7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 12-mavzu
Xalq noroziligining kuchayishi
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchayadi. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali xalifalik uchun kurash boshlaydi. Muhammad ibn Ali
Umaviylar Muhammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblangan edi.
Shu tariqa xalifalikda umaviylar hukmronligini ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon II (744–750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchaydi.
Umaviylarning ag‘darilishi.
747-yilda Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi. Tez orada Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Abu Muslim
Xalifa Marvon o‘z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo‘zg‘olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi.
749-yilda Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar.
Xalifalikning poytaxti Damashq shahri qo‘lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi.
Abbosiylar davrida Movarounnahr.
Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan.
Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi.
Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro‘yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar.
Xitoy imperatorining qo‘shinlari Turkistonga bostirib kiradi.
Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch 751-yilda Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi.
Abbosiylar davrida Movarounnahrni boshqaruvi.
Movarounnahr VIII asrning o‘rtalariga qadar qarshilik ko‘rsatishiga qaramay arab xalifaligining muhim viloyatlaridan biri sifatida uning tarkibiga uzil-kesil o‘tdi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlardi yoki bo‘shata olardi.
Xalifalikning huquqiy masalalari Qur’oni karim va Payg‘ambar (s.a.v) ko‘rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko‘rib chiqilgan.
Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to‘lar edilar.
Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oldilar.
Savol va topshiriqlar:
1. Nega xalifalikda umaviylarga qarshi xalq noroziligi vujudga keldi?
2. Abu Muslim aholini nimaga da’vat qildi?
3. Abu Muslim qo‘zg‘oloni qanday oqibatlarga olib keldi?
4. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Movarounnahrda ahvolqanday o‘zgardi?
5. Abbosiylar davrida Movarounnhrdagi boshqaruv tartibi haqida gapirib bering.