Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet11/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
8.Turdi Farog‘iy. XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farogʻiy oʻz she’rlarini koʻp hollarda «Turdi» nomi, ba’zan esa «Farogʻiy» (erkin tabiatli kishi) taxallusi bilan yozgan. «Farogʻ» Jizzah hududidagi qishloqlardan birining nomi boʻlishi ehtimoli bor.
Turdi Farogʻiyning hayoti va ijodi haqida tarixiy manbalarda aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Bu toʻgʻrida asosan uning bizgacha yetib kelgan sanoqli she’rlari boʻyicha fikr yuritish imkonimiz bor, xolos. Turdi ijodini oʻrganishga A.Fitrat, O.Sharafuddinov, H.Yoqubov kabi olimlar hissa qo‘shganlar.
Turdining nomi ham, hozir bizga ma’lum boʻlgan she’rlari ham 1925- yili kashf qilinadi. Oʻsha yillari A.Majidiy Kattaqoʻrgʻonda oʻtgan shoir-adiblar adabiy merosini aniqlash va oʻrganish jarayonida qoʻlyozma asarlar orasidan Turdi, Farogʻiy taxalluslari bilan bitilgan 12 gʻazal 5 muxammas, 1 fardini aniqlaydi. U oʻsha yillar Samarqandda chiqib turgan “Maorif va oʻqituvchi” jurnalinig 925- yil 9-10- sonlarida “Oʻzbek shoiri Turdi maqolasini hamda oʻzi topgan she’rlarni e’lon qiladi. Bu topildiq koʻpgina adabiyotshunoslar e’tiborini tortadi. Yumladan, S.Ayniy va Abdurauf Fitrat Turdi she’rlari haqida fikr yuritganlar, Majidiy ma’lumotlarini toʻldiruvchi, chuqurlashtiruvchi fiklar bayon etganlar. Oʻsha sherlar keyinchalik, 1960-yili professor H.Yaqubov, 1971-yili professor A Haitmetov tanmonidan kirish soʻzlari bilan nashr qilinadi. Shoirning A.Majidiy tomonidan topilgan va 1924-25 yillarda nashr etilgan she’rlar qoʻlyozmasi 30-yillardagi qatagʻonda yoʻqolib ketgan boʻlib, uni qaytadan topish va ilmiy muomalaga qiritish 1959 yilga toʻg`ri keldi.Bu qoʻlyozma hozir Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqShu nosliq institutida saqlanmoqda. Unda 434 misra yaqin 18 she’r (16 tasi oʻzbekcha va ikkitasi tojikcha) bor 12 tasi gazal, 5 tasi muhammas va bittasi fard janriga mansubdir. Turdining adabiy merosi 18 she’rdan iborat boʻlib, ulardan 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulijon toʻgʻrisidagi mashhur hajviyatni tashkil etadi.
Turdi 1640-yillarda Buxorodagi «yuz» urug`i boshliqlaridan birining xonadonida dunyoga kelgan, maktab va madrasada oʻqigan. Turdi ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642—1645), Abdulaziz (1645—1680) va Subhonqulixon (1680—1702) hukmronligi davrida yashadi. U Abdullazizxon davrida «yuz» urug`boshliqlari orasida e’tiborli oʻrin olgan edi. U hayotining boshlariga toʻg`ri kelgan bu holni mamnuniyat bilan ta’kidlab, bir she’rida bunday degan edi:
Hukm joriy, soʻz qabuli, bir guli dar goʻsh edim,
Xush amonlar «yuz» qazoi boshida sarjoʻsh edim,
Bu misralar Turdining shaxsiy hayoti bilan bog`liq boʻlib, ular Abdulaziz hukmronligi davrida shoirning nisbatan obroʻli va e’tiborli boʻlganini koʻrsatadi. Turdi tahminan 1699-1700 yillarda vafot etgan.
Turdi ijodining birinchi davrida zamondoshlari Naxliy Buxoriy, Shavkat Buxoriy va Nasim Nasafiyga oʻxshab ishqiyintim she’rlar bitgan. Shunday she’rlaridan birida u «koʻzlari shahlo», «shoʻxi diloro»larni madh etgan, «mehr» (quyosh)iing nur sochib chiqmog`i uchun «subh yaqo yirtmog`i» kerak, deb sohibjamol yorni hamma yoqni munavvar qilib chiquvchi quyoshga tenglashtirgan:

Turkona xirom ayladi ul shoʻxi diloro, Dil mulkini bir goʻshai chashm ayladi yag`mo.
Tufrog`da jon bitsa ravodur, na ajab gul, CHoʻx sarvi'sihi etdi nihon koʻzlari shahlo.
Har qanda g`ami doʻst dilporani istar, To subh yaqo yirtmadi mehr oʻlmadi paydo,

Turdi fors-tojik tili va adabiyotipi ham mukammal bilar edi, u ayrim she’rlarini fors-tojik tilida yozgan, klassik shoirlarning g`azallariga muhammas bog`lagan. SHoirning «Muxammas bar g`azali Sa’diy» nomli 20 misraly beshligi shular jumlasidandir:
Bargi har toza gule shohidi maddi nazarand, Har varaq safhai manzur zi ahli basarand,
Xushk lab, dog` ba dil, tashna ba xuni jigarand, Nest on lolaki dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonand, ki az xok barovarda sarand.
(Har bir yangi ochilgan gul yaprog`i, kishilar nazarini oʻziga tortadi, gulning har bir varag`i ma’noli koʻz bilan qarovchi kishilarga manzur boʻladigan bir sahifadir. Bu gullarning labi qurigan, dili dog`li, jigarlari qondir. Choʻl va sahrolarda jilvalanib turgan narsalar lolalar emas, balki soʻyilib ketgan kishilar boʻlib, tuproqdan bosh chyqarib turibdilar.)
Shunday qilib, Turdi ijodining dastlabki bosqichi g`oyaviy-tematik jihatdan mahdud edi. Bu bosqichda shoir, bir tomondan, ishqiy-intim she’rlar, ikkinchi tomondan, feodal hukmdorlarga atab madhiyalar bitadi.
XVII asrning 80-yillarida Turdining ijodida yangi bosqich boshlandi. Feodal-klerikal istibdodga qarshi norozilik harakatlarining avj olishi natijasida Turdi shax-siy maqsad va kayfiyat mahdudligi girdobidan chiqib, muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar haqida fikr yuritadi va keng xalq ommasiga yaqinlasha boshlaydi. Shoir Turdi turli beklarga qarata quyidagilarni yozgan edi:
Tor koʻngillik beklar, man-man demang, kenglik qiling,
Toʻqson ikki bori oʻzbek yurtidur, tenglik qiling.
Birni qipchoqu xitoyu, birni yuz, nayman demang,
Qirqu yuz, ming son boʻlub bir jon oinlik qiling...
Kim qoʻyubdur uhdayi oʻz mulkingizdan chiqmayin,
Ikki-uch-toʻrt da’vosin etmoqni, koʻtahlik qiling.
Xalqni xonavayron qilgan oʻzaro feodal urushlari avj olgan oʻsha tarixiy vaziyatda ana shunday chaqiriq bilan ish g`oyat progressiv ahamiyatga ega edi.
Shuningdek, shoirning:
Shohlik uldurki, aning hukmu soʻzi bir kerak,
Adl bobinda qurib, rost nishon tir kerak,
Rostrav, dini durust, peshasi tadbir kerak —
kabi satrlari ham katta ahamiyatga egadir. Chunki shoir bu oʻrinda diniy tushuncha zamirida yurtni hamjihatlik bilan boshqaruvchi shox. haqida xayol suradi. XVII asrdagi oʻzaro urushlar kuchaygan davrda yaxshi niyat bilan ilgari surilgan bu fikrlar esa progressiv ahamiyatga molik edi. Buni yana shundan ham koʻrish mumkinki, shoir ijtimoiy haqsizlik hukm surgan oʻsha davrda odil shoh boʻlishini orzu qilib, bunday hukmdorni zoriqib kutadi, yoʻllariga iitizor boʻladi:
Qani bir xisravi odilki, anga dod etsam. Soʻrsa ahvolimi g`am xirmonini,' bod etsam,
Domi mehnatkadadin koʻnglumi ozod etsam, Kim buzulg`on dili v.ayronami obod etsam,
Aylasam boʻsi adab, shoh qoʻyub qayda oyoq.
Lekin shoirning bu fikrlari shirin xayol boʻlib qolaveradi, oʻz zamoniga nisbatan oʻzini «qulzum» (katta dengiz) zotidan deb bilgan shoir: «Qatrayam nochiz, ammo zoti Qul-zum Turdiman», deganicha qolaveradi. SHoir oʻzining «qirq, yuz, ming aqrabolar»i orasidagi «baxti qaro»ligi, «tolei shum»lidan shikoyat qiladi:
Qirq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur, Ne balo, baxti qaro-yu, tolei shum Turdiman.
Subhonqulixon hokimiyat tepasiga kelgandan soʻng shoir Turdining soʻzlariga quloq solish u yoqda tursin, balki uni Abdulazizxonning yaqin kishisi deb saroy lavozimidan chetlatgan edi. Turdi ijodida satira olovi alangalandi, birin-ketin bir necha satirik asarlari vujudga keldi. Shoir fitna fasod, zulm va talovchilik avjiga chiqqan mamlakat ahvolini mana bunday chizib koʻrsatdi:
Bir sari azm ayla joyi nomusulmondur bu mulk, Fitnai avboshu, zulmu jabru tug`yondur bu mulk...
Dur ahdu, tang chashmu besaru ya’jujvash, Muxtalif mazhab guruhi oʻzbekistondur bu mulk...
Joyi islomu musulmonlig`, Farog`iy, istama, Poytaxti Kishvari Subhonqulixondur bu mulk.
Turdi «Dur ahdu, tang chashmu besaru ya’jujvash» Subhonqulixonni va uning saroy ahlini, ayniqsa, «Subhonqulixon toʻg`risida hajviya» asarida oʻtkir satirik qalami bilan fosh etgan edi.
Turdi bu satirik muxammasini 1691-yilda yaratdi. Satira 33 banddan, ya’ni 165 mlsradan iborat boʻlib, unda shoir Subhonqulixon va uning amir amaldorlarining qirdikorlarini, ularning ma’naviy qiyofasini fosh etish tug`risida hajviya.» Bu satirik muxammasning toʻliq nomi quyidagichadir: «Dar asri Subhonqulixon va bid’athoi xon va g`ulomon va umaroi on va inoq budani Boyloq qushbegi muxammasi turki dar hajvi onho tahrir namuda shud» («Subhonqulixon asri va xon hamda uning qullari va amirlarining bid’ati va Boyloq Qushbegining inoqligi haqyada turkyy talda tahrir qilingan hajv»),
Ma’lumki, Abdulazizxon oʻrniga taxtga chiqqan Subhonqulixon Abdulazizga ixlosmand boʻlgap amir amaldorlarni, jumladan Turdini ham, saroydan uzoqlashtirib, ularning oʻrniga itoat va sadoqat bilai xizmat koʻrsatgan kishilarni mansabga koʻtardi. Ularni aholi xoʻjasarolar (saroy egalari) deb yurita boshladi. Ayrim xoʻjasarolar. bir emas, bir necha mansabga ega edilar. Turdi Subhonqulixon va uning amir amaldorlarini tanqid qilar ekan, shaxsiy g`arazi doirasida qolib ketmaydi, balki Subhonqulixon hukmronligining dahshatli manzara va oqibatlarini ob’ektivroq tasvirlashga intiladi, shoirning mulohaza va muhokamasi sub’ektivizmdan ob’ektiv tasvirga tomon rivojlanib boradi.Turdi Subhonqulixon hukmdorligini tubandagicha tasvirlaydi:
Joyi osoyish emas hech kima bu koʻhna ravoq, Yog`durur boshimiza sangi jafo, gardi firoq,
Yoʻqolib rasmi vafo, boʻldi hama boshu oyoq, Mulkdin adlu karam ketti, kelib kinu nifoq, Yaxshilik qilma tama’, zulm ila doʻldi ofoq... Fuqaro boʻldi bu shoh asrida koʻp zoru nahif,
Zulmdin boʻldi raiyat elikim, xoru zaif, Soli tarixyn etdim chu xiraddin taklif,
Dedi: «din» boshdin-oyoq tushub, «islom zaif» Davri Subhonquli jobir, umarosi yapaloq...
Turdi Subhonqulixonni «bid’atu zulm aning xilqatu asli zoti», «soʻzidur betagu farmoni nishoni jaali», «mumsiku siflayu dundurki bag`oyat qabali» deb uning munofiqligi, razilligi va zolimligini tanqid etish bilan birga, uning xalq va yurt ahvoliga mutlaqo qizyqmagani, saroyi va xoʻjasarolari girdobiga oʻralib qolganini xonning oʻz tili bilan fosh qilib tashlaydi:
«Shukrkim dorulamon manzilimu ma’voyim, Olami sel agar tutsa balanddir joyim,
Davlatu xojasarolardur maning simoyim, Olami sel agar tutsa balanddur joyim, Ark ichin mahkam etib ayladim oʻzimga yotoq»
Subhonqulixonning amir beklari zoʻravonlikda, insofsizlik va adolatsizlikda uning oʻzidan qolishmas edilar.Uning saroyi johil va tekinxoʻr amaldorlar bilan toʻla edi:
Xon eshigida kishi qolmadi bir sohibi fan, Bor bir necha soʻqum kaydi mahzi gardan,
Kelmas qoʻllaridin ish, hama oshxoʻr, g`arzan...
Subhonqulixonga va uning amaldorlariga qarshi xalq nafratini ifodalagan shoir bu amaldorlarning jirkanch basharalarini tasvirlar ekan, Subhonqulining parvonachisi — koʻppak yuzli koʻr, dodxohi — sovun koʻpigi aralash ichimlik bilan toʻlib toshgan mesh, sipohisi gadoyga oʻxshagan, och itdek darbadar kezadigan, eb toʻymas qirchang`i ekanligini koʻrsatadi:
Koʻr — parvonachidur, koʻri sagi — koʻppakroʻ, Dodxohi doʻla mag`zobayu bir mashki saboʻ.
Soyirun — nos sipohisi oʻlub qirchong`u, Tinmai itdek yururlar darba-daru koʻy ba koʻ.
SHoir xalqning soʻnggi burda noniga ham chang soladigan bu poraxur va talovchi beklarni hamma narsani yutib yuborishga tayyor turgan yirtqich hayvondan ham battarroq yirtqich maxluqlardir deydi:
Yegani haqqi yetim, madrasalar avqofi, Bularning oldida bordir boʻrining insofi.
Ajdahodek poraga turmush ochib og`zini Yurtdin yoʻq xabari barchasining fikri tamoq.
Yedyngiz barchangiz itdek fuqaroning etini, G`asb ila molin olib, qoʻymadingizlar bitini,
Qamchilar dog` solib boʻyung`a, tilib betini, Erdingiz zahrasini (ichidan) olib oʻtini,
Boʻlmadi kam bu raiyat boshidin hech tayoq.
Shoir el-yurt g`amidan uzoq turgan bu haromtomoqlarga qarshi g`azab bilan shunday yozadi:
Barchasi poravu rishvatga oʻlub badomoʻz, Xalq qoʻliga tama’ birla tikib doim koʻz...
Soʻzlamas el g`amidan yuzi qarolar bir soʻz, Tiqayin har birining og`ziga bir-bir qumaloq.
Shunday qilib, Turdi Subhonqulini hamda uning Qushbegi, dodxoh, parvonachi, bek va xojasarolarini satira qamchisi bilan savalaydi va ularga xalqning «El — rabot, toʻra — qoʻnoq» degan hikmatli soʻzlarini eslatib, ularni ogohlantiradi, «sizga darkor bu yurt», nega yurtni buzasiz, hammani xonavayron, sarson-sargardon qilasiz, deb el-yurt nomidan ularga xitob qiladi, ularni iisof va adolatga undaydi. Lekin shoir afsuslaiib, bu gaplarpiig koʻzi koʻr, qudog`i kar beklarga ta’sir etmaganini ta’kidlaydi:
Etmadim hech yera bu qofiya paymolig`din... Kosh ul g`arzanlar solsa quruq soʻzga quloq...
Turdi «joyi osoyish» qidirib, Buxorodan joʻnab qolishga majbur edi. Aks holda uning eatirik she’rlari, isyonkor qalami hukmron doiralarning g`azabini qoʻzg`atishi va hayoti-ni tahlika ostida qoldirishi mumkin edi. Bundan tashqari, Turdi Subhonqulixonga qarshi 1685—1686 yillarda koʻtarilgan isyonda aktiv ishtirok etgan edi. Shu bilan Turdi faoliyatining uchinchi davri boshlandi.
Buxoroning Namozgohida toʻplangan isyonchilar qoʻzg`alon koʻtargan xalq ommasi bilan qoʻshilib ketdi. Subhonqulixon va’zxonliklari isyonkor beklar, urug`chilik arietokratiyasi vakillariga kor qilmadi, bundan g`azablangan xon esa qoʻzg`olonchi xalqqa qoʻshilib ketgan isyonchilarga qarshi qoʻshin tortdi. Ikki oʻrtada qattiq jang boʻldi, nihoyat Subhonquli qoʻshini ustun keldi va isyonchilar Ziyovatdinga chekindilar.
Bu isyonchilar ichida yayov yurgan Turdi bir ulovga muhtoj edi. Turdining eski tanishi Hazora qal’asining boshlig`i Halimbiy otaliq shoirga bir ot in’om qilmoqchi boʻldi. Lekin quyuq va’dalar bergan bu bek oʻz va’dasiga vafo qilmadi. Shundan keyin shoir ot va in’omning.kechikishi haqida «Tarixi asbu in’omi Halimbiy otaliq» nomli hajviya yozib, unda Halimbiy otaliqni qattiq uyaltirgan edi:
Ayo miri valina’min kiromi ot in’omi,
Yuzini koʻrmag`a hasratda boʻldum eshitib nomi.
Na yolg`iz ot edi umid yuz in’om, ehsondin,
Ki nobuda xayoli shahdg`a shirin etib komi.
Nyo gardig`a etdim, na boqib koʻrdim qarosini,
Samandi umrdin, bodi nafasdin tez ekan gomi.
Bila olmon bu duldul raxshi Rustam yo parizodi
Ki odam oʻg`liga rom oʻlmag`on, ne erda oromi?
SHarofat adlu ehson, bovujudi kasrati kufriy
Qolib Noʻshirvonu Hotaming olamda neku nomi.
Hazora qal’asida jam’i xosuom orasida
Zaboni pur durarboringdin eshittim bu payg`omi.
Ushal tarixdin oʻn oy oʻtub yilga qadam qoʻydi,
Ki ne og`ozini bildim yaqin, ma’lum anjomi.
Mening ozoda boshimni giriftori tama’ qilding,
Mudomat bermas oʻlsang, nega berding va’dayi xomi.
Necha eldim, yugurdim, boʻlmadi xosiyati ma’lum,
Quruq ovozayi in’omi mahzu ot badnomi.
Koʻrinib turibdiki, Turdi bu satirasida Halimbiy otaliq misolida oʻz zamonasidagi shuhratparast, lofchi va munofiq feodal hukmdorlarni achchiq tanqid qiladi.
Shoir faqat otaliqlarga, beklarga emas, balki xalqni aldash va talovchilik bilan kun koʻruvchi, mehnatkashlarni hukmdorlarga qul qilib beruvchi xurofotchilar, shayxlar, zohidlar va hojilarga ham ishonmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shoirning fikricha, ular Makkaga borib, haj qilib kelsalar ham, aslida eshakligicha qolaveradilar. Ularning tashqi koʻrinishiga qarab, shayx-soʻfi ekanligiga ishonmang, zero it masjidga kirib chiqishi bilan goʻng emoq-ni tark etmaydi. Shoir bu fikrini oʻzining quyidagi misralarida ifodalaydi:
Atolur hoji kofir Makka borib haj qilib kelsa,
Ki hargiz oʻzga boʻlmas haq yoʻlin yurgan bilan eshak.
Koʻrib zoirda oni shayxu soʻfiy e’tiqod etma,
Kirib maschidga chiqmoq birla qoʻymas goʻng yemoqni sak.
Buxorodan Samarqandgacha choʻzilgan qoʻzg`olon Miyonkolotda shafqatsizlik bilan bostirilgach, Turdi dastlab Jizzaxga, undan soʻng yiqilasurila Uratepaga va Xoʻjandga oʻtadi. Xoʻjand va Uratepa hokimi Oqboʻtabiyga murojaat qiladi, undan yordam soʻrab she’rlar yozadi:
Voqife yoʻq bu musofirlikda mandin ne oʻtar,
Baski yuz koʻyi bila roʻzi kelib, roʻzi ketar,
Uzmagay mundin baloyu, boʻlmag`ay mundin batar,
Aqrabolar suhbatimdin or etar, qoshin chetar,
Salb dillarda, nazarlarda kareh suprindiman.
Charxi dun qildi manga javru jafolar behisob,
Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechu tob,
Har sari eldim-yugurdim suvsanib mavji sarob,
Tashna deb gardi kudurat zeri poyinda xarob,
Bahri davlatdin yiroq, gardanshikasta, mundiman.
Bu «Muxammasi turki»da shoir oʻz ahvolini ifodalab, kimsasizlik va bechorachilikdan balo oʻqlariga ham, qazoga ham rozi boʻlib qolganiny uqtiradi:
Bekase, mushti xase, bir bandai bechorae,
Sobiram roʻzi qazo tiri balog`a koʻndiman.
Turdi oʻziniig «Muxammasi turki dar viloyati Xoʻjand dar voqeai boʻtafid va Oqboʻtabiy xitob karda tahrir namud» sarlavhali ikkinchi «Muxammasi turki»sida ham oʻz hasrat nadomatini ifodalaydi. Oqboʻtabiydan madad soʻraydi. Biroq Oqboʻtabiydan ham madad boʻlmaydi. SHoirning hasrat-nadomati yanada kuchayadi, u oʻz xatti harakatlaridan qattiq afsuslanadi. Uning bu holati «Dar mazammati sipohigari» («Amaldorlikni yomonlab») degan tojikcha 12 misrali she’rida ravshan ifodalangandir. Bu she’r: «Amaldorlik botqog`ida umrymni g`aflatda nobud qildim. Podshohning lutf ehsoniga umid qilib, soch-soqolimni oqartirdim», mazmunidagi:
Umr shud talaf ba g`aflat dar vartai sipohi, Moʻy safed kardam bo umedi lutfi shohi—
mysralari bilay boshlanadi va «yuqori tabaqa kishilaridan boʻlaman deb oʻylab, quyi tabaqa kishilaridan uzoqlashishga urindim, natijada shunday tushkunlikka uchradimki, hatto balandlik. (joh) bilan pastlik (choh)ni ajratolmay qoldim. Umrimni ommadan uzomlashgan holda oʻtkazib, amaldorlikdan nima ham foyda koʻrdim», mazmunini ifodalovchi:
Guftam shavam zi xoson, gardam bari zi omon, Aftodamu nadonam az joh to ba chohi.
Shu umroh saropo gashtam baryzi omon, Ammo chi sud didam az in hama sipohi—
misralari bilan tugallanadi.Turdi Xoʻjand va Uratepa hokimlari Rahimboy va Oqboʻtabiylardan madad ololmagach, boshpana qidirib, tog`lik rayonlarda (jumladan, Tojikistonga qarashli hozirgi Yoriy, Urmetan, Qishtut tomonlarida) darbadarlikda yurgan boʻlsa kerak. Chunki keyingi yillarda xuddi shu rayonlardan topilgan tojikcha she’rlarni Turdi tomonidan ijod qilingan deb taxmin qilish mumkin. Zotan bu joylardan topilgan va Turdiniki deb taxmin qilinayotgan she’rlar ham mazmuni, ham uslubi jihatidan shoirning 450 misrali qoʻl yozma toʻplamidagi tojikcha she’rlari bilan hamohangdir. Cunonchi, Urmetan qal’asining devorida naqshlangan she’rda shunday misralar bitilgan:
Az xona baromademu ohe kardem, Soʻi vatani padar nigohe kardem
Gulhoi vatani padar shukuftan girad, Beaql budem, xudro musofir kardem
(Uydan chiqiboq ota vataniga nazar solib, oh tortdik. Ota vatanining gullari yashnay bersin. Aqlsiz ekanmiz, musofir boʻlib qoldik).
Kishtut qal’asidagi masjid devorida Mirzo Turdiga taalluqli mana shunday baytlar bor:
Umrim guzasht bar gandagi. Zad bar dili man zindagi,
Murdamki chun az Tushnagi, Yo rab, gunohi man chi bud?
Mardum hama hayron shudayad. Az dasti non giryon shudand,
Az gushnagi sarson shudand. Yo rab, gunohi man chi bud?
(Umrim, yomonlik bilan oʻtdi, tirnkchilik jonimga tegdi, ochlikdan oʻlayotirman; ey xudo, mening gunohim nima edi?Xaloyiq hayron boʻlib, bir parcha nonga zor boʻlib yig`ladi, ochlik» dan sarson-sargardon boʻlib qoldi; ey xudo, mening gunohim nima edi?).
Shu masjid devorida quyidagi bayt ham naqshlangangan:
Yodgor az mo dar in manzil g`ami bisyor mond,
Garchi otash raft, ammo dud dar devor mond,..
(Bu manzilda juda koʻp g`am-alam yodgor boʻlib qoldi, garchi olov soʻngan boʻlsa ham, ammo uning tutuni devorlarda qoldi).
Misol tariqasida. keltirilgan bu baytlarda musofirlikda mahalliy g`ariblar bilan birgalikda.bir parcha nonga zor boʻlib hayot kechirgan shoirning oh-vohlari ifodalangan, bir vaqtlarda Subhonqulixonlar zulmiga qarshi otash boʻlib yongan isyonkor shoirning nola-fig`onlari devorlarda «tutun» boʻlib yopishib qolganligi bayon etilgan.
Subhonqulixon siyosatidan norozi boʻlgan Turdi va unga oʻxshash boshqa urug` boshliqlari, xalq qoʻzg`olonidan foydalanib, isyon koʻtaradilar va shu yoʻl bilan xalq orasiga kirib keladilar. Turdi xalq orasidan oʻziga hamroh topadi.

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish