2.4. Olingan natijalarni statistik qayta ishlash.
Olingan natijalar EXCEL - 10 dasturida statistik taxlil o’tkazildi. Statistik taxlil ko’rsatkichlarida (M) - o’rtacha arifmetik qiymat, (σ) - o’rtacha kvadratik cheklanish, (m) - arifmetik qiymat xatosi, (t) - Styudent kriteriysi bo’yicha (P) - ko’rsatkichi ishonchlilik darajasi aniqlandi.
III. TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI
3.1. Boshlang’ich non mahsulotlari tayyorlanadigan hududlarda mahalliy usulda tayyorlangan achitqilarni o’stirish.
Tadqiqot ishlari achitqi shtammlarini ko’paytirish sharoitlari va ozuqa muhitlari uchun manbalar tanlab olishda qishloq xo’jalik ekinlarining va ular chiqindilarining kimyoviy tarkibini o’rganishdan iborat bo’ladi. Qishloq ekinlari tuganaklarining oziqaviy qiymati ular tarkibidagi biogen birikmalar oqsillar, kraxmal, organik kislotalar, azotli birikmalar, mineral moddalar bilan belgilanadi. Undan tashqari tuganaklarda vitaminlar, alkoloidlar, fermentlar, lipidlar, lipoidlar kabi moddalar mavjud bo’lib, ular kartoshkaning ta’mi va oziqa sifatiga ta’sir etadi. Biogen birikmalar tarkibi kartoshkaning navi, yetishtirish sharoiti, iqlimi, tuproq tipi, qo’llaniladigan o’g’itlar, agrotexnik ishlov berish kabilardan iborat. Kartoshka tuganagi yuqori qimmatli ozuqa bo’lib uning asosiy kimyoviy birikmalari suv, kraxmal, kletchatka, oqsillar va boshqalardan tashkil topadi. Asosiy achitqi shtammlari melassa ozuqa muhitida o’stiriladi. Sanoatda achitqilar asosiy manbasi sifati – qand lavlagi melassasi achitqi hujayralarini ko’payishining faolliliga va sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Melassa tarkibida uglevodlar, biologik faol moddalar, achitqilar stimulyatorlari va ingibitorlari, zol elementlarining komponentlariga egadir. Melassa tarkibida ushbu moddalar bo’lmagan taqdirda qo’shimcha moddalar sifatida kiritish lozim bo’ladi. Tajribalarda achitqi zamburug’ini o’stirish uchun qand lavlagidan olinadigan melassa ozuqa muhitining organik ko’rsatkichlariga yaqin bo’lgan boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining manbai sifatida o’rganish asosiy maqsad bo’lib xizmat qildi. Ozuqa muhiti o’z tarkibida uglevodlar, oqsillar, vitaminlar va mikroelementlarga ega bo’lishi zarur.
Qishloq xo’jalik o’simliklarining kimyoviy tarkibini o’rganib quyidagi o’simliklarning kimyoviy tarkibi yer ustki va yer ostki qismlarida o’rganildi. Mahalliy sharoitda achitqi shtammlarini o’stirish uchun ozuqa muhit tanlab olishda qishloq xo’jalik ekinlarining kimyoviy xususiyatlari tadqiqot qilindi. Tajriba natijalari 3.1 – jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |