Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet9/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Samarqand qamali tasviri:
…Tashqari meva chu bisyor oʻldi, Ichkari xalq dilafkor oʻldi.
Tashqari meva sarosar pishti, Ichkari ochligidin elshishti.
Qarshi qamali tasviri:
Tashqari ayshu nishotu suhbat, Ichkari mehnatu ranju zahmat,
Tashqari elga umedi jovid. Ichkari el bori jondin noumid,
Muhammad Solih traditsion badiiy til vositalariga kamdan – kam murojaat qiladi, u dostondagi voqealarning mazmuni va kishilarning xarakteriga mos yangi lavhalar, yangi badiiy til vositalari yaratishga intiladi va koʻpincha bunga erishadi ham,
Misollar.
Jonlantirish:
Sovuq aylab erdi Sirga ta’sir, Toʻngib erdi topo olmay tadbir.
Boʻldi bisyor uzum birla qovun, Har biri debdi: «Mening birla ovun»,
Jonlantirish va mubolag`a:
Har birining boshi gardung`a yetib, Har birining qoʻli Jayhunga yetib.
Kofning tog`i alar ollida nast, Yoʻlida yer deganing bir kafi dast.
Tarse:
Toʻkib / erdi / navkari / Bobirning, Erib / erdi / jigari / Bobirning
Xorliqlar / bila / oʻstum / bisyor, Zorlig`lar / bila / koʻrdum/ bisyor,
Anafora (takror):
Qoysi oq raxtga urdi oʻzni, Oʻtkirib hind eliga soʻzini.
Qoysi xurjun bila xarji oldi. Oʻzi tushub, oni oʻtga soldi…
Oʻxshatish:
Mavjzan boʻldi tengizdek lashkar, Tutqudek mavji oning bahru bar.
Barcha zindon aro yotqon kishidek, Balki zor oʻlganu qotqon kishidek. (Samarqand qamali)
Bor edi soʻzi oning nodonlardek, Qilig`i yoshgina oʻlg`onlardek. (Buxoro hokimi Boqi Tarxon)
Bor edi shahar aro Shayxul-islom, Soʻzlari borcha soqolidek xom.(Samarqand Shayxi Abulmakorim)
Sirrini xalq aro ochti Vali, Bir quruq boshin olib qochti Vali.
Qochti boshini olib ul koʻrnamak, It soʻngakni olib qochqontak.
(Hisor hokimi Xisrav shohning inisi Valibekning mag`lubiyati haqida)
Tosh kibi muzlab edi ul daryo, Yoʻq edi hech nam anda aslo. (Sirdaryo tasviri)
Majoz: Otib urdum birisining qoʻlig`a, Yiborib oni otamning yoʻlig`a.
Chun sahar kavkabasi qildi zuhur,Yozdi anbar varaqig`a kofur.
Dema, xon lashkari tutti Sirni, Yana bir Sir kesib oʻtti Sirni.
Shoir personajlarning xarakterini hajv, hazil – mutoiba vositasi bilan ham yoritishga intiladi va bunday oʻrinlarda u koʻpincha askiyaga, xalq ta’birlarig murojaat qiladi. Masalan, u Buxorodagi bir mulkdorning xasisligini tasvirlab:…Yukidin tushsa edi olma, Quliga der edi: oni olma.
Bu dostonning qachon yaratilgani ma’lum emas. Garchi uning ildizlari XVI asrga borib taqalsa ham, lekin doston keyini davrlarda qayta – qaty ishlangan, turli oʻzgarish va yangililar kiritilgan boʻlishi shubhasiz. Dostonda ma’lum tarixiy faktlar bor. Bu Shayboniy bilan Bobir oʻrtasidagi urushlar, Shayboniyning Toshkentni, Samarqandni egallab olishi, uning yarashuv shartini oʻrtaga qoʻyishi, Bobirning qochib ketishidan iborat. U Shayboniyxonni ijobiy obraz qilib oladi, uni qiyinchiliklarni engib, oʻzbek qabilalarini birlashtirib , bobirga qarshi kurshib, uni engach tadbirli va adolatli podsho sifatida tasvirlaydi. «Shayboniyxon» tarixiy faktlarni hikoya qiluvchi doston sifatida emas, balki xalqning orzu - intilishlarini bayon etuvchi asar sifatida xarakterlidir.
6.Xoja taxallusi bilan ijod qilgan ulug' mutafakkir adib va shoir Ibodulla Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja o'zining muhim ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy mazmunda bitilgan kichik nasriy hikoyalari bilan shuhrat qozongan yirik ijodkordir. Adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida uning o'z asarilari «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» hamda XVI asr adabiy hayot oynasi bo'lgan Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkirul-as'hob» tazkirasida ma'lumot keltiriladi.
Uning hayoti va ijodiy faoliyati asosan XX asrning birinchi yarmidan o'rganila boshlandi. Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Xojaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida olima Marg'uba Mirzaahmedova nomzodlik dissertatsiyasini yozgan. Fitrat tomonidan «Miftoh ul-adl» hikoyalarining nashr etgan. Tadqiqotchi A.Fitrat, N.Mallayev, V.Zohidov, S.Qosimov singari adabiyotshunoslarning bu boradagi izlanishlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. A.Fitrat «O'zbek adabiyoti namunalari» majmuasida «Miftoh ul-adl»dan sakkizta hikoyaga o'rin beradi. Biroq olim asar noma'lum qalamkash tomonidan ijod etilganligini e'tirof etadi. U, E.E.Bertels asar yozilgan davrini XIV asr Adabiyotshunos V.Zohidov «Miftoh ul-adl» Xoja tomonidan Shayboniyxonning o'g'li Muhammad Temur Sultonga bag'ishlab yozilganligini ma'lum qiladi. S.G'aniyeva bilan hamkorlikda har ikkala asardan namunalarni nashr ettirdi. A.Ibrohimov «Xoja hayoti va ijodi haqida ba'zi ma'lumotlar» nomli maqolasi Ismoil Bekjonning «Shoir va davlat arbobi» nomli maqolasi bor.
Poshshoxoja 1480-yilda Xurosonning Niso viloyatida zamonasining yetuk ziyolilaridan bo'lgan, turkiy va fors-tojik tillarida dilbar she'rlar hamda nasr namunalarini ijod etgan Abdulvahobxoja binni Sulaymonxoja oilasida dunyoga keladi. Manbalarda ma'lumot berilishicha, bu kishining shajarasi turk mashoyixlaridan Zangi otaga, undan esa Ahmad Yassaviyning ustozlari Arslonbobga borib taqalgan. Abdulvahobxoja Bug'raxonning qizi Anbar onaga uylangan va Niso viloyatida istiqomal qilgan. Uning «Orif» taxallusi bilan ijod qilganligi ilohiy va iifoniy ilmlardan yaxshi xabardor bo'lganligidan dalolat beradi. Poshshoxoja adabiyot bilan birga fiqh, tasavvuf, riyoziyot va handasani puxta o'rganadi. 1496-yildan Poshshoxoja rasmiy lavozimlarda faoliyat ko'rsata boshlaydi. U Niso va Obivard hokimi Kepak Mirzo (asli ismi Muhammad Muhsin Mirzo) tomonidan vaqf mulki hisob-kitoblarini yurgizuvchi — sadrlik lavozimiga tayinlanadi. Shayboniyxon 1507-yilda Hirotni o'z tasarrufiga o'tkazgach, Kepak Mirzo hamda Abumuhsin Mirzo Mashhad yaqinidagi mavzelardan birida Shayboniyxonning o'gli Temur Sulton va Ubaydulloxon tomonidan asir olinib qatl etiladi. Xoja 1500-yildanoq temuriylarga xizmat qilishni to'xtatgan ko'rinadi. 1508-yilning aprel oyida Shayboniyxon Movarounnahrga qaytayotib, Nisoda to'xtaydi, unga Durun nohiyasining hokimligini ishonib topshiradi. 1508-1510-yillarda adib Valiahd Temur Sultonga bag'ishlangan «Miftoh ul-adl» nomli asarini yozadi.
1510-yilda Muhammad Shayboniyxon Hirotni Ismoil Safaviy qo'shinlariga jangsiz topshirib, mustahkam istehkom sifatida Marvga chekinadi. U yaqin atrofdagi hokimlar, jumladan, Xojani o'z oldiga chaqiradi. Shu yilning 10-dekabrida esa u qurshovda qolib, fojiali o'lim topadi. Ubaydulloxonning o'z vaqtida yetib kelishi Xoja, Shayboniyxonning boshqa a'yonlarini o'limdan qutulib qolinishiga sabab boʻladi.
Bu mudhish voqealardan keyin, Xoja bir muddat Samarqandda, 1513-yilning oxiridan Buxoroga kelib yashay boshlaydi. 1514-yilgacha u Temur Sulton, keyinroq Ko'chkunchixon xizmatida bo'ladi. 1515-1516-yillardan e'tiboran esa u Karmana hokimi Jonibek Sulton xizmatida sadrlik lavozimida faoliyat ko'rsata boshlaydi. Jonibek Sulton Xojaning halol va pok insonligiga amin bo'lgach, unga sadrlikka qo'shib eshik og'oligi lavozimini ham beradi. U Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj»iga javoban Jonibek Sultonga bag'ishlangan «Maqsad ul-atvor» dostonini yozadi. Ma'lumotlarga ko'ra, shoir Karmanadagi siyosiy barqarorlikka ishonib xamsa yozish fikrida ham bo'lgan. Biroq davlat ishlari, harbiy safarlar ijodkorning bu orzusini amalga oshirishga imkon bermagan.
1529-yilda Jonibek Sulton vafot etadi. Shu yilning yozida Ubaydulloxon Xojani sadrlikka ishga oladi. Kuzda esa u Hirotni qamal qiladi. Shahar aholisi bilan har ikkala tomonning manfaatlarini ko'zlab sulh tuzishga erishgani uchun Ubaydulloxon adibni shahar shayxulislomligi va Abdulla Ansoriy mozori shayxligiga tayinlaydi. 1533-yilda Ubaydulloxon bosh xonlikni qabul qilgandan so'ng, Xoja Buxoroga kelib, sadri a'zamlik mansabiga ko'tariladi. 1534-yilda Ubaydulloxon Xurosonga navbatdagi zafarli yurishini amalga oshiradi. U Nishopurga kelganida, katta harbiy yig'in o'tkazadi. Mashvaratda 1526-yildan beri Balx viloyatini idora etayotgan Kistan Qaro ibn Jonibek ham ishtirok etadi. U otasi Jonibek Sulton huzurida ko'p yillar faoliyat ko'rsatib, davlatni idora etish borasida katta tajribaga ega bo'lgan Poshshoxojani Balxga yuborishni Ubaydulloxondan iltimos qiladi. Shundan so'ng Xoja Balxda avval sadrlik, ko'p o'tmay shayxulislomlik vazifasini bajaradi.
1529-yilning oktabrida Xoja ma'lum va mashhur Hirot shahrining shayxulislomi edi. Bu voqeaning o'z tarixi bor. Ubaydullaxon shu yili oktabrda Hirotga yurish qilib, isyonni bostiradi. 21-oktabr kuni shaharning Chorsu maydonida aybdorlarni qatl qiladi. Ular orasida “buzg'unchi shia"lik aybi qo'yilgan taniqli shoir, ,,Shoh va gado" dostonining muallifi Badriddin Hiloliy ham bor edi. Bunday hol oldinlari ham ro'y bergandi: 1510- yilda taqdir Shayboniy bilan Ismoil Xatoiyni jang maydonida yuzma-yuz qildi. lkkisi ham shoh edi. Ikkisi ham shoir edi. Uncha-buncha shoir emas, devon tuzgan shoir edilar. Shoh Ismoilning qoʻli baland keldi. G'olib shoh Shayboniyning boshini kesish bilan qanoatlanmadi. Boshi chanog'idan jom yasatib, davralarda may ichib yurdi. Ikki yil keyin uning harbiy qo'mondoni Najmi Soniy Qarshida Kamoliddin Binoiyni sunniy bo'lganligi uchun qatl qiladi.
1529-yilda Xojaga alohida hurmat bilan qaragan Ubaydullaxon uni o'z yoniga chaqirgan va shayxulislomlik mansabini in'om etgan edi. Bu bilan kifoyalanmay, zamonasining eng katta martabalaridan bo'lgan Abdulla Ansoriy (1006—1088) maqbarasi shayxligini shayxulislomlikka siyla qilib topshiradi. (Hirotning Gozurgohida joylashgan ushbu qabrning “jorubkash”ligini Alisher Navoiy 1499-yilda Huisayn Boyqarodan tilab olganini eslasak, bu vazifaning obro'-e'tiborini tasavvur qilishimiz qiyin bo'lmaydi). Shuning uchun bo'lsa kerak, Xoja:
Garchi avval sadr aylab, bizni badnom ettilar,
Lutf etib, oxir Hirida shayxulislom ettilar
deb yozgan edi.
1534- yildan Xoja Balx shahrining shayxulislomi vazifasida ishladi. Shu yili Ubaydullaxon Nishopurga borgan edi. Hukmdorlar Kistan Qaro Xojani Ubaydullaxondan so'rab oladi va Balxga shayxulislom qilib tayinlaydi. Dasht o'zbeklaridan bo'lgan Kistan Qaroning laqabi ,,Odil"dir. Shunga ko'ra u adolatli hukmdorlardan bo'lgan bo'lishi kerak. Darhaqiqat, yetti-sakkiz yil ular orasidagi munosabat juda yaxshi kechdi. Xoja o'zining ,,Gulzor" nomli bir asarini unga bag'ishlashi bejiz emas. Biroq 40-yillarning boshida ular orasidagi munosabat sovuqlashadi. Buning sababini hukmdorning ruhiy kasallikka chalinib, huda-behudaga qozilik, shayxulislomlik ishlariga aralashaverganligidan, ayrim olim va donishmandlarni nohaq qatl ettirganidan ko'radilar. Xullasi kalom, adib mansabidan iste'fo beradi va Buxoroga qaytib badiiy ijod bilan shug'ullanadi.
Xoja 1547-yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi. Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G'ijduvoniy asos solgan mashhur ,,xojagon" silsilasining ko'zga ko'ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahovuddin Naqsh­band, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko'plab dovruqli so'fiylarni yetkazib bergan.
Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy ,,Muzakkiri ahbob" asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida baland bo'lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe'li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan, “,maxdumi a'zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr yiiritib, “shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin) deb baholagan ediki, bu bejiz emas. “Muzakkiri ahbob” muallifi Xojaning fazilatlari haqida so'z yuritib, she'r ilmini, inshoni mukammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo'natiladigan xatlarini ko'pincha shu kishi yozgan.
Nisoriy Xojaning turkcha va forscha devon tartib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar, haqiqatan ham Xojaning iste'dodli shoirlardan bo'lganini ko'rsatadi. Xususan, bir g'azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she'r unga ma'qul bo'lib, maqtaganini qayd etib o'tadi. Mana o'sha she'r:
Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,
Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari,
Yil-u, oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
Ulki, jondin kechadur, sham'i visolingni ko'rub,
Vah na xush vaqtu na xush soat na oson kechadur.
Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi,
Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.
Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar,
Kim mahalli nolavu faryodu afg'on kechadur.
G'azalda radif boʻlib kelayotgan “kechadur” uchinchi-to'rtinchi baytlarda “voz kechmoq”, “gunohini kechmoq” ma'nolari ham qo'shilyapti. Butun she'rni birgina so'z — “kechadur” har maqomga solib o'ynatmoqda.
She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, birinchi bayt birinchi misrasining birinchi ma'nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'tadi, kechadi. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli qora tun - kechadir. Shu baytning ikkinchi misrasining birinchi ma'nosi: holim kechasi ham yoyilgan sochlaringdek parishondir; ikkinchi ma'nosi: tun ham sochlaring singari hamma yoqni qoplab olgandir. Ikkinchi baytning birinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora ko'rinadi. Ikkinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora kechadir. Shu baytning uchinchi ma'nosi: “yakson” (bir xil) so'ziga “yil, oy, kun, soat birdek o'tadi”, degan ma'no ham berish mumkin. Shunda birinchi aniqlovchi so'z “yil” bo'lganligi uchun hammasi birdek, ya'ni yildek o'tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa, g'azalning har bir baytidan qavat-qavat ma'nolarni uqish mumkin.
Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514-1520-yillarda Jonibek sulton nomiga bitilgan bo'lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixida ko'proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoyalar to'plami — Temur Sultonga bag'ishlangan “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”), Kistan Qaro Odilga bag'ishlangan “Gulzor” yetib kelgan. “Miftoh ul-adl” 1508-1510-yillarda; “Gulzor” 1538-yilda yozilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nusxasi saqlanib qolgan bo'lib, ular O'zRFaShI da saqlanadi. 1962-yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.
“Miftoh ul-adl” katta-kichik mansabdorlarga, shariat ahli uchun oʻziga xos yo'riqnomadir. Kitob o'n besh bobdan iborat. Har bir bobda ma'lum bir ijtimoiy tabaqa yoxud masala tilga olinib, atroflicha tavsiflanadi, din-iymon nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi va ularga mos hikoyalar beriladi. Masalan, unda olimlar (1), sultonlar (2), zolim sultonlar (3), hukm qilmoq (6), da'vo qilmoq (7),ont ichmoq (8), o'g'rilik (9), zino (10), ov qilish (15) kabilar haqida maxsus boblar keltirilgan va har biriga hikoya ilova qilingan.
Xojaning «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» asarlari XI asrdan o'ziga xos an'ana tusini olgan pand-nasihat ruhida yozilgan badiiyat namunalari turkumiga mansubdir. Pandnoma asarlar yaratish an'anasi ilk bor Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostonida qahramonlarning o'zaro suhbatiga tayanish uslubida o'z ifodasini topgan. Ahmad Yugnakiy ayni yo'nalishni muayyan voqealar tizimiga ega bo'lmagan «Hibat ul-haqoyiq» dostonida hadislar asosida badiiylashtiradi. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonida o'quvchiga pand-nasihat berish maqolat va she'riy hikoyalar, «Lison ut-tayr»da esa Hudhud hamda masnaviyda ishtirok etadigan boshqa qushlar tilidan so'zlangan hikoya va masallar tarzida amalga oshiriladi. Xojaning kichik nasriy hikoyalardan tarkib topgan «Miftoh ul-adl» va «Gulzor» asarlari ko'proq fors-tojik adabiyotining taniqli namoyandalari Kaykovusning «Qobusnoma», Shayx Sa'diy Sheroziyning «Guliston», «Bo'ston», Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarlariga o'xshab ketadi. Sa'diy Sheroziyning «Guliston» asari XIV asr ijodkori Sayfi Saroyi tarafidan «Gulistoni bit-turkiy» nomi bilan erkin-ijodiy tarjima qilindi. Bunday kichik nasriy hikoyalar ijod etish an'anasi Xoja davriga qadar Nosiruddin Rabg'aziyning «Qisasi Rabg'uziy» asarida ham ma'lum ma'noda uchraydi. Xoja adabiy an'anadan ilhomlanib, ixcham hikoyalarini ijod etishga kirishadi. Ayni holat adib hikoyalari qahramonlari sifatida Iskandar, Doro, No'shiravon, Sulton Mahmud, Sulton Malikshoh, Bahrom Go'r tanlangan. Xoja kichik nasriy yaratmalarida turli ijtimoiy tabaqaga mansub bo'lgan kishilar: shohlar, vazirlar, amaldorlar, ruhoniylar, olimlar, hunarmandlar, dehqonlar, cho'ponlar, darveshlar, o'g'rilar, bezorilar qiyofasini yaratadi. M.Mirzaahmedovaning fikrlariga tayanib yoritishga harakat qilamiz.
«Miftoh ul-adl» o'n besh bobdan iborat bo'lib, unda olimlar, odil sultonlar, zolim podsholar va diyonatsiz beklar, hukmdorlarga mute' bo'lmoqlik, shohlarning beklar va vazirlar bilan mashvarat qilmoqlari, hukm chiqarmoq bayoni singari mavzulardagi ijodkorning mulohazalari hadislarga tayanilgan holda keltiriladi, ana o'sha fikrlar tasdig'i uchun turli hikoyalarga o'rin beriladi (1-7-boblar). Bular orasida «Iskandar va Mag'rib sulton», «Iskandar va Doro», «Sulton Mahmud, vazir va ikki boyqush», «Sulton Mahmud G'aznaviy va Ayozi Xos», «Bahrom Go'r, uning vaziri Rostiravshan va cho'pon», «Mahmud G'aznaviy vatolibul ilm», «No'shiravon va Ozarbayjon begi», «Mo'min podshoh va tundagi o'g'rilar” singari asar tadqiqotchilari tomonidan shartli nomlangan hikoyalar muhimdir. To'plamning 8-15- boblarida da'vo qilmoq, ont ichmoq, o'g'rilik, zino haddi, quzb haddi, ta'zir haddi, g'azot haddi, sayd qilmoqning bayoni kabi xilma-xil masalalar haqida adibning mulohazalari keltiriladi.
«Miftoh ul-adl» va «Gulzor»dagi ko'plab hikoyalarning bosh qahramonlari hukmdorlardir. Xoja diniy qadriyatlardan nur olgan, Qur'oni karim hamda hadisi sharif g'oyalari badiiy ifoda etilgan kichik nasriy durdonalari bilan zamon hukmdori, shayboniy shahzodalarga pand-nasihat qilishni nazarda tutadi. Shu bois uning hikoyalarida podshoh, vazir va beklar timsoliga tez-tez murojaat qilinadi. Ayniqsa, adib Iskandar va No'shiravonning ibratli siymosini adolat timsoli darajasiga ko'tarishga harakat qiladi. Hikoyalaridan birida tasvirlanishicha, bir viloyat hokimining odilligi va yurtining ma'murligi Iskandarni hayratga soladi. Iskandar Zulqarnayn bir viloyatga boribdi. U yerda suruv-suruv qo'ylar bo'lib, cho'poni yo'q ekan, mevalari pishib yotgan bog'lar bor-u, bog'boni yo'q ekan, mol-matolarga to'la do'konlar bor-u, sotuvchi hamda qorovuli yo'q ekan. Iskandar bu viloyatning tartib-qoidalaridan nihoyatda taajjublanibdi. Shunda u viloyatning podshohi: «Bizning oramizda biror kishi muflis (qashshoq) bo'lsa, barimiz yig'ilib, mol jam qilib, ul kishini mol va amvol bilan hamda jamiyatda o'zlarimiz birlan teng qilurmiz...»,-debdi. Iskandar bu viloyatning tartib-qoidalaridan g'oyat shod va mamnun bo'libdi. Iskandan Zulqarnayn adolati bilan dong taratgan hukmdor bo'lsa-da, viloyat hokimi bu borada undan yanada tajribaliroq bo'lib chiqadi. Adib mulkning ma'murligi-yu, xalqning saodati hukmdorga bog'liqligini keltirilgan ixcham hikoyada badiiy tasvir etadi. Hukmdor va xalqning bir-birini yaxshi anglashi, ularning o'zaro jipsligi nurli kelajakka asos bo'lsa, noahillik esa mamlakatni vayron etib, ulus boshiga qonli musibatlar keltirishi tarixiy haqiqatdir. Adib zamonasining yirik mutafakkiri sifatida ayni mavzuda juda ko'plab hikoyalar ijod etgan. Bular orasida «No'shiravon va Hakim» tarzida shartli nomlangan quyidagi hikoya nihoyatda ibratlidir:
No'shiravon beklari va hakimlarini yig'ib, xalq bilan qanday munosabatda bo'lish haqida kengashganida, beklar xalqdan olinadigan soliqni ko'paytirib, qo'shinni mustahkamlash kerak, deydilar. Donishmand Abuzarjurnhur esa, bu xato yo'ldir, bu yo'l el-yurtni ham, davlatni ham xonavayronlikka olib boradi, deydi. Uning taklifi bilan beklar bir joyga, uning o'zi boshqa bir joyga ovga chiqadilar va shikorlarini (ovdan olingan o'ljalarini) podshoga keltirib beradilar. Beklar birinchi kuni ko'p ov ovlaydilar, biroq ikkinchi kuni o'ljasiz qaytadilar. Chunki birinchi kundagi dahshatli ov hayvonlar va qushlarni to'zg'itib, qo'rqitib qo'ygan ediki, tum-taraqay qochib, g'oyib boʻlishadi. Donishmand esa oz bo'lsa ham, har kuni ma'lum o'lja bilan qaytadi. Podsho uning oliq-soliqni ko'paytirishga qarshi e'tirozi to'g'ri ekanini e'tirof qilib adolat bilan ish ko'radi.
Raiyatni tadbir ila rom qil,
Adolat saririda orom qil.
Raiyatga adl ila qilsang maosh,
Kam oʻlmas saho sufrasi ichra osh.
Chiqorg'il raiyatni g'am chohidin —
Yonmog'oysen oning dudi ohidin.
Sitamkash agar oh cheksa sahar,
Kuyar ohining o'tidin bahr-u bar.
Eshik yopma mazlumning yuziga,
Ko'zung och, quloq sol, oning so'zig'a...
Ko'rinadiki, No'shiravon atrofidagi zolim bek va hokimlar podsho hamda xalq orasida ziddiyat chiqarishga harakat qilishadi. Hukmdorning kengash o'tkazishi ana shunday nizoning oldini olishga xizmat qiladi. O'zaro fikr almashinish asosida No'shiravon bek va hokimlariga o'z bahosini bera olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Abuzarjumhurning tadbirkorligi va nihoyatda donoligi esa xalqni kulfatlardan asraydi. Hikoyada halol va tadbirli donishmandlarni saroyga chorlash, ular bilan kengashib el-ulus manfaatiga muvofiq farmonlar chiqarishga undash g'oyasi o'z ifodasini topgan. Yana bir hikoyat.
Kunlardin bir kun bir podshoh bor erdi. Bisyor odil erdi. Bir kun bir vazirina aydi: haj tavof qilmoqg'a borurman, san borurmusan? Vazir aydi: ey podshohim, taxtni bo'sh qo'yub Ka'bag'a borsangiz el-xaloyiq boshtoq boʻlmasmu, tedi. Podshoh aydi: boshtoq bo'lmas, yo'q ersa, manga haj qilg'on hojining savobin sotg'un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman. Vazir „Podshoh, uchun haj sotg'un olmoq kerak" deb istab yurur erdi. Bir kimarsag'a yo'luqti. (Ul kishi) aydi: falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka'bag'a yoyog' boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga boring. UI bir haj sotsa, podshoh uchun oling. Borib ul zohidni podshohga olib keldilar. Podshoh aydi: ey zohid, biryo'li qilg'on hajingning savobin bizga soturmisan? Zohid aydi: nega olursiz? Sulton aydi: ming qizil tanga berayin. Zohid aydi: ming qizil tanga oz turur. Sulton aydi: ey zohid, oz bo'lsa, o'n ming qizil tanga berayin. Zohid aydi: oz turur. Sulton aydi: o'zing na tilasang tilagil. Zohid aydi: ey podshohim, bir haj na bo'lg'ay, yigirma hajimning savobini sanga berayin, san bir soat adl qilg'oningning savobini manga bersang. Sulton aydi: ey zohid, bir soat adl qilg'onning savobi na bo'lur? Zohid aydi... bir soat adl qilg'onning savobi odamlarning va parishtalarning va hurlarning lbodatidin ortuqturur.
Xoja shariat ahkomlariga suyangan holda adolatning maqomini shu qadar baland tutgan edi. Xo'sh, adolatning o'zi nima? Adolatni u to'g'rilik, so'z va ish birligi, qonunlarga qat'iy rioya etmoq tarzida tushungan. Hikoyalar, hajman ixcham. Tili ham ancha sodda, tushunarli. To'g'ri, ular orasida hajman biroz katta, qurilishi murakkabroq bo'lganlari ham yo'q emas. Masalan, ont ichishga bog'liq bir hikoya:
Bir talaba Sulton Mahmud G'aznaviyga bir qozi ustidan arz qilib boradi. Talaba tahsil uchun boshqa shaharga ketar ekan, otameros ming tilla pulini hamyonga solib, muhrlab qoziga omonat topshirib ketgan edi. Kelib, olib ko'rsa, hammasi mis tanga chiqadi. Hech yeri teshilmagan, muhri joyida. Qozidan so'rasa: “Bilmayman, muhri joyidami, bo'pti-da, nima deysan? Xohlasang, qasam ichaman”, — deb javob qildi. Sulton o'ylanib qoladi va nega ont ichirmading, deb so'raydi. Shunda talaba, uning ontiga ishonib bo'ladimi, qozining qasami Laylakniki bilan birdek-ku, deb javob beradi. Sulton Laylak hikoyatini so'raydi. Talaba so'zlab beradi: bir kuni ilonlar to'planishib: “Kelinglar, bu — qismat. Har daqiqada Laylakdan jon hovuchlab qochib yurganimizdan ko'ra har kuni bittamiz navbat bilan boraylig-u qolganlarimiz xotirjam yashab turaylik”, — deb gapni bir joyga qo'yib, bir ilonni elchi qilib yubordilar. Laylak rozi boʻldi, har kuni bir ilondan ortiq yemaslikka ont ichdi. Biroz vaqt o'tib ilon bolaladi, laylak esa kichik bir ilonga to'ymas boʻldi. Laylak uchib boraversa, ilonlar xotirjam suhbatda, yonlariga keldi-yu, ikkitasini tirnog'iga olib jo'nadi. Ilonlar yig'ilib, arzga bordilar, ichgan ontini o'rtaga soldilar. U: “Sizlar bilasizlarmi, men kimman?! Men minora ustida yashayman, masjidning tepasidaman, gunohdan qo'rqmayman, shunday odamning onti bo'ladimi?” — deb javob bergan ekan. Xuddi shu kabi xoin, poraxo'r qozining onti bo'ladimi, deb hikoyasini tugatadi talaba. Hikoya Sultonga ma'qul keladi. Talabaning mis tanga solingan hamyonini olib qolib, o'ziga javob beradi. O'yladi: talabaning so'zi bilan qozini oidirsam, pul uchun qildi deb malomat etishlari aniq, otim yomonga chiqadi. Yo'lini topish kerak,- Sulton xayoliga birdan shunday fikr keldi. Hamyon qayta tiktirilib, tillasi almashtirib qo'yilmaganmikan. Ertasiga yotgan shohona to'shagining o'rtasidan pichoq tortib ovga ketdi. Farrosh yig'ishtirishga kirsa, to'shak bir ahvolda. Uni vahima bosadi. Tezlikda shahardagi eng usta tikuvchini qidirib topadilar. Bir-ikki kun o'tkazib ovdan qaytgan podsho to'shakning tilingan joyini topa olmaydi. Farroshni tergaydi. Haqiqat ma'lum bo'ladi: qoziga hamyonini shu usta tikib bergan ekan. So'ng sulton pulchilarni qidirib topadi. Ulardan qozi uchun mis tanga yasaganligini aniqlaydi. Nihoyat, sulton qozi bilan talabani huzuriga chaqiradi. Talaba arz qiladi, qozi da'voni rad etadi. Qozi o'z gaplarining to'g'riligiga ont ichadi. Sulton qozini tikuvchi usta va pulchiga yuzma-yuz qiladi. Qozi dorga osilib, talaba uning o'rniga qo'yiladigan bo'ladi. Biroq talaba sultonning taklifini rad etadi va flkrini dalillash uchun bir qator hikoyalar keltiradi. Ulardan birida aytilishicha, bir kuni amiral moʻminin hazrati A1ining yonlariga bir guruh odamlar ekin ekiladigan yerdan shikoyat qilib keldilar, — boshlaydi hikoyasini talaba. Ayniqsa bittasi: “Yo Ali, uch yil bo'ldi hosil ekaman, bu yer hech narsa bermaydi”,— deb kuyinadi. “Qog'oz, qalam keltiringlar”, — deb buyuradi Ali va xat yozib dehqonning qo'liga tutqazadi hamda hosilsiz yerning o'rtasiga ko'mishni buyuradi. Kelasi yil bu yer shunday hosil beradiki, hamma hang-u mang bo'lib qoladi. Sekin o'sha xatni yerning o'rtasidan qidirib topadilar va o'qiydilar. Unda shunday yozilgan ekan: “Ey yer! Bu yil ham hosil bermasang, qozining o'ligini sening bag'ringa ko'mdiraman”. It har tunda aytar emish: “Alloh taologa shukrlar bo'lsinki, meni qozi qilmasdan it qilib yaratgan”.
Bulardan ko'rinadiki, Xoja adolat masalasiga juda jiddiy qaragan. Qozilarning adolatli bo'lishiga juda qattiq turgan. Aksar qozilarning xiyonatga moyilliklarini, poraga o'chliklarini din va shariat nuqtayi nazaridan ayovsiz fosh etgan.
«Gulzor» kichik muqaddima, kitobning tasnifi va ta'lifi bobi hamda davlatni boshqarishda insof va adolat bilan ish ko'rish, raiyatga munosabat, axloq-odob masalalariga bag'ishlangan qirqqa yaqin hikoya to'plamlaridan tashkil topgan. Asar yagona voqealar tizimiga ega emas. Asarda hikoyalardan tashqari bir qancha qit'a, ruboiy, masnaviy, g'azal va boshqa janrdagi kichik she'riy parchalar mavjud. Kitob so'ngida she'riy xotima berilgan.
«Gulzor» asaridan o'rin olgan nazmiy parchalar Xoja hikoyalarida ilgari surilgan g'oyaviy mazmunni muayyanlashtirish, qissadan hissa chiqarishga xizmat qildirish maqsadida bitilgan.
«Gulzor»da zolim podshohlarni to'g'ri yo'lga soluvchi donishmand vazirlar obrazi tez-tez ko'zga tashlanuvchi hikoyalar ham o'rin olgan. Ularning donoligi ba'zan taklif etgan tadbirlarida namoyon bo'lsa, ba'zan voqea-hodisalardan ibratli xulosa chiqarishlarida ko'zga tashlanadi. Sulton Mahmudning vaziri boyqushlar suhbatini hukmdoriga to'g'ri talqin qilib yetkazishi bilan uni adolat yo'liga boshlaydi: Sulton Mahmud G'aznaviy zolim, uning vaziri Xo'ja Hasan dono va odil ekan. Ular kunlardan bir kun ovga chiqishibdi. Vazir shaharning chetida sayrayotgan ikki boyqushni ko'rib oh tortibdi. Yig'labdi. Bundan taajjublangan Sultonga u: «U1 bir boyqush bul boyqushga aytaturkim, ikkimiz quda bo'laylik, qizingni maning o'g'lumg'a bergil, taqi qolin ne tilar bo'lsang berayin, der. Ul aytaturur: maning qizimning qolinig'a o'n ming buzug' uy kerakdur. U aytaturur: agar Sulton Mahmud tirik bo'lsa, bir yildan so'ng yuz ming uy desang ham berayin, dedi. Man shul so'zg'a yig'ladim», - deydi. Sulton: «Man shuningdek zolimtururmankim, maning zulmimdin bir yilda yuz ming uy xarob bo'lur?! —deganda, vazir: «andoq ermish» deydi. Shunda Sulton: «ne qilmoq kerak?», deb so'rasa, vazir: «adl qilmoq kerak va taqi zulm qilmoqdin tavba qilmoq kerak...», -deb javob beradi. Sulton Mahmud qilgan ishlariga tavba qiladi, adolat bilan davlatni boshqaradi, «kechalar darveshlarning libosin kiyib, eshikdin eshikka yurur erdi: qayda bir tul xotun yo bir miskin bo'lsa, anga ehson qilur erdi».
Hikoyada zolim hukmdor pand-nasihat bilan to'g'ri yo'lni ixtiyor etishi mumkin, degan g'oyaga badiiy libos kiydirilgan. Dono va oqil vazir Xo'ja Hasan podshoning zulmkorligini ro'yi rost, betgachoparlik qabilida emas, balki majoziy ma'no tashuvchi tamsilni sharhlash yo'li bilan ayon qiladi. Bu kichik nasr namunasi o'ziga xos uslubda, taxayyul mahsuli sifatida vujudga kelgan. Xoja ijodida bunday hikoya namunalari ancha topiladi.
Xoja hikoyalari orasida axloqiy-ta'limiy mohiyat kasb etuvchi, insonni ma'naviy komillikka da'vat etuvchi hikoyalar ham mavjud. Ma'naviy komillikning asosi — nafsni mag'lub etmoqdir. «Shayx va murid» hikoyasida buning uchun kishidan nimalar talab qilinishi haqida bahs yuritiladi:
Bir murid Shayxning oldiga kelib, o'zining ko'p gunoh qilganini aytadi va Shayxdan tavba va inobat berishni so'raydi. Shayx, sening ko'ngling bir hovuzdir, unga besh arig'dan suv kiradi, sen loyqa suv bilan hovuzni iflos qilasan, shu arig'lar suvi yo'lini bog'lasang, hovuz toza bo'ladi, «bir arig' - ko'zingning yo'lidirkim, musulmonlarning ahli — ayoliga xiyonat birlan boqmag'aysan. Yana bir arig' - og'zingning yo'lidirkim, andin yomon, harom nimalarni yemag'aysan. Yana bir arig' - ilik – qoʻllaringdurkim, kishini nohaq urub, mollarini olmag'aysan. Yana bir arig' - oyoqlaringning yo'lidurkim, aning birlan nomashru" yo'llarg'a bormag'aysan, misli bo'zaxona va sharobxona va mafsaqa. Yana bir arig' - quloqlaring yo'lidurkim, g'iybat so'zlarni eshitmagaysan», deydi. Murid bularni qabul qiladi, ko'ngil hovuzi pok boiadi.
Halollik va poklik - insonni komillik rutbasiga eltuvchi yo'ldir, Hikoyadagi shayx timsoli irshod maqomiga yetgan ulug' zot. Shu bois u tasavvufning olijanob g'oyalaridan o'z muridini xabardor qiladi. Ko'ngil pokligiga faqatgina so'zda tavba qilish bilan erishib bo'lmaydi. Buning uchun insonning xatti-harakatlaridan poklik balqib turishi, u ezgu xulq sohibiga aylanishi bilan erishiladi. Shayxning so'zlari — adibning fikrlaridir. Insonni razillik olamidan tamomila xoli holda komillik maqomida ko'rish Xojaning ezgu orzularidan biri ekanligi hikoyadan anglashilib turadi. Shuningdek, adib o'z asarlarida xudbinlikni qattiq qoralaydi. «Sulaymon va obi hayot» hikoyasi buning yorqin namunasidir:
Bir kishi Sulaymonga obi hayot keltiribdi. Sulaymon kishilarni, hayvonlarni, qushlarni yig'ib suvni ichish-ichmaslik haqida kengashibdi. Kengashga faqat Butimor degan qush kelmagan ekan. Butimorni chorlash uchun Sulaymon ot yuboribdi. Butimor kelibdi. Sulaymonning taajjubiga Butimor: «Ot vafo dashtida o'tlog'on ermasdur va it vafo dargohidin ketkon ermas», debdi. Obi hayot masalasida esa u agar bu suv barcha yor-do'stlaringga, qarindoshlaringga yetsa, ichsang bo'ladi, bo'lmasa befoyda. Chunki hamma o'lib ketaveradi, yolg'iz o'zing qolasan. Bunday hayotning ma'nisi bormi debdi. Bu gap Sulaymonga ma'qul tushibdi, u obi hayotdan voz kechibdi.
Tiriklik yor-u dildor ila xushtur,
Tiriklikni netarsan bo'lmasa yor?!
O'luk sonida ko'r, tema tiriktur —
Kishikim, yo'q anga yori vafodor.
Kishi yolg'uz jahonda bo'lmadi shod,
Nechakim bo'lsa olamda namudor...
“Gulzor” hikoyalar to'plami ko'p jihatlari bilan Sa'diy Sheroziyning “Guliston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asarlariga o'xshab ketadi. Ayniqsa, “Guliston”ning ta'siri juda kuchli. Oldingi hikoyalar to'plami — “Miftoh ul-adl”da Shayboniyxonning o'g'li Temur Sultonga pand-nasihat, yoʻl-yo'riq ko'r-satish maqsadi ko'zda tutilgan bo'lsa, bu asar Kistan Qaro uchun dasturulmulk (mamlakatni boshqarish dasturi) vazifasini bajarishi lozim edi. Haqiqatan, undagi hikoyatlar ham juda ibratli, ikkinchidan, bu hikoyatlarning aksariyati xalq og'zaki ijodidan olinib, qayta ishlangan. Yo bo'lmasa, adib mashhur xamsanavislar Nizomiy, Navoiylarning hikoyalarini olib, ularni zamon ruhiga moslaydi. Masalan, Iskandar va darvesh bilan bog'liq hikoya Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidan olingan. Iskandar bir viloyatga borib, uning hokimini so'ratadi. Podshoh o'lgan, shahzoda esa darveshlik maqomini tutib, go'ristonda yashar ekan. Xalq devona deb atarkan, o'shani chaqiradilar. U taxtni rad etadi va jahongir chorloviga kelmaydi. Iskandar majburlab olib kelishlarini amr qiladi. Devona ikki kalla suyagini ko'tarib keladi va ularni shoh qo'liga berib, ularning biri shohniki, ikkinchisi gadoniki ekanligini aytadi va farqlab berishini talab qiladi. Iskandar, tabiiyki, farqi yo'qligini ma'lum qiladi. Devona u holda podshohlikdan hech bir murod yo'q ekanligini ta'kidlaydi. Iskandar uning devona emas oqil kishi ekanligini aytib, yana taxtni taklif etadi. Devona yana rad etadi. Oxiri u: “Mayli, quyidagi to'rt shartimni bajarsang, podshohlikni qabul qilaman”, — deydi va shartlarini aytadi: 1. So'ngida oʻlimi bo'lmagan tiriklik. 2. So'ngida qariligi bo'lmagan yigitlik. 3. So'ngida faqirligi bo'lmagan boylik. 4. So'ngida g'ami bo'lmagan shodlik. Iskandar javobda lol qoldi.
Ko'rinadiki, bu hazrati Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidan olinib, nasriy yo'sinda qayta hikoyalangan. Lekin muallif unda imkon qadar har bir personajning o'ziga xos tabiatini ifodalashga harakat qilgan.
Hikoyalardan biri Xorun ar-Rashid va shayx Bahlul haqida. Xorun ar-Rashid — o'rta asr Sharqining mashhur donishmand hukmdorlaridan. Shayx Bahlul — latifanamo, afandisifat ishlari bilan mashhur kishi. Bir kuni shayx Bahlul podshoh ziyoratiga borsa, xalifa qayoqqadir chiqqan boʻlsa kerak, taxt bo'm-bo'sh turgan bo'ladi. U yoq-bu yoqqa qarab, yugurib borib, taxtga chiqibdi. Nogoh bundan yasovullar xabar topib qolibdilar. Shayxni tanishmas ekan, shosha-pisha qo'1-oyoqlaridan tortib, taxtdan tushirishga kirishibdilar. Hech siljimas emish. Kaltaklashga tushibdilar. Boshlari yorilib, qon oqsa hamki, kulib turaveribdi. Shu vaziyatda Xorun ar-Rashid kirib qolibdi. Xalifa shayxning qoshiga kelib, odob-tavoze' bilan: “Ha, shayx, sizga nima bo'ldi va nega bunday kulasiz?” deb so'rabdi. Shayx debdi: “Man bir soat saning taxtingda oʻlturdum ersa urub boshimni yordilar, Sankim, yillardurki bu taxtning ustida o'lturubsan, saning holing ne bo'lg'ay, deb kularman”.
Shu tariqa podsholik ishlari, qozilik mashmashalari, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy mushohadalar va eng muhimi, adolat va zulm, xiyonat va sadoqat kabi azaliy va abadiy mavzular Xoja ijodining tub mazmun-mohiyatini tashkil etgan. Muallif bu masallarni goh jiddiy, goh hazil-mutoyiba, goh xalqona chandish shakllaridan samarali foydalangan holda tasvirlagan. Ular janr nuqtai nazaridan o'zbek mumtoz hikoyachiligining eng sara namunalaridan edi. Shu jihatdan, u o'zbek mumtoz adabiyotidagi nasr an'analarini, ayniqsa, Rabg'uziy hikoyachiligini rivojlantirdi va yangi bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, hikoyatlardagi aksariyat timsollarning o'ziga xos fe'l va tabiatga ega qilib tasvirlangani diqqatga molikdir. Ko'pchiJik mutaxassislarda o'zbek adabiyotida hikoya janri yigirmanchi asrdan keyin paydo bo'ldi degan qarash bor. Xojaning asarlari bu fikrlarning unchalik to'g'ri emasligini ko'rsatishi jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy o'zbek hikoyalari faqat Ovro'podan o'rganishning oqibati emas, balki o'z milliy ildiziga ega bo'lgan estetik hodisadir.



Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish