Maxmudov umidjon maxmud o’G’li “achitqi zamburug’larini o’stirish uchun oziqa muhitlarini tanlash”



Download 4,28 Mb.
bet4/29
Sana17.07.2022
Hajmi4,28 Mb.
#815160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
himoyaa

Amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishining amaliy ahamiyatiga, tajribada olingan natijalar Saccharomyces serevisiae ni o’stirish muhitlarini achitqi ishlab chiqarishsanoatida qo’llash imkonini beradi.Selektiv achitqilarni tanlashda koloniyalarning hosil bo’lish tezligi, hosil bo’lgan koloniyalarning katta –kichikligi kabi sifatiy belgilari to’g’risidagi ko’rsatkichlar LV-7, LK va LV-3 achitqi shtammlari boshqa hozirgi kunda ma’lum bo’lgan shtammlarga nisbatan, yuqori biomassa olish imkoniyati amaliyotga tavsiya etiladi.
Chop etilgan ilmiy maqolalar. Dissertatsiya ishining materiallari “Nauka I prosvesheniye” 2020 yil, SamDU professor – o’qituvchilar ilmiy – konferensiyasi materallarida 2020 – yil chop etilgan.
Dissertatsiya strukturasi. Dissertatsiya ishi 77 varaq bosma harfli matnda keltirilgan bo’lib, kirish, adabiyotlar sharhi, material va uslubiy qism, olingan natijalar tahlili va xulosalar, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iboratdir. Ushbu dissertatsiya ishida hammasi bo’lib 10 ta rasmlar va 17 ta jadvallar keltirilgan.


I. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Saccharomyceas serevisiae zamburug’ining biologiyasi va morfologiyasi
Ko’p yillar davomida oziq – ovqat sanoatida achitqi zamburug’i Saccharomyces cerevisiae keng qo’llaniladi, pivo sanoatida, non pishirishda, vino ishlab chiqarishda, kvas ishlab chiqarishda va spirt sanoatida katta ahamiyatga egadir [25]. Ko’pgina mualliflar ishlarida, S. yellipsoideus, S.uvarum, S. carlsbergensis, S. oviformis, S. vini achitqi turlari mustaqil tur sifatida qaralgan. Achitqilarning irsiy belgilarini o’rganish natijasida, achitish jarayonini keltirib chiqaruvchilar Saccharomyces cerevisiae turiga mansubdir va ular ma’lum substratlarda o’stirish va seleksiya qilish natijasida bir qancha belgilarini yo’qotgan mutant turlar hisoblanadi. Shunga ko’ra, klassifikasiya bo’yicha mutaxassislar ularni bir qancha belgilariga ko’ra, tur guruhlariga ajratishadi. Bu nuqtai nazardan, pivo, vino, non va spirt achitqilari uchun bitta nomlanish – Saccharomyces cerevisiae – ishlatish to’g’ri hisoblanadi. Bugungi kunda, qabul qilingan genetik va sistematik belgilariga ko’ra, achitqi zamburug’lari Saccharomyces cerevisiae Mycota – zamburug’lar olamining, Eumycota – bo’limiga, Ascomycetes – sinfiga, – Saccharomycetaceae – oilasiga, Saccharomyces – turkumiga, – cerevisiae – turiga kiradi (1.1 – jadval). Birinchi marta Meyen 1838 –yilda pivo, vino, va sidr achitqilarini bitta turkumga kiritadi, va ularga tur tasnifini bergan. Bu achitqilarning hamma shtammlari ya’ni, Saccharomyces cerevisiae aerob sharoitda glyukoza, maltozani utilizatsiya qilish xususiyatiga ega, lekin laktoza va sellobiozli muhitda o’sa olmaydi, shuningdek, ular o’zaro morfologik, fiziologik va kultural belgilari bilan bir – biridan farq qiladi. Ushbu Saccharomyces cerevisiae turi achitish sanoatida yashab kelgan, lekin tur ichida irq va shtamm bo’yicha farqlar hosil bo’lgan. Ushbu farqlar yo’naltirilgan o’zgarishlar natijasida va ularga uzoq vaqt ma’lum ishlab chiqarish, seleksiya va hayot sharoitlarining ta’sir qilishi natijasida kelib chiqqan. Saccharomyces cerevisiaening har bir turi hozirgi kunda turli xil ishlab chiqarish kulturalari bilan nomlanadi, biri spirt ishlab chiqarishda, boshqasi achitqi sanoatida ishlatiladi. 1984 – yil ishlab chiqarilgan aniqlagichda S. cerevisiae sinonimlariga 80 dan ziyod achitqi zamburug’lari kiritilgan. 1990 – yilgi aniqlagichda Saccharomyces turkumiga 10 dan ziyod tur kiritilgan va S. cerevisiae 130 sinonimga ega [35].

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish