turadi.
Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma’lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi.
Taqlid – o‘zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun tomoni bilan tabiiy bog‘lanishga ega. Bu quyidagi so‘z qatorini qiyoslash asosida hosil bo‘ladi:
1) taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq;
2) liq-liq/luq-luq/lo‘q-lo‘q/laq-laq;
3) tirs-tirs/tars-tars/tars-turs.
Ko‘rinadiki, fonetik qiyofasi tor unli va qattiq undoshdan iborat bo‘lgan taqliddagi belgi darajasi keng unli va qattiq undoshdan iborat taqlid ifodalagan belgidan past. Bu taqliddagi shakl va mazmunning tabiiy bog‘lanishini ko‘rsatadi.
Taqlid jamiyatning har bir a’zosi tushunadigan turli ma’noga ega. Masalan, taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq taqlidi orqasida nimadir yotgani va ma’lum bir borliq hodisasini ifodalayotgani shu til jamiyatining barcha a’zolari uchun tushunarli.
Taqliddagi ma’noviy g‘ayrioddiylik uni boshqa mustaqil so‘z turkumidan ajratib turadi. Biroq ma’noviy g‘ayrioddiylik faqat taqlidgagina xos emas. Buni olmoshda ham kuzatish mumkin. Chunki ularning ma’nosi faqat matn tarkibidagina anglashilib, shu boisdan «ichi bo‘sh» so‘z sifatida baholanadi. Ammo «ma’noviy bo‘shlik» olmoshni mustaqil so‘z sifatida qarashga monelik qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‘z sifatida qarab kelingan taqlidning ham «mustaqillashuvi»ga to‘siq bo‘la olmasligi kerak.
Taqlid morfologik jihatdan o‘zgaruvchan, bu bilan to‘la ma’nodagi mustaqil so‘z bo‘lgan ravishdan ham ustun turadi: odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, eshikning taqir-tuquridan kabi.
Taqlid cheklanmagan muchalanuvchanlikka ega:
Kesim: Atrof g‘ala-g‘ovur.
Ega: Taqir-tuqur tinmadi.
Hol: Shabada g‘ir-g‘ir esadi.
To‘ldiruvchi: Odamlarning vag‘ir-vug‘uridan quloqlar bitgu-dek.
Aniqlovchi: Mahallada duv-duv gap.
Demak, taqlid «borliq hodisalariga taqlidning lisoniy ifodasi» UGMsiga ega.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilidagi taqlid semantik-morfologik-sintaktik jihatdan mustaqil so‘z maqomiga ega.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish