Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet8/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
4.Muhammad Shayboniy (1451-1510) Dashti Qipchoqda koʻchmanchi oʻzbeklarning yirik davlatini vujudga keltirgan Abulxayrxonning nabirasidir. Abulxayr oʻlgandan keyin uning toj-taxtini egallash uchun boshlangan kurashlar chog`ida Shayboniy (shoh Budog`ning oʻg`li) Buxoroga qochib keladi. Shayboniy bir necha yil Buxoroda oʻqiydi hamda bobosining davlatini tiklash maqsadida Turkiston atrofiga qaytib keladi. Biroq yetarli harbiy kuch toʻplay olmaydi. Keyinchalik Temuriylar davlatining inqirozidan foydalanib, Movarounnahrning ichki rayonlariga (Samarqand, Buxoro va boshqa joylarga) bostirib kira boshlaydi. U ayniqsa Bobirga qarshi uzoq va qattiq kurash olib boradi. Shayboniy qonli kurashlar bilan Movaraunnahr hokimiyatini qoʻlga kiritadi, uzoq tayyorlik va koʻp urinishlardan keyin 1507 yilda Xurosonni egallaydi, soʻngra Eronni ham istilo qilmoqchi boʻladi. Biroq Eron shohi Ismoil bilan 1510 yilda Marv yaqinida uni 17 ming kishidan iborat qoʻshini bilan birga qamal qilib, mag`lubiyatga uchratadi va Shayboniyni oʻldiradi.
Shunday qilib, Shayboniy butun umrini toj-taxt uchun boʻlgan kurashlarda oʻtkazgan tipik feodal hukmdordir. Shu bilan birga u lashkarboshi va shoir ham edi, u oʻz sulolasi manfaatlar iuchun ilm-fan, san’at va adabiyot ahllarini, qisman boʻlsa-da, oʻz saroyi atrofiga jalb etadi, temuriylar saroyini tark qilib kelgan Muhammad Solih, Binoiy kabi shoirlarni oʻz himoyasi ostiga oladi.
5.Muhammad Solih oʻzbek adabiyotining ulkan nomayandalaridan biridir. Navoiy va Bobur kabi atoqli soʻz san’atlari tomonidan iste’dodli shoir sifatida ta’riflangan Muhammad Solihning oʻzbek va fors – tojik tilida yaratgan she’rlaridan ayrim parchalargina saqlanib qolgan, xolos Uning epik ijodi – «Shayboniynoma» esa bizga qadar toʻla yetib keldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotida birinchi tarixiy doston boʻlgan «Shayboniynoma», ayrim xususiyatlariga qaramay, ikki sulola: temuriylar Bilan shayboniylar oʻrtasidagi urushlarning dahshatli manzaralarini tasvirlashi, badiiy uslubi va tili Bilan oʻtmish adabiyotining qimmatli bir yodgorligidir. Bunday ilgʻor, ma’rifiy gʻoyalarni XVII asrda XIX asrda yashagan, ijod etgan shoirlarning asarlarida kuzatish mumkin. Muhammad Solih lirik va epik shoir sifatida Alisher Navoiy, Bobur tomonidanijodi yuksak baholangan. Muhammad Solih ilmiy me’rosini oʻrganishda, adabiyotshunos Akromjon Ibrohimov, A. Hayitmetov, E. Shodiyev. N.Davronlarning xizmatlari katta. Taniqli adabiyotshunos A. Hayitmetov “Hayotbaxsh chashma” kitobida shoirning 2ta, E Shodiyev esa “Oʻzbekiston madaniyati” (1972-y 11-yil) gazetasida 10ta gʻazalini turli bayoz va majmualaridan aniqlab e’lon qilishdi.
Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik Ulug`bekning vasiysi va tarbiyachisi boʻlib, Temur va Ulug`bek saroylarida katta obroʻga ega boʻlgan amirlardan edi. Toju taxtni egallash uchun uzoq yillar davomida Abusaid mirzoga qarshi kurash olib borgan Husayn Boyqaro 1467 yilda Xorazmga hujum qiladi. Mudofaa choralarini yaxshi tashkil etolmagan Xorazm amirlari Husayn Boyqaroning hujumiga bardosh berolmay, qochib ketadilar. Bundan g`azablangan Abusaid mirzo tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlaus-sa’dayn» («Ikki baxtning boshlanmasi») asarida hikoya qilishicha, «Hamma amirlar Xorazm viloyatiga joʻnasinlar… gunohi ayon boʻlgan har bir kishiga sazov a jazo berilsin…», deb buyruq qiladi. Jumladan, amir Nur Said ham jang kunlari parvosizlik qilgani uchun gunohkor sanalgan edi. Amirlar, oliy farmonga binoan, Xorzamga joʻnab, batafsil biladilar: «Xorazm askaralarining soni koʻp boʻlishiga qarmay, zafarpanoh Mirzo Sulton Husaynning hujumiga bardosh berolmay, birdaniga qochib qolgan ekan… Amir Pardarshamol tezligida Hirotga yubordi. Uning butun mollari va vajhlarini talon-toroj ettirdi. Amir Nur Said rabbial-avvalning 20-sida Hirotga etdi va uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamadilar… tiladilar. Hazrati Xilofatpanoh (Jomiy)ning iltimosini qoldiradi...»
Nur Said Hirotda avval hiyla moddiy muhtojlik tortadi. Hatto bir ot berishini soʻrab Abusaid mirzoga murojaat qiladi. Lekin oradan koʻp oʻtmay, Abdurazzoq Samarqandiynin gaytishiga qaraganda, Nur Said «Yana kata amirlar qatoridan oʻrin oladi…»
1469 yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtiga chiqadi. Abusaid mirzoning bir qancha yaqin amir va beklari jazog`a tortiladi. Shu vaqtlarda Marv shahrida boʻlgan Nur Said ham qatl qilinadi. Muhammad Solih otasining fojiali sarguzashti va oʻzining yoshlik chog`larini eslab, keyinchalik «Shayboniynoma»da bunday degan edi:
… Laqabi Solihu oʻzi solih,
Nar Said oʻg`li Muhammad Solih.
Muhammad Solih Abdurahmon Jomiydan tahsil oladi, arab va fors-tojik tillarini oʻrganadi, tarix, adabiyot, husnixat va boshqalar bilan shug`ullanadi, she’r yozishni mashq qiladi. Shu bilan birga, u goh Xurosonda, goh Samarqandda temuriy hukmdorlarning saroyida mulozimlik qiladi.
Muhammad Solih otasining fojiali taqdiri tufayli temuriy hukmdorlarga kek saqlar edi. Temuriy shahzodalar va amir – amaldorlar oʻrtasidagi nizo-adovat, saroylardagi ishratbozliklar uning g`azabini yanada kuchaytiradi. Muhammad Solih 1499 yilda Mullo Abdurahim degan amaldorlarning maslahati bilan temuriylar saroyini tark etib, Shayboniyxon tomoniga oʻtadi. Temuriylar dargohida xizmat qilgan amir-amaldorlar, shoir va olimlarni oʻz tomoniga og`dirib olishdin manfaatdor boʻlgan Shayboniyxon Muhammad Solihni yaxshi qabul qiladi va oʻz saroyida «amirul umaro» («amirlar amiri»), «malikush-shuaro» («shoirlar boshlig`i») martabasiga koʻtaradi. Muhammad Solih Shayboniyxonning davlat idora ishlari va harbiy yurishlarida aktiv ishtirok etadi. Shayboniyxon 1500 (905) yilda Buxoroni egallab Samarqandga yurish qilayotganida, Muhammad Solihni Buxoroda oʻz oʻrniga qoldiradi. Muhammad Solih bir oz vaqt Qunduz shahrida ham boʻladi. U Shayboniyxondan ruxsat olib Buxoroga qaytadi. Shayboniy 1504-1505 yillarda Xorazmga yurish boshlaydi, Shayboniy qoʻshini Buxorodan chiqib Qorakoʻlga yetganda Chorjoʻy hokimi Amir Yorali Shayboniyni sovg`alar bilan qarshi olib, unga taslim boʻladi. Shayboniyxon Chorjoʻyga Muhammad Solih Chorjoʻyda bir muncha tartib oʻrnatib olgandan keyin Shayboniyxon yoniga - Xorazmga ketadi. Shu orada Husayn Boyqaro Shayboniyxonning e’tiborini Xorazmdan chetga tortish uchun, Qunduz, Chorjoʻy va boshqa joylarga qoʻshin yuboradi .Muhammad Solih Chorjoʻyga qaytadi, qal’ani mustahkamlaydi, Muhammad Solihni oʻz tomonlariga oʻtkazmoqchi boʻladilar. Biroq u:
Men otam qoni uchun otlanaman.
Men oʻzim joni(m) uchun qotlanaman…»
deb javob beradi. Muhammad Solih 1505 yilning oxiri 1506 yilning boshida Neso (Ashxobod yaqinida) shahriga dorug`a qilib tayinlanadi. Aftidan, u 1510-1511 yillargacha Neso shahrida yashagan, Shayboniyxonning vafotidan keyin esa Buxoroga qaytib, umrning oxiriga qadar oʻsha yerda istiqomat qilgan. LUtf Ali ibn Oqoxon Ozarning «Otashkada» asarida koʻrsatishicha, Muhammad Solih hijriy 941, melodiy 1535 yilda Buxoroda vafot etadi. Hasanxoʻja Nisoriy «Muzakkirul-ahbob»da Muhammad Solihning Mirzo Ulug`bek nomli oʻg`li boʻlgani va uning iste’dodli shoir ekanini aytib, uning:
«Ey xush ul kunlarki, koʻnglim vaslidin xushhol edi:
Axtarim farxundau baxtim humoyun fol edi»
baytini keltiradi. Muhammad Solihnnig oilaviy hayotiga doir boshqa ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
Muhammad Solih lirik va epik shoirdir. Manbalar Muhammad Solihning badiiy ijodiyotdagi «zullisoniylik» traditsiyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan, oʻzbek va fors-tojik tillaridagi she’rlari bilan kitobxonlarga, adabiyot ahllariga manzur boʻlganini koʻrsatadi. Biroq, afsuski, Muhammad Solihning lirik she’rlar toʻplami bizga qadar saqlanib qolmagan yoki hozirga qadar noma’lum boʻlib kelmoqda.
Navoiy «Majolisun-nafois»da Muhammad Solih haqida bunday deydi:
Naim oshifta, gar noʻshid kokul mohi tobonali,
Cha g`am az tiyragiyni shab, chu boshad subhi shoyonmi»?
Yuqorida keltirilgan bayt Muhammad Solihning mohir san’atkorligiga bir dilildir. Bu baytda haroratli sevgi, yorning visoliga erishish ishtiyoqi va bunga ishonch hissi tashbihi tom (toʻla oʻxshatish) usuli Bilan ifodalangan: kokul – tun, yuz-tong.
Zahariddin Muhammad Bobir ham «Boburnoma»da Muhammad Solihga «Choshilik g`azallari bor, agarchi hamvorligi choshnisicha yoʻqtur, turkiy she’ri ham bor. YOmon aytmaydur..» deb baho beradi va bir necha oʻrinda uning she’rlaridan parchalar keltiradi hamda bir baytga tatabbu’ qiladi.
Manbalarda bu oz sonli she’riy injular «Shayboniynoma»dagi lirik she’rlar bilan birgalikda Muhammad Solihni usta lirik shoir sifatida gavdalantiradi. U lirikada, garchi asosan traditsion mavzular doirasida qolgan boʻlsa ham, oʻz orginal adabiy kslkbini yarata olgan, turli xil badiiy usul vat il vositalaridan mohirlik Bilan foydalangan, Yangi-yangi obrazlar, lavhalar yaratgan.
Biroq Muhammad Solihning adabiyot tarixidagi rolini uning «Shayboniynoma» dostonidan belgilab olamiz. Muhammad Solih «Shayboniynoma»ni 1506 yilda yozib tugatadi. Uning bu dostondan keyin yana qanday asarlar (lirik she’rlardan tashqari) yaratgani ma’lum emas. Sharqshunos G.Vamberi «Buxoro Movarounnahr tarixi» asarida Mahammad Solih «Layli va Majnun» taxlitida bir masnaviy yarartgan deb aytadi. Biroq boshqa manbalarda bu haqda hech qanday ma’lumot yoʻq. Ehtimol, G.Vamberi «Noz va Niyoz» manzumasining 1524-1525 yillarda vafot etagani avtori Solih ismli boshqa bir shoirni yoki 1566-1567 yillarda vafot etgan Solih Ibn Jalolni («Lalyi va Majnun» nomli doston avtorini) Muhammad Solih deb oʻylagandir. Har holda, Muhammad Solihning asosiy adabiy merosi «Shayboniynoma» boʻlib qolmoqda.
Shayboniyxon haqida Muhammad Solihning «Shayboniynoma»sidan boshqa Yana bir necha asar ham yaratilgan edi. Bu asarlarning koʻpi bevosita Shayboniyning oʻz topshirig`i bilan vujudga kelgan edi shunday asarlardan biri Mullo Shodiyning asarida 76 yilgacha (Samarqandning Shayboniy tomonidan ikkinchi marta qilinishigacha) boʻlgan voqealar bayon etiladi. Binoiy ham «Shayboniynoma» va «Futuhoti xoniy» («Xonning g`alabalari») degan ikkita tarixiy asar yozgan. Bu asarlar Shayboniyning bolalik chog`laridan tortib 1502 yilgacha boʻlgan sarguzashtlarini hikoya qiladi.Tarixchi Roʻzbehon Shayboniyning 913-914 (1508-1509) yillardagi urush-yurishlarini tasvirlab, «Mehmonnomai Buxoro» asarini yozadi. Bu asrada tarixiy voqealardan tashqari Shayboniyning diniy marosimlarida, bahslarda ishtirok etishi ham hikoya qilinadi. Oʻzbek tilida noma’lum bir avtor ham Shayboniy haqida asar yozgan. Unda avtor turkiy xalqlarning qadim zamonlardan boshlab Shayboniy vafotiga qadar boʻlgan tarixi haqida soʻzlaydi. Ammo asarning dastlabki qismalrida tarixiy voqealar emas, balki afsona va rivoyatlar hikoya qilinadi.
“Shayboniynoma”ning 1510 – 1511 yillarda Qosim degan kotib tomonidan koʻchirilgan eng eski qoʻl yozma nusxasi Veneda saqlanadi. Nasta’liq xati Bilan yozilgan bu nusxa 218 varaq boʻlib, unda jang va ziyofat manzaralrini tasvirlovchi 9 ta miniatura ham keltiriladi. Mana shu qoʻl yozma nusxa asosida G.Vamberi 1885 yilda Venada dostonning asl tekstini va uning nemis tiliga qilingan tarjimasini nashr ettirgan edi. 1904 yilda esa shu qoʻl yozma asosida mashhur rus turkshunosi P.M.Melioranskiy Peterburgda «Shaybonipynoma»ning asl tekstini nashr ettirib, Vamberi nashridagi kamchiliklarni tuzatadi va oʻsha nusxada ikki miniatyuprani ham kitobga kiritadi. Keyinchalik bu asarning ayrim boblari, parchalari turli xrestomatiya va toʻplamlardan oʻrin oladi. 1961 yilda esa bu asar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti tomonidan toʻla bosib chiqariladi.
Muhammad Solih va uning ijodi A.Ibrohimov tomonidan tadqiq etilib, kandidatlik dissertatsiyasi yozilgan (1950 y.)
«Shayboniynoma» Shayboniyxonga bag`ishlangan doston boʻlib, uning temuriylarga qarshi olib borgan urush va yurishlarini tasvirlaydi.Doston 8902 misradan iborat boʻlib, 76 bobga boʻlingan. Bulardan 16 bob dostonning muqadimmasidir.
Dostonda Shayboniyxonning 1499-1500 yillarida Turkistondan Samarqandga qoʻshin tortib kelishi, Samarqandni bosib olish uchun dastlabki urinishlarining barbod boʻlishi va chekinishi, Buxoro viloyatining hokimi Boqi Tarxon va uning qoʻshini Dabbusiy qoʻrg`onida (hozirgi Ziyovuddin yaqinida) qamal qilib, Buxoroni bosib olishi, Qorakoʻl, Qarshi, G`uzor va boshqa joylardagi aholining qoʻzg`olonlarini qattiqqoʻllik bilan bostirishi, Samarqandni olti oy qamal qilishi, Bobirning Samarqandni tashlab chiqishiga majbur boʻlishi, Shayboniyxonning Samarqandni, keyinroq Andijon, Toshkent, Hisor, Badaxshon va boshqa viloyatlarni zabt etishi bayon etiladi. Doston g`alaba bilan Buxorog`a qaytishi tasviri bilan tugaydi.
«Shayboniynoma»ni jangnoma deb atash ham mumkin. Biroq u «Abo Muslim» va «Jamshid» tipidagi graditsion jangnomalaridan tubdan farq qiladi, chunki bu asarlarda afsonaviy voqealar hikoya qilinib, ularda kishilardan tashqari devlar, jinlar, parilar ham ishtirok etadi, diniy «karomat» va «moʻ’jizalar» soʻzlandi. «Shayboniynoma»da esa shoir koʻz oʻngida boʻlib oʻtgan tarixiy voqealargina bayon qilinadi. Shu bilan birga «Shayboniynoma» Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asari tipidagi qahramonlik dostonlaridan ham oʻziga xos xususiyatlari bilan printsipial farq qiladi: «Saddi Iskandariy»da tarixiy voqealarni va tarixiy shaxslarning faoliyatini tasvirlash pozitsiyasidan qat’i nazar, tarixiy voqea va tarixiy shaxslar tasvirlanadi. Binobarin, «Shayboniynoma» oʻzbek adabiyoti tarixida jangnomaning yangi turidir, birinchi tarixiy dostondir.
«Shayboniynoma»ning personajlari tarixiy shaxslardir. «Shayboniynoma»da ikki sulola oʻrtasidagi toj-taxt kurashlari tasvirlangani uchun, uning personajlari ham asosan shu ikki sulolaning namoyandalaridir. Dostonda, bir tomondan, Shayboniy va uning hamkorlari: Sulton Mahmud, Temur Sulton, Jonvafobiy va boshqalar, ikkinchi tomondan, bobir, Husayn Boyqaro, Boqi Taroxon, Sulton Ali, Badiuzzamon va boshqa temuriy hukmdorlar koʻrinadi. Shoir bu obrazlarni ularning oʻzaro feodal kurashlardagi faoliyati, tarixiy voqealar rivojida tutgan oʻrni va, qisman boʻlsa-da, shaxsiy hayoti, fe’l-atvori tasvirida gavdalantiradi. Biroq Muhammad Solih tarixiy shaxslarga hamisha ham ob’ektiv munosabatda boʻlavermaydi, tenditsiozlik kayfiyatlariga beriladi, temuriylarni mumkin qadar qoralarga, Shayboniy va uning hamkorlarini ideallashtirishga intiladi. Lekin, shunga qaramay, u tarixiy faktlarni bayon etar ekan, itar-istamas, Shayboniyxon va uning hamkorlarining zolmligini, axloqiy va maishiy buzuqlarini fosh qilib qoʻyadi.
«Shayboniynoma»da oʻzaro urushlar tufayli dahshatli azoblarga giriftor boʻlgan darg`azab shahar va qishloq aholisi – xalq obrazi ham berilgan. Shoir xalq boshiga tushgan kulfat, xaroblik va vayronaliklardan qayg`uradi, biroq bu musibatlarning barchasini «taqdir» bilan bog`laydi, Shayboniyga qarshilik koʻrsatgan aholini qoralaydi.
«Shayboniynoma»da shoirning oʻzi ham bor. U tarixnavis-nozim, voqealar ishtirokchisi siftaida, g`oyaviy qarama-qarshiliklari bilan birga gavdalanadi. Ayniqsa lirik oʻrinlar shoir shaxsiyatidagi qarama – qarshiliklrni yanada chuqurroq va toʻlaroq ochib beradi.
Muhammad Solih Shayboniyning butun hayoti va kurashini hikoya qilib oʻtirmaydi. U muqaddimada Shayboniyning sarguzashti haqida qisqa ma’lumot bergandan keyin, dostonning asosiy boblarida uning 1499-1506 yillardagi faoliyatini, temuriylarga qarshi olib borgan kurashini batafsil soʻzlaydi. Shayboniyni adolatli, ma’rifatli va xalqparvar podsho deb koʻklarga koʻtarib maqtaydi, uni ideallashtiradi.
Muhammad Solih Shayboniyni «tengrining yerdagi soyasi» deb ataydi, uning har bir tadbirini mamnuniyat bilan qutlaydi, uning har bir zafarini din va shariatning zafari deb ta’riflaydi, unga yangi g`alabalar tilaydi. Shayboniyni «Jamshidi davron», «Sulaymoni zamon» deb atab, uni Iskandar, xalifa Haydar va boshqalar bilan tenglashtiradi. Ilm-fanda u goʻyo oʻz asarining Ibn Sinoidir, u oʻz hikmatlari bilan har qanday mushkulni ham hal etishga qodirdir, uning kasb – hunarda tengi yoʻq; adabiyot sohasidagi uquvi va iste’dodi esa yanada ziyodroqdir. U, Muhammad Solihning fikricha, boshqa xonlar kabi majlis qurmaydi, aysh-ishrat surmaydi va hokazo.
Muhammad Solih madhiyaxonlik ruhidagi oʻz ta’rif va tavsiflari bilan Shayboniyxonni ideallashtirib, uning obroʻ – e’tiborini oshirishga, yangi sulolaning hokimiyatini mustahkamlashga intilgan.Biroq Muhammad Solih ob’ektiv tarixiy haqiqatni chetlab ketolmaydi. U kechmish voqealarni hikoya qilar ekan, istar – istamas, Shayboniyxon va uning qoʻshinining bosqinchiligini, el-yurtni talon – taroj qilishini, ma’naviy – ahloqiy yaramas xatti – harakatlarini fosh qilib qoʻyadi.
Ikki sulolaning toj – taxt uchun kurashi natijasida koʻp shahar va qishloqlar xarob boʻladi, minglab kishilar qirilib ketadi, dahshatli ochilk va ommaviy kasallik vujudga keladi. Bularning barchasiga temuriylar kabi shayboniylar ham bab-barobar aybdor edilar. Kitobxon oʻzaro feodal urushlarning dahshatli oqibatlarini koʻrar ekan, shoirning talqinidan qat’i nazar, Shayboniy va uning xatti – harakatlaridan g`azablanmay qolmaydi. Shoir Shayboniynin gshahar va qishloqlarga bostirib kirishini tasvirlaydi. «Molu qiz olish»dan Shayboniyxonning oʻzi ham chetda qolmaydi. U Boqi Tarxonni yengib, Buxoroni qoʻlga kiritganida, 12 yashar qizni xotinlari qatoriga qoʻshib oladi. Shaybolniy Xonikaxon va Alojaxonlarni hiyla – nayrang bilan yengib, asir olar ekan, ularning xotin – qizlari sha’niga haqoratli soʻzlar aytadi.Shayboniyxonni
«Oʻzga xonlar kabi majlis qurmas,
Ayshu ishrat soridin dam urmas.
Boda ichmoq sori boʻlmas moyil,
Bir zamon ishidin boʻlmas g`ofil»,-
deb ta’riflagan Muhammad Solih, istar – istamas, uni aysh – ishratga berilib ketgan xon sifatida ham tasvirlaydi.
Muhammad Solih Shayboniyxonning xatti – harakatlarini ba’zi bir tarix kitoblarining avtorlariga qaraganda ancha ob’ektiv bayon etadi. Masalan, 1501 yilda Samarqandning olinishi va Sultonali irzoning fojiasini olaylik. Shayboniyxonning Samarqandni boib olshida unga Sultonali mirzoning onasi Zuhrabegimning engiltakligi qoʻl kelgan edi. Zuhrabegim, agar Shayboniyxon meni oʻz nikohiga olsa, Samarqand darvozasini ochib beraman deb, Shayboniyxonga elchi yuborgan va bu qaroriga oʻg`lini ham rozi qilgan ed. Shunda Shayboniy ham oʻzini Zuhrabegimga «oshig`i beqaror» qilib koʻrsatadi. Shayboniyxon Zuhrabegimga «ishq – muhabbat izhor qilib», Samarqandni qoʻlga kiritadi, soʻngra koʻp oʻtmay Sultonali mirzoni oʻlimga hukm qiladi, uning onasini birovga xotinlikka berib yuboradi.Shoir Zuhrabegimning yengiltakligidan g`azablanib, uni la’natlaydi. Biroq shoir Shayboniyxonning qilmishidan g`azablanganini oshkor aytolmaydi, uni la’natlay olmaydi, goʻ u buni kitobxonning oʻziga havola qladi.
Bu voqea Xondamirning «Habibus-siyar» asarida va «Bobirnoma»da ham shu zaylda hikoya qilinadi. Biroq Shodiyning «Fathnomai xoniy» asraida tarixiy haqiqat buzib beriladi. Uning aytishicha, goʻy Sultonali mirzo Shayboniyga oʻz ixtiyori bilan tobe boʻladi, Shayboniy uni izzat – ehtirom qiladi. Sultonalini g`iybat qilgan amaldorlarni koyiydi, Sultonali amaldorlarning suiqasdi bilan oʻladi. Bundan Shayboniy qattiq afsuslanadi.
Shunday qilib, Muhammad Solih bir tomondan dostonning bosh qahramoni Shayboniyxonni mubolag`ali maqtovlar bilan ideallashtiradi, tarixiy haqiqatdan uzoqlashadi, ikkinchi tomonda, uning faoliyatini ob’ektiv faktlar asosida tasvirlab, tarixiy haqiqatga, realizm tenditsiyalariga yaqinlashadi. Bu chindan ham shoirning sub’ektiv niyati bilan ob’ektiv voqelik oʻrtasidagi ziddiyatning, shu bilan birga, uning ijtioiy – siyosy qarashidagi ichki qarma-qarshiliklarning ifodasi edi.
Shabyonilar bilan temuriylar oʻrtasidagi toj-taxt kurashlari «Shayboniynoma» dostonining asosiy va etakchi konfliktidir. Doston avtori shu konflikt aspektida bir nech temuriy hukmdorning epizodik obrazini yaratadi hamda inqirozga yuz tutgan temuriylar inqirozini tasivrlarii va ma’naviy tubanliklarini toʻg`ri tanqid qiladi. Dostonnnig muqaddimasida shoir temuriylar haqida soʻzlaydi. Shayboniyxonga qarshi kurashda oʻz kuchlarini birlashtira olmagan edilar. Koʻp yillar davomida Shayboniyxonga qarshi Zahiriddin Muhammad Bobirgina deyarli yakkama – yakka jang olib borgan edi. Muhammad Solih temuriylarning bir – biriga nisbatan adovat hamda xusumatini Husayn Boyqaro va uning oʻg`illari misolida haqqoniyat bilan ochib tashlaydi. Shabyoniyxon Xorazmni bosib olganlan keiyn Husayn Boyqaro oʻz toj – taxti qoʻldan ketib qolish ehtimolidan hadiksirab, temuriy hukmdorlarni va shahzodalarni yig`ib, dushmanga qarshi birgalikda kurash olib borishga qaror qiladi. Biroq temuriylar oʻzaro ziddiyatlarini yengolmaydilar, maishatbozlikdan qutula olmaydilar.
Muhammad Solih temuriylarni shu xilda qoralaganda, shubhasix, haqli edi. Biroq, shuni ham uqtirish lozimki, u bu aybnomani Shayboniyxonni ideallashtirishga bir vosita qilib qoʻyadi. Shayboniyxonning taxtga chiqishini qonuniy bir hodisa deb ta’riflaydi, uni «elga inoyatlar qiluvchi» «Madhdin zamon» deb ataydi. Bundan tashqari Muhammad Solih temuriylarga ayniqsa Bobirga haddan ortiq munosabatda boʻladi. U Bobirni mumkin qadar qoralashga, salbiy holda koʻrsatishga intilib, uning faoliyatidagi ijobiy tomonlarni e’trof qilmaydi. Uning tasvirida Bobir zolim va johil bir kishi siftaida gavdalanadi, Muhammad Solih Bobirning Samarqandni egallab olishini bayon qilar ekan:
Chu Samarqand oldi Bobir,
Xalq aro tafriqa soldi Bobir,
Husn maydoniga zolim kirdi,
Zulm bozorig`a ravnaq berdi…- deydi. U Boburga nisbatan tendentsioz kayfiyatda boʻlgani tufayli, Bobirning Samarqandni olishiga xiyla xayrixohlik bilan qaragan shahar aholiysini haqorat qilishigacha borib yetadi:
…Ushbu soʻzlar bilan ul nodon el,
Qoysi nodonki boʻlak hayvon el,
Shartlar ayladilar mustahkam,
Qildilar qal’alarini mahkam…
Shunday qilib, Muhammad Solih, bir tomondan, temuriydlar saltanatining inqiroz va halokatini toʻg`ri tasvirlashga intilsa, ikkinchi tomondan, tenditsiozlik kayfiyatlariga berilib, tarixiy haqiqatni soxtalashtiradi.
Ikki sulolaning toj – taxt kurashi feodal-klerikal ekapluatatsiya ostida ezilib yotgan mehnatkash aholni yanada qattiqroq xonavayron qilgn edi. Dahshatli urushlarda koʻpgina shahar va qishloqlar xarob etilgan, elning mol – mulki talon – toroj qilingan, yigitlarning qoni behuda toʻkilib, qizlarning nomusi tahqirlangan, ota-onalar zor-zor yig`lagan, qon qaqshatilgan edi. «Shayboniynoma»da xalq obrazi mana shu urushlar va ularning oqibati aspektida tasvirlanadi; shoir ikki sulola oʻrtasidagi urush va uning oqibatlariga «taqdirning ishi» deb qarashi hamda Shayboniyxonga yon bosishi, uni oqlashi va xalq ommasining bosqinchilariga boʻlgan nafrat va g`azabni, uning vatanparvarlik va qahramonlik ruhini, oʻzaro urushlarning dahshatli lavhalarini tasvirlaydi, joy-joyi bilan mazlum va jabrdiydalar holiga achinadi. Bu bilan Muhammad Solih oʻzbek klassik adbiyotda relaiz tendentsiyalari rivojiga katta hissa qoʻshadi.
Shayboniyxon qamal va oʻldirishlar bilan cheklanib qolmaydi. U el-yurtning mol-mulkini talon – taroj qiladi, kishilarning xotini va qizini tortib olib, ularning sha’niga isnod keltiradi. Xondamir «Habibus–iyar»da Shayboniyxonning Buxoroni bosib olinishi soʻzlar ekan, «Shayboniyxon hukm qildiki, qoʻshinlar u viloyat aholisining butun mollarini talon – taroj qilsinlar…» deydi. Shayboniyxon qoʻshinining talonchiligi «Shayboniyxon qoʻshini xalqni talashga kirishadi. Hisor aholisi mol – mulkidan va oʻg`il – qizidan judo qilinadi:
«Tangrining soyasi» Shayboniyxonning bosqinchilik faoliyati xalqning boshiga shunday mash’um kunlarni solgan edi. Shoir bularning barchaisni birma – bir chizib koʻrsatadi. Ammo koʻp oʻrinlarda uxalqni «dinsizlikda» va «isyonkorlikda» ayblaydi, feodallarning xalqqa keltirgan hamma musibatlarni «tangrining irodasi» bilan boʻlgan ish deb tushuntirishga intiladi.
«Shayboniynoma»ning eng muhim badiiy usullaridan biri qarshilantirishdir. Bu usul voqealar, obrazlar vaxarakterlarning mohiyatini, ularning konfliktini ochishga xizmat qiladi Shoir shu usul bilan feodal urushlarning dahshatli oqibatlarini, ayniqsa qamal qilingan shahar va qoʻrg`onlarning ahvolini toʻlaroq va mukammalroq yoritishga erishadi. Misollar: Buxoro qamali tasviri (tasvir Shayboniy soʻzi bilan boshlanadi):
Sohibi jilvada boʻston ichida, Qon yutub sohibi qoʻrg`on ichida…
Tashqari bog`lar ichra anhor, Ichkari suvsiz ulus yig`lab zor…

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish