Maxmudov umidjon maxmud o’G’li “achitqi zamburug’larini o’stirish uchun oziqa muhitlarini tanlash”


XULOSALAR…………..…………………..………………………..…..…..70 TAVSIYALAR



Download 4,28 Mb.
bet2/29
Sana17.07.2022
Hajmi4,28 Mb.
#815160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
himoyaa

XULOSALAR…………..…………………..………………………..…..…..70
TAVSIYALAR………………………………………………………………71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARVA MANBALAR RO’YXATI…...72

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Biologik obyektlar orasida biotexnologiya sohasida eng ko’p o’rganilgan organizmlar Saccharomyces zamburug’lari bo’lib, bu achitqilar sanoatda yetakchi o’rinni egallaydi. Bu organizmlarga nisbatan qiziqish asosan ular metabolizmi bilan bog’liq bo’lib, achitqilarda energetik almashinuvning ikki yo’li mavjud, anaerob – glikoliz va oksidativ energetik almashinuvlar har biri alohida olingan tarzda amalga oshishi mumkin va bu jarayonlar birga o’tishi mumkin bo’lib, achitqi zamburug’lari pivo, vino, non sanoatida keng ishlatiladi. Yuqori samarali ozuqa texnologiyalarini yaratish uchun, achitqilarni kultivatsiyalash texnologiyalarini va ular metabolizmi, fiziologiyasini yaxshi bilish zarurdir [14].
Karimov I. A. O’zbekistonda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida va qishloq xo’jalik taraqqiyoti – to’kin hayot manbayi, bu ildizmevali o’simliklarning hissasining ahamiyatiga e’tiborli bo’lishimizni ko’rsatib o’tgan.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida g’allachilik, paxtachilik, bog’dorchilik, chorvachilik va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishish bilan har sohada rivojlanish avj oldi.
Ildizmevalilar guruhiga kiradigan ekinlarning ildizida oziq moddalar to’planib borib ildizi ildizmevaga aylanadi. Ildizmevasi oziq hisobida, texnikada ishlatiladi. Bu guruh o’z ichiga bir, ikki va ko’p yillik ekinlarni qamrab oladi. Bular orasida qand lavlagi va xashaki lavlagi ikki yillik texnik o’simlik bo’lib, uning vatani O’rta yer dengizi hisoblanadi. Butun sug’oriladigan yer maydonlarida bizning eramizgacha, ya’ni 2000 – 1500 yil oldin sabzavot o’simligi sifatida xalqlar foydalanib kelganlar. Qand lavlagining ildizmevasidan Osiyoning tog’li viloyatlarida eramizdan ming yillar ilgari foydalana boshlaganlar. VIII-XII asrlarda O’rta Osiyo, Kavkaz orti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan [33]. Qand lavlagi XVII – XIX asrlarga kelib, uning ildizmevasi xo’raki, qand va oziq yo’nalishida ekilishi davom ettirildi.Qand lavlagi o’rtacha iqlim sharoitiga mos bo’lganligi uchun ko’pchilik davlatlarda, ayniqsa, Daniya, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina, Rossiya, Latviya, Belorussiya, Turkiya, Yaponiya, Afg’oniston mamlakatlarida o’stirib ko’paytirilgan. Umuman yer yuzida qand lavlagi ekish maydoni taxminan 8 mln. gektarga yetgan. Yigirmanchi asrning boshlanishida bu ildizmevali qand lavlagining ekilishi yer yuzida hammasi bo’lib 1,5 mln. gektarni tashkil qilgan, xolos. Shakar mahsuloti olish 1900-1960 yillarda qand lavlagidan 41%, 59% esa shakarqamish hisobiga yetishtirilgan.
MDH qand lavlagidan shakar olish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turgan. Shu paytda MDHda bir mavsumda 5 mln. tonnadan ortiq shakar ishlab chiqilgan bo’lsa, AQSH da 1,9 mln., Fransiyada 1,5 mln., G’arbiy Germaniyada 1,6 mln., Polshada 1,2 mln., Sharqiy Germaniyada 0,9 mln., Italiyada 0,9 mln., Chexoslovakiyada 0,8 mln., Buyuk Britaniyada 0,6 mln va boshqa kichik mamlakatlarda esa, kamida 0,4 mln. tonna shakar ishlab chiqilgan. Qand lavlagidan shakar olish dunyoning 35 mamlakatida mavjud bo’lgan. Shundan 23 tasi Yevropada, 12 tasi esa boshqa mamlakatlarda ishlab chiqilgan [12].
Qand lavlagi mamlakatimizga XX asr boshida keltirilgan bo’lib, u asosan qand ishlab chiqaradigan zavodlarga xomashyo yetkazib berish uchun ekilib kelingan. Ammo ekilish yer maydoni uncha katta bo’lmagan.
Umuman O’zbekistan Respublikasida 5 mln. gektarga yaqin yer maydoni sug’orilib dehqonchilik qilinadi. U yerda asosan paxta, bug’doy va boshqa ekinlar ekiladi.
O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekiston Respublikasida 1939-1942 yillar davomida har xil tuproq sharoitida, masalan, Farg’ona vodiysida, Toshkent viloyatida, Zarafshon vodiysida, jami 100 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yer maydonlarida qand lavlagi ekilib kelingan. Shu ekilgan yerlardan tuproqning unumdorligiga qarab har bir gektar yerdan o’rtacha 250 – 500 sentnerdan hosil olingan. Qand lavlagini ekish maydoni respublikada yildan – yilga pasayib borgan. Qand lavlagi keyingi davrlarda Ukraina, Rossiya, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir, Uzoq Sharq, Belorussiya, Armaniston, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston va boshqa respublikalarda, mamlakatlarda ko’plab yetishtirila boshlangan. Ildizmevali o’simliklardan qand lavlagi shakar ishlab chiqarish sanoatida qo’llaniladi, va oraliq mahsulot shakar sanoatida hosil bo’lgan melassa chet mamlakatlarda Saccharomyces cerevisiae ni kultivatsiyalashda va toza turli xil shtammlarini olishda qo’llaniladi. Bu shtammlar oziq – ovqat sanoatida turli xil mahsulotlat ishlab chiqishda keng qo’llaniladi [1, 11]. Lekin ko’pgina davlatlarda Saccharomyces cerevisiae zamburug’ shtammlarini yetishtirish uchun turli boshqa arzon va samarali ozuqa manbalarini tadqiqot qilish dolzarb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan oqsillarga, uglevodlarga va mineral elementlarga boy bo’lgan qishloq xo’jaligi turli xil ildizmevali va tugunakli o’simliklarning kimyoviy tarkibi va ularning kombinatsiyasi asosida tayyorlangan ozuqa muhitlarida Saccharomyces cerevisiae ni o’stirib ko’rish maqsadga muvofiqdir [16].
Hozirgi kunda ishlab chiqarish amaliyotida ekish materiali sifatida quruq achitqilar ishlatiladi, ular Fransiya, Kanada, AQSH davlatlarida ishlab chiqariladi. Shuningdek, Rossiyaning bir qancha institutlarida Saccharomyces cerevisiae achitqi kolleksiyalarining shtammlari saqlanadi, ular achitich sanoatida kerakli qimmatli ishlab chiqarish xususiyatlariga egadir. Ushbu shtammlardan foydalanib achitqi sharbatlarining assortimentlarining kengaytirilgan turlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish amaliyotida ushbu achitqi kulturalarining toza liniyalari muhim bo’lib, ular laboratoriya sharoitida yuqori samarali texnologiyalar asosida olinadi. Bunday texnologiyalarning ishlatilishi ekilgan achitqi materialining tez vaqt oralig’ida to’planishini va kerakli miqdorda fiziologik faol toza shtammlarning olinishini ta’minlaydi. Achitqi biomassa materialining tez vaqt oralig’ida ko’payishi peroksidaza manbaining olish imkonini kuchaytiradi va arzon biomaterial olish imkonini beradi [44].
Yuqorida keltirilgan mulohazalarga ko’ra, magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Sacchoromyces cerevisiae ning toza kulturalarini o’stirish sharoitini yaratish maqsadida ayrim ildizmevali va tugunakli qilshloq xo’jalik ekinlarining biokimyoviy tarkibini o’rganish va ular kombinatsiyasi asosida samarali ozuqa muhitlarining zamburug’ o’sishiga ta’sirini o’rganishdan iboratdir.
Magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo’yilgan maqsadlarni hal qilish uchun quyidagi vazifalar qo’yilgan:
- Saccharomyces cerevisiae ning biologiyasini tadqiqot qilish;
- Saccharomyces cerevisiae morfologiyasini va samarali o’sadigan optimal ozuqa muhitlarini melassa tarkibini o’rganish;
- Ildizmevali va tugunakli o’simliklarda kraxmal va sellyuloza miqdorini tahlil qilish;
- Mahalliy sharoitda Saccharomyces cerevisiae o’sadigan ildizmevali va tugunakli o’simliklar kombinatsiyasi asosida optimal muhitda o’sishini o’rganish.

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish