2.3.2. Saxaroza miqdorini aniqlash.
Saxaroza o’simliklarda keng tarqalgan shakarlardan hisoblanadi. U qaytaruvchanlik xususiyatiga ega emas. Saxarozani kimyoviy usulda aniqlash uchun turli xil gidroliz usullaridan foydalaniladi. Saxaroza odatda fermentativ yoki kislotali gidroliz yo’li bilan fruktoza va glyukozagacha parchalanadi. Gidroliz mahsuloti hisoblangan monosaxaridlarning qaytaruvchanlik xususiyatiga qarab saxarozaning miqdori aniqlanadi. Saxarozani suvli ekstraktlarda aniqlash birmuncha qiyin, chunki bunday ekstrakt tarkibida boshqa yuqori molekulali polisaxaridlar ham bo’lib, ularning gidrolizlanishi natijasida ham qaytaruvchan shakarlar hosil bo’ladi. Bunday suvli ekstraktlarni filtrlash birmuncha qiyindir. Shu sababli saxarozani aniqlashda spirtli ekstraktlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
2.1 – jadval
Mis miqdoriga teng bo’lgan glyukoza miqdori (mg da) (Berr bo’yicha)
Glukoza
|
Mis
|
Glukoza
|
Mis
|
Glukoza
|
Mis
|
Glukoza
|
Mis
|
0,1
|
0,55
|
1,20
|
2,80
|
2,25
|
5,00
|
5,50
|
10,80
|
0,2
|
0,80
|
1,30
|
3,00
|
2,50
|
5,30
|
6,00
|
11,90
|
0,3
|
1,00
|
1,40
|
3,20
|
|
|
|
|
0,4
|
1,15
|
1,50
|
3,40
|
2,75
|
5,95
|
6,50
|
12,80
|
0,5
|
1,35
|
1,60
|
3,60
|
3,00
|
6,25
|
7,00
|
13,90
|
0,6
|
1,60
|
1,70
|
3,80
|
3,50
|
7,10
|
7,50
|
14,90
|
0,7
|
1,80
|
1,80
|
4,00
|
4,00
|
8,00
|
8,00
|
15,90
|
0,8
|
2,00
|
|
|
|
|
|
|
1,0
|
2,40
|
1,90
|
4,15
|
4,50
|
8,50
|
9,00
|
16,90
|
1,10
|
2,60
|
2,00
|
4,30
|
5,00
|
8,95
|
9,00
|
17,80
|
Ish tartibi. Qand lavlagidan 10 - 25 g olib, chinni hovonchada shisha kukunlari bilan bir xil massa hosil bo’lguncha 5-10 ml 96% li etil spirti yordamida eziladi. So’ngra ezilgan massa hajmi 200 ml li kolbaga quyiladi. Chinni hovoncha yana 10-15 ml spirt bilan yuviladi va u ham kolbaga quyiladi. Ekstraksiya uchun olingan spirtning konsentratsiyasi 75 - 80% dan oshmasligi kerak. Kolbadagi ekstrakt 75-80 °C temperaturali suv hammomida 30 minut davomida ushlab turiladi. Keyin u boshqa kolbaga filtrlanadi. Qolgan material yana 1-2 marta spirt yordamida ekstraksiya qilinadi va hamma ekstraktlar birlashtiriladi. Ekstraktlar tarkibidagi spirt maxsus sovitgich va suv hammomi yordamida haydaladi (vakuum ostida). Kolba tagida qolgan spirtli ekstrakt suv bilan chiziqqa to’ldiriladi. Tayyorlangan ekstraktdan 25 ml olib, hajmi 50 ml o’lchov kolbaga quyiladi va 67-70°C temperaturali suv hammomida 10 minut ushlanadi. So’ngra kolbaga 1,5 ml xlorid kislota (zichligi 1,19) qo’shiladi. Bunda kolbadagi kislota konsentratsiyasi taxminan 2% ga yaqin bo’ladi. Gidroliz 67 – 70 °C da 6 – 7 minut davom etadi. Gidroliz tamom bo’lgach kolba tezda sovuq suv yordamida uy temperaturasigacha sovitiladi va 4 – 5 tomchi metil qizil qo’shiladi. So’ngra kolbadagi suyuqlik 4% li o’yuvchi natriy bilan to’q sariq rang hosil bo’lguncha neytrallanadi. Bunda ishqorni asta – sekin tomchilatib qo’shish kerak. Neytrallangan eritma suv yordamida chiziqqa to’ldiriladi. Shakar miqdori Bertran usulida aniqlanadi (85 – betga qarang). Bunda ekstrakt tarkibidagi umumiy shakarlar yig’indisi (qaytaruvchan shakarlar+saxaroza) topiladi. Saxaroza miqdorini aniqlash uchun qaytaruvchan xususiyatiga ega bo’lgan shakar miqdoridan umumiy shakar ayirib tashlanadi.
X = 2 (A – V) x 0,95;
X – saxaroza miqdori, mg; A – umumiy shakar, mg;
V – qaytaruvchan xususiyatiga ega bo’lgan shakar, mg.
Reaktivlar: Bertran usuli bo’yicha shakarlarni aniqlashda foydalaniladigan barcha reaktivlar. Natriy ishqorining 4% li eritmasi, xlorid kislota (zichligi 1,19), metil qizili.
Saxarozaning gidrolizi
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar (1 ml li, sirimi 5 ml li), shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, 5% li saxaroza eritmasi, 10% li sulfat kislota eritmasi, 10% li NaOH eritmasi, ᾳ-naftol (10% li spirtli eritma), Selivanov reaktivi, Feling reaktivi, Barfed reaktivi.
Saxaroza boshqa uglevodlar singari optik aktivlik xususiyatiga ega bo’lib, qutblangan nur sathini o’ngga buradi. Uning solishtirma burish burchagi +66,5° ga teng. Gidrolizga uchratilgandan keyin esa gidrolizatning qutblangan nurni burish yo’nalishi va burchagi o’zgarib qoladi. Bu hodisa inversiya deb, hosil bo’lgan shakar esa invertirlangan shakar deb yuritiladi. Ikkinchi tomondan, saxaroza qaytaruvchanlik xossasini namoyon qilmagani xolda, uning gidrolizati Feling va Barfed reaktivlarini qaytaradi.
Ishning bajarilishi: 5% li saxaroza eritmasidan 4 ta probirkaga 1 ml dan quyib, birinchisida ᾳ-naftol bilan, ikkinchisida rezorsinning 0,05% li eritmasi bilan (Selivanov reaktivi), uchinchisida Feling, to’rtinchisida Barfed reaktivlari bilan tajribalar o’tkaziladi. Shundan keyin alohida probirkaga 5% li saxaroza eritmasidan 5— 10 ml quyib, ustiga bir necha tomchi 10% li sulfat kislota qo’shib qaynatiladi. Gidrolizat sovitilgach, ohistalik bilan neytrallanadi va yuqoridagi reaksiyalar takrorlanadi.
Kuzatish natijalari quyidagi jadval (-jadval) ko’rinishida qayd qilinadi.
2.2 - jadval
Kuzatish
Vaqti
|
Bajariladigan reaksiyalar
|
a-naftol
bilan reaksiya
|
Selivanov
reaksiyasi
|
Feling
suyuqligi
bilan reaksiya
|
Barfred
reaksiyasi
|
Gidrolizgacha
Gidrolizdan
Keyin
|
|
|
|
|
|
Eslatma: reaksiya unumiga qarab ≪+≫ yoki ≪—≫ ishora yozib qo’yiladi.
X u l o s a: kuzatish natijalari yozib qo’yiladi.
A vitaminga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, baliq moyi, surma (III) – xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasi; sirka angidrid, xloroform, konsentrlangan sulfat kislota, A vitaminning xloroformdagi 0,05% li eritmasi, temir (II) – sulfatning sirka kislotadagi to’yingan eritmasi.
1 – tajriba. Surma (III) – xlorid bilan qilinadigan reaksiya
Quruq probirkaga 2 – 3 tomchi baliq moyi tomizib, 4 – 5 tomchi SbCl3 ning xloroformdagi to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga bo’yaladi, sekin – asta pushti – binafsha rangga o’tadi. Agar probirka nam bo’lsa, suvni yo’qotish uchun 1 – 2 tomchi sirka angidrid qo’shish mumkin.
2 – tajriba. Sulfat kislota bilan qilinadigan reaksiya
1 tomchi baliq moyi 4 – 5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko’k rangga kirib, tezda qoramtir – qizil rangga o’tadi.
Bu reaksiya konsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan.
3 – tajriba. Temir (II) – sulfat bilan qilinadigan reaksiya
1 – 2 tomchi toza baliq moyi yoki A vitaminning 0,05% li xloroformdagi eritmasidan olib, 5 – 10 tomchi FeSO4 ning muz – sirka kislotadagi to’yingan eritmasidan tomiziladi, unga 1 – 2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga kirib, sekin – asta pushti – qizil rangga o’tadi. Karotinlar bu reaksiyada yashil rang beradi.
B1 vitaminga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, gaz gorelka yoki spirt lampa, sulfat kislotaning 1% li eritmasi, natriy nitritning 5% li eritmasi, tiamin kukuni, natriy gidrokarbonatning 10% li eritmasi, tiaminning 5% li eritmasi, kaliy gidroksidning 10% li eritmasi, qizil qon tuzining 5% li eritmasi.
1 – tajriba. B1 vitaminiga xos diazo reaksiya
Tiamin ishqoriy muhitda diazo reaktiv bilan to’q sariq rangli murakkab kompleks birikma hosil qiladi.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 1% li sulfat kislotadan 5 tomchi va 5% li NaNO2 eritmasidan 5 tomchi tomizib, ozgina tiamin kukunidan sepiladi. Shundan keyin probirka devori bo’ylab 10% li NaHCO3 eritmasidan 5 – 7 tomchi tomiziladi. Ikki qavat suyuqlik chegarasida to’q sariq halqa paydo bo’ladi.
2 – tajriba. B1 vitaminni tioxromgacha oksidlash reaksiyasi
B1 vitamin ishqoriy muhitda qizil qon tuzi ta’sirida oksidlanib, sariq pigment tioxromga aylanadi.
Ishning bajarilishi. 5% li tiamin eritmasining 2 – 3 tomchisini (yoki 1 – 2 mg kukunini) 10 % li o’yuvchi kaliyning 5 – 10 tomchi eritmasi bilan aralashtirib, uning ustiga 5% li qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] dan 1 – 2 tomchi tomiziladi. Aralashma qizdirilganda tiaminning tioxromga oksidlanishi hisobiga sariq rangga kiradi. Ishqoriy eritmada ultrabinafsha nur bilan nurlantirilganda ravshan ko’k fluoressensiyaga ega bo’ladi.
C vitaminga xos sifat reaksiyalari
Kerakli asbob va uskunalar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, kaliy ferrotsianidning 5% li eritmasi, temir xloridning 1 % li eritmasi, na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, distillangan suv, metilen kukunning 0,01% li eritmasi, natriy karbonatning 10% li eritmasi, 2, 6 – dixlorfenolindofenolning 0,01 n li eritmasi, xlorid kislotaning 2% li eritmasi.
1 – tajriba. Askorbin kislotaga kaliy ferrisianidning ta’siri
Meva ekstraktidagi askorbin kislota qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] ni qaytarib sariq qon tuziga aylantiradi, hosil bo’lgan sariq qon tuzi temir (III) – xlorid bilan suvda yomon eruvchi berlin zangorisini hosil qiladi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib 2 – 3 tomchidan 5 % li kaliy ferritsianid va 1tomchi temir (III) – xlorid eritmasidan tomizamiz. Probirkalarning biriga 5 – 10 tomchi na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, ikkinchisiga shuncha miqdorda suv tomiziladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik ko’karadi va berlin zangorisi hosil bo’ladi. Ikkinchi probirkadagi suyuqlik esa o’zgarishsiz qoladi.
2 – tajriba. Metilen ko’ki va 2,6 – dixlorfenolindofenol bilan qilinadigan reaksiya
Metilen ko’ki yoki 2,6 – dixlorfenolindofenol eritmalariga na’matak yoki boshqa meva ekstrakti qo’shilsa, u rangsizlanadi.
Ishning bajarilishi. 1. 2 ta probirka olib har biriga 0,01% li metilen ko’ki eritmasidan 1tomchidan, 10 % li soda eritmasidan 1 tomchidan quyiladi. Birinchi probirkaga 10 tomchi na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, ikkinchisiga shuncha miqdorda distillangan suv quyilib, ikkala probirka qizdiriladi. Meva ekstrakti qo’shilgan probirkadagi suyuqlik rangsizlanishi kuzatiladi.
2. Ikkita probirka olib har ikkalasiga 0,01% li 2,6 – dixlorfenolindofenol eritmasidan 10 tomchidan quyiladi. Birinchi probirkaga 1% li HCl eritmasidan 1 tomchi tomiziladi, suyuqlik qizaradi. Har ikkala qizil va ko’k rangli suyuqliklarga tomchilatib 5 – 10 tomchi meva ekstraktidan tomiziladi. Har ikkala holatda ham suyuqlik rangsizlanadi.
Biotexnologik va mikrobiologik jarayonlarga asoslangan tadqiqotlarda ozuqa muhitlari muhim rol o’ynaydi. Ozuqa muhitlarining to’g’ri tanlanishi tadqiqotlarning samarali natijalarini ta’minlovchi muhim omillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |