19-mashq. Yasama so`zlarni ishtirok ettirgan holda ixtiyoriy matn tuzing.
20-mashq. Qo`shma va juft so`zlarga misollar topib ular yordamida gaplar tuzing.
21-mashq. Gaplarni o`qib, so`zlarning tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlang.
1. Jannat xola qoraqo`ng`izni otashkurakda kuydirib kukunini murchga aralashtirib sepgan.(S.A.)2. Ikki navqiron yigit, zarang yo`ldan, boshlarini tik tutib, kunchiqarga-quyosh tomonga ketib borar edilar! (M.Do`st.) 3. Mana, uning suyangan tog`lari! Hammasining ustida avrasi movut sovsar va tulki po`stin, qimmatbaho kimxob to’n, boshlarida la’l va inju qadalgan qunduz telpak.(O.Y.) 4. Qosh-qovog`ini osiltirib o`tirgan Muhammadmansur, ranjigan ohangda dedi.(O. ) 5.U yosh juvonlik baxtidan, o`yin-kulgilaridan barvaqt ayrilgan, barvaqt g`am-g`ussaga cho`mgan mushtipar ona edi.(M.I.)
22-mashq. Birlik va ko`plikdagi otlarni belgilang.Ko`plikning qanday usullar bilan hosil bo`lganini aniqlang.
1. Iztirobli o’ylar tuni bilan mulla Fazliddinning ko`ziga uyqu qo`ndirmadi. (P.Q.) 2. Shaharning shimolidagi ko`rkam chorbog` baland devor bilan o`ralgan, darvozalarga soqchilar qo`yilgan.(P.Q.) 3.Shundan keyin xalq ham qo`zg`olmadi, asrlardan beri ko`pirib, o`kirib urilgan qudratli to`lqinlar ham yo`qolmagan tog`dek, mahkam tura berdi.(M.I.) 4. Pala-partish taxlab tashlangan qog`ozlarni ko`rgandayoq bu papkada kamida bir oylik yumush uyulib yotganini sezib, birdan hafsalasi pir bo`ldi.(O`.U.) 5.Ikromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmagan ekan.(S.A.) 7. Ikki kun to`xtovsiz davom etgan kuchli bo`ron cho`llar va qishloqlarda, yo`llar va ekinzorlarda ko`ngilsiz iz qoldirib ketdi. (Sh.R.) 8. Olisda, Ko`ksaroy tomonda hamon nog`oralar gumburlar, karnaylar suron solardi. Ko`chalar, guzarlar hamon kimsasiz osuda. (O.Y.) 9. Ulug`bekning ko`p navkarlari va sarkardalarini hibsga olgan.(O.Y.)
23-mashq. Egalik qo`shimchalarini olgan otlarni aniqlang. Egalik qo`shimchalarini tagiga chizib, shaxs-sonini ayting.
1. Bobur mulozimlari bilan mashq maydonidan chiqayotganida ko`nglida yangi bir istak uyg`onib, ko`zlari sho`x yiltiradi.(P.Q.) 2.- Umring uzoq bo`lg`ay qizim, -dedi. Dadang uydalarmi? (O.Y.) 3. Quyosh g`arbdagi cheksiz qumliklar bag`riga cho`kayotganida ular kiyimlarini kiyib, otlariga minib, navkarlar ihotasida qo`rg`onga qaytishdi. (M.) 4. Bundan besh-olti oy muqaddam, bahorda, dadasi uni kechqurun o`z ishxonasiga chaqirdi.(O.Y.) 5. Nizomjon ketmon dastasiga ko`ksini tirab unga qarab qoldi. (S.A.) 6. Farmonovning to`s-to`polon xayolini tashqaridan eshitilgan mashina ovozi bo`lib yubordi.(O.Y.) 7. Yaxshiboyev Qo`ziboyning engidan ushlab, palatadan yo`lakka boshladi. (M.Do`st.) 9. Ustod, ko`zlari yarim yumuq boshini egib, xayolga tolib o`tirardi.(O.Y.) 10. Mirzo Ulug`bek qo`llarini shogirdining elkasiga qo`ydi.(O.Y.) 11. Murotalining Hovlisida qad ko`targan o`rik butun qishloqda mavjud bo`lgan daraxtlarning eng kattasi va eng chiroylisi edi.(Sh.R.)
Do'stlaringiz bilan baham: |