Ma’ruza №32
Metallurgik pechlar qurilishida qo‘llaniladigan o‘tga chidamli materiallar.
Pechning gazoxod sistemalari, uning havo kislorod va suv bilan ta’minlanishi
Tayanch iboralar
: qurilish g‘ishti, sement, but toshi, qum, shag‘al, o‘tga chidamlilik, issiqlik
o‘tkazuvchanlik, g‘ovaklilik,
hajmiy massa, kvars, alyumosilikat, kremnezem, dinas, shamot,
magnezit, dolomit, forsterit, grafit, koks,
diagramma, poydevor, kesson, qotirma, domkrat, suv
bilan sovutiluvchi korobka, belbog‘, kojux, raspor, devor, podina, tuynuk, kladka, ustun, grunt,
grunt suvlari, plitalar, bolt, klin, futerovka.
Reja
: 1. O‘tga bardosh materiallarning turlari. Tabiiy va suniy o‘tga bardosh materialar.
2
. O‘tga chidamlik ko‘rsatgichlari. Dinasli mahsulotlar. Shamotli va yuqori glinozyomli
mahsulotlar.
3
. Magnezitli va xromli mahsulotlar. Uglerod tarkibli o‘tga bardosh materiallar. Issiqlik
izolyatstiyali materiallar.
4
. Pech korpuslarini sovutish elementlari. Pechlarni suv bilan ta‘minlash tizimi.
Pechlarni havo bilan ta‘minlash tizimi.
O‘tga chidamli materiallar haqida umumiy tushunchalar
Zamonaviy metallurgik pechlar qurilishi uchun ko‘p miqdorda turli materiallar qo‘llash
talab qilinadi, ulardan asosiylari: issiqlikka va o‘tga chidamli materiallar,
metallar, metall
qotishmalar va oddiy qurilish materiallari. Issiqlikka va o‘tga chidamli materiallardan yuqori
haroratli jarayonlar boradigan pechlarning ishchi bo‘limlar quriladi. Metall va metall
qotishmalari
pechning tashqi qoplamalari, mahkamlash ustunlariga, harakatlanuvchi detallarda
ishchi maydonlarda, shuningdek sovitish sistemalariga sarflanadi. Qurilish materiallari – qurilish
g‘ishti, sement, but toshi, qum, shag‘allar asosan pechlarning fundamentini, pech va gaz yurish
yo‘laklari tashqi qoplamasi, ishchi maydonlar va tayanchlar qurishga sarflanadi.
O‘tga chidamli materiallar pechlarda juda og‘ir sharoitlarda bo‘lib, yuqori harorat, erigan
shlaklar, metallar,
changlar, gazlar va turli mexanik yuklamalar ta’sirida bo‘ladi. Pechlarning
ishlab chiqarish quvvati va jadalligi, shuningdek to‘xtovsiz ishlash vaqtining davomiyligi
olovbardoshlarning sifati va chidamliligiga bog‘liq.
Pech texnikasining rivojlanishi o‘tga chidamli material
sanoatini rivojlantirish va
mukammallashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Yangi pechlarni loyihalovchi yoki ishlayotgan
zavod pechlarining ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi metallurglar ushbu pechlar uchun mos
keluvchi olovbardoshlarni tanlash va ekspluatatsiya qilish uchun turli o‘tga chidamli
materiallarning xossalarini bilishi kerak. O‘tga chidamli materiallarni tanlash va ekspluatatsiya
qilishdagi har qanday xato pechlarning
ishlash muddatini pasaytiradi, texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi va ba’zan hatto avariyaga ham olib keladi.
O‘tga chidamli materiallar deb uzoq vaqt davomida 1000
°
С dan yuqori bo‘lgan haroratga
bardosh berib, o‘zining mexanik mustahkamligini va shaklini saqlab turuvchi materiallarga
aytiladi. O‘tga chidamli materiallar quyidagi talablarni qanoatlantirishi shart, ya’ni: 1. O‘tga
chidamliligi - 1580 °С dan kam bo‘lmasligi; 2. 1000°С dan yuqori haroratda ham etarli darajada
texnik mustahkamlikga ega bo‘lishi; 3. jarayonda harorat o‘zgarishiga
chidamliligi; 4.
metallurgik jarayonlar borishi davomida kimyoviy mustahkamligi; 5. qizdirish natijasida
o‘zining shaklini va hajmini saqlab qolishi; 6. fizikaviy xususiyatlari - issiqlik o‘tkazuvchanlik,
g‘ovaklik, solishtirma va hokazolarga javob berishi; 7. ommaviy
ishlab chiqarish uchun
tannarxini arzonligi.
Barcha zamonaviy o‘tga chidamli materiallar oksidlardan yoki ugleroddan va uning
birikmalaridan iborat. O‘tga chidamli materiallarning xossalari sezilarli darajada ularning
kimyoviy tarkibi bilan aniqlanadi. SHuning uchun o‘tga chidamli materiallarning tasniflanish
asosiga ularning kimyoviy tarkibi qo‘yilgan.