7.Qul Ubaydiy. Abulxayrxonning evarasi, Buxoro hokimi Mahmud sultonning oʻg`li Abulg`ozi Ubaydullo Bahodirxon Shayboniy hukmdorlardan Koʻchkinchixon va uning oʻg`li Abusaidxon davrida Buxoro noibi boʻlgan, 1533-39 yillarda Buxoroda mustaqil xonlik qilgan donishmand davlat arbobi, jasur sarkarda”barcha fazilatlar bilan bezangan”(Mirzo Haydar) har jihatdan etuk kishi edi. U “she’r ilmida sohibi fazl” (Hasan Nisoriy) edi.Ubaydiy turkiy, forsiy va arab tilida ijod qilgan. “Qur’on” mutolaasi oson boʻlishi uchun turkiy tilda “At-tajvid” risolasini yaratgan ilohiyot olimi, shariat qonunlari boʻyicha maxsus kitob bitgan faqih, etti xil husnixatda yoza oladigan xattot, hofizi “Qur’on”, musiqada, ashulada mohir san’atkor.
Uch devon tartib berib, bir muqova ostida joylashtirib “Kulliyot” deb atagan. Uning yagona qoʻlyozmasi OʻzRFASHIda 8931 inventar raqami ostida saqlanadi. 1994 yilda A.Hayitmetov tomonidan turkiy devonini “Vafo qilsang”nomi bilan nashr qildirdi. 2000 yilda “Ishq daftari” ostida E.Ochilov forscha ruboiylarni tarjima qilib nashr qildirdi.
Forsiy devonda 418 ruboiy mavjud. Ruboiylar mavzu jihatdan 4 guruhga boʻlinadi:
Diniy mazmundagi ruboiylar.
Tasavvufiy ruhdagi ruboiylar.
Tarjimai hol xarakteridagi ruboiylar.
Ilohiy va dunyoviy ishq haqidagi ruboiylar
Shuningdek, olam va odam muammolaridan bahs etuvchi falsafiy, pand-asihat yoʻnalishidagi, falak, zamona, odamlardan hasrat qilgan shikoyat ruhidagi ruboiylar mavjud.
Diniy mazmundagi shoir ruboiylari shoir ruboiylarining asoiy qismini tashkil etadi. U dindor podshoh boʻlishi, Yassaviyga ergashib hikmatlar aytishi, oʻz ijodi orqali Islom g`oyalarini targ`ibu-tashviq qilishning hayotiy asosi bor. Shayboniy eron shohi Shoh Ismoil Safaviy bilan boʻlgan jangda engilgach, shayboniylar Turkistonga chekinadilar. Bobur shoh Ismoil bilan ittifoq tuzib, Smarqandni egallaydi. Ammo shialar va sunniylar oʻrtasida ixtilof kelib chiqadi. A.Ibrohimovning “Boburiylar merosi” kitobida yozilishicha, Movarounnahrni egallash umididagi Ubaydullaxon bundan foydalanib, taxtni egallamoqchi boʻladi. Lekin unga Jonibek Sulton va Temur sultondan boshqa hech kim ergashmaydi. Ubaydulloxon Yassaviy maqbarasi poyida katta yig`in oʻtkazib, turk mashoyixi ruhidan madad soʻraydi. Agar Movarounnahrni qoʻlga kirtisa, bir umr dindor podshoh boʻlib qolishga ont ichadi. Va u ushbu ahdiga bir umr sodiq qoladi.
Quyidagi ruboiysi diniy mazmundadir:
Dunyoda menga Xudo ato baxsh etgay,
Jannatda huru nozik ado baxsh etgay.
Har ikki jahonda nimani istar esam,
Ul istaganim menga udo baxsh etgay.
Tasavvufiy ruhdagi ruboiylarida tasavvuf ta’limoti qoidalarining bayoni, tariqat qoʻli, soʻfiylik g`oyalari targ`ibi va ilohiy ishq tarannum etiladi. Oshiqning ayriliqdagi tuyg`u kechinmalari, visolga yorug` umidi, yorga yetish yoʻlidagi ranju mashaqqatlardan choʻchimasligi, mardligi kuylanadi. Ubaydiy Mir Arab nomi bilan mashhur Amir Abdulla Yamaniyga irodatu e’tiqodi kuchli boʻlgan, oʻzini uning muridi sanagan, naqshbandiy tariqatiga ixlos qoʻygan. Mavlono Muhammad Qozidan va’z tinglagan. Maxdumi a’zamni pirr tatgan. Quyidagi naqshbandiylikdagi 1-rashha “Xush dar dam” mazmunida:
Haq yod etishini istasang – zokir boʻl,
Bir dam g`ofil oʻlma undan- hozir boʻl.
Ne’mat tilasang visoli bog`idin agar
Har bir nafasinga shukr etu shokir boʻl.
Quyidagi ruboiy 4-rashha “Xilvat dar anjuman” mazmunida:
Ul oʻtli muhabbating koʻnglimda mudom,
Fikri g`ami furqating koʻnglimda mudom.
Sensiz oʻtirgan esamda har majlisda
Andishai suhbating koʻnglimda mudom.
Tasavvufda nafs insonning eng katta dushmani sifatida talqin qilinadi:
Bir lahza nafs mute’i farmon boʻlmas.
Oʻz qilmishidin sira pushaymon boʻlmas.
Dunyodagi bor mazhablar hukmi bilan
Kofir atalur u – hech musulmon boʻlmas.
Uning quyidagi rubiylari ishq mavzusida yozilgan:
Bu jon mudom sening adoying boʻlsun,
Bu dil hamisha mubtaloying boʻlsun.
Bir jon ne boʻlar senga fido etmoq uchn
Yzz jonim agar boʻlsa, fidoying boʻlsun.
Ruhim begumon senga har on yor edi-ey,
Oshufta bu jonimda mudom zor edi-ey,
Dil boʻlgan emas endi giriftor senga
Ul asli azal senga giriftor edi-ey.
Shoir ruboiylarida Umar Xayyom, Najmiddin Kubro, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Pahlavon ahmud ta’sirini sezish mumkin. Ubaydiy hayoti va faoliyatida tariqat talablari va futuvvat shartlarini shior qilib olgan.
Muhtojga qayish – asli karomat shuldir,
Bir ishki, yoʻq ortida malomat shuldir.
Har ikki jahonda soliko, iymonni
Qutgarguvchi chin rohi salomat shuldir.
Hech kimsaga tekkizma zaboni poking,
Boʻlg`usi desang osuda bu joni poking.
Iflos qiladi og`izni g`iybat, bilsang
Bas, bulg`ama hech qachon dahoni poking
Ubaydiy 4 noma yozgan. Ular shartli ravishda noma janri namunalari sifatida qabul qilinadi. CHunki ular noma janridan mazmun va shakl jihatdan farqlanadi. Ular oshiqona mazmunga ega emas. Hajman katta boʻlmagan manzumalardir. Ular axloqiy-ta’limiy, diniy xarakterdagi mavzulardan bahs etadi. Ularda inson kamolotini ta’minlashga xizmat qilish asosiy maqsad qilib olingan. Barchasi axloqiy masalalarni yoritishga bag`ishlangan. Ularda lirik tamoyil koʻzga tashlanmaydi.
”G`ayratnoma” – 52 misradan iborat, inson mehnati, oʻz g`ayratiga ishonchni rag`batlantirishga bag`ishlangan.
G`ayrat agar boʻlmasa er kishida,
Hech maza boʻlmas aning ishida.
Er kishining belgisi g`ayrat boʻlar,
G`ayratning belgusi himmat boʻlar.
“Shavqnoma” – 23 bayt, shavq fazilatlari va xususiyatidan bahs etadi.
Shavqim boʻldi koʻngulda zohir,
Qoʻymas ul vasliga yetmay oxir.
SHavq hosil qilakoʻr Tangri uchun,
Zavq hosil qilakoʻr Tangri uchun.
SHavqdur shavq hidoyat boshi,
Ishq ahliga inoyat boshi.
“Sabrnoma” – 50 misra, sabr xosiyati va foydalaridan bahs etadi.
Sabrdan hosil oʻlur barcha murod,
Sabrdindur barcha ishlarga kushod.
“Omonatnoma” – 88 misra, axloq komilligi masalasiga bag`ishlangan.
YAxshi va pokiza diyonat kerak
SHum xiyonat kishini xor etar,
Xor etibon darbadaru zor etar.
Qul Ubaydiy ijodiy merosini tadqiqu tashviq qilishda A.Hayitmetov, E.Ochilovning xizmati katta. Shoirning turkiy devonidan namunalar 1994 yilda “Vafo qilsang” nomida, forsiy devonidagi ruboiylari tarjimasi 2000 yilda “Ishq daftari” nomida nashr qilindi. Ijodiy merosi boʻyicha qator maqolalar e’lon qilindi. Bu ishni Fitrat boshlab bergan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |