5-Mavzu: Rauf parfi she`riyati



Download 433,52 Kb.
bet1/8
Sana16.03.2022
Hajmi433,52 Kb.
#493369
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adabiyot ma`ruza 22


5-Mavzu: Rauf parfi she`riyati
Reja :

  1. Rauf Parfi tarjimai holi

  2. Shoir ijodi. She`rlari tahlili

XX asr o’zbek adabiyoti xususan she’riyatining yorqin namoyondasi, Cho’lpon boshlab bergan Yevropa tipidagi o’zbek modern she’riyati deb nomlangan ulug’ yo’l davomchisi Rauf Parfi edi. Xassos shoir Rauf Parfi o’zining badiiy va shakliy jihatdan rang barang ijodiy namunalari bilan adabiyotimizga o’tgan asrning 60 yillaridan boshlab bo’y ko’rsata boshlaydi. Rauf Parfi o’z uslubiga, o’z so’ziga, o’z ovoziga ega Asqad Muhtor tabiri bilan aytganda – yaralari ochiq dardli shoir edi. Rauf Parfi she’rlarini ko’pchilik murakkab deb hisoblaydi shoir o’z she’rlarida she’rxonga xukumni bermaydi badiiy xulosa yasamaydi. Shoir qo’llagan metoforalar esa she’rlarni murakkablashtirish uchun emas aksincha kitobxonni o’ylashga mushoxadatalab she’rxonni extiyojini qondirishga xizmat qiladi bu birinchidan. Ikkinchidan o’sha davrda adabiyotimizda endigina o’zining shakl shamoilini topayotgan modern she’riyatga xos bo’lgan xususiyatlardan biri edi bunday yo’sinda ijod qilish. Har bir shoir, yozuvchining o’zigagina xos bo’lgan uslubi, yo’nalishi, o’ziga xosligi bo’ladi, bunday murakkab, bunday metofroik she’riyat Rauf Parfiga xos bo’lgan Raufona yo’nalishdir. She’riyat azal azaldan inson oroyishi uchun xizmat qiladigan vosita hisoblanadi. Rauf Parfi she’rlarini o’qir ekanmiz hayolot dunyosiga g’arq bo’lish bilan birga salqin va erkin tuyg’ular iskanjasida qolamiz va yana ruhimizni qandaydir pokiza hislar cho’lg’aydi. Quyidagi to’rtlik pokiza tuyg’ularimizning boshlanishiga isbot bo’la oladi.

Shirin uxlar tong chog’i go’dak,


Uxlar go’dak yo tong ko’ksida,
Yoki go’dak quchog’ida tong,
Uxlar shirin ham tinch osuda.

Bu to’rtlikda hayot haqiqatining badiiy ko’rinishi namoyon bo’ladi tong +go’dak. Tong yangi kunning boshlanish qismi. Go’dak esa butun boshli bir umrni boshidan kechirish uchun dunyoga kelgan insondir go’dak+ tong. Lo’nda qilib aytganda har ikkala so’z ham boshlanish debocha ma’nolarini ko’rsatib turibdi. Shoir esa buni shu to’rtligida aks ettirishga harakat qilgan va


to’laqonli ravishda buning uddasidan chiqqan.

Yuqorida takidlaganimiz salqin, epkin va munis tuyg’ularimizni jumbushga keltiradigan she’rlar quyidagilardir “Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar...’’ “Yaproqlarda shamol o’ynar…’’, “Tashqarida shovullar shamol…’’, “Shivrlama menga ey shamol…”, “Qayga uchmoqdasiz, qayga bulutlar…’’ kabi she’rlar ro’yxatini uzoq davom ettirishimiz mumkin. She’riy talantning to’qson foizi bu farosat, andoza, ohang va so’z tuyg’usidir. Ushbu to’rt narsa mavjud bo’lsagina she’r go’zallik poetika ustida so’zlash muhokama, tahlil yuritish mumkin.

* Biz so’z yuritayotgan Rauf Parfi she’rlari aynan yuqorida aytilgan to’rt unsurni ham o’zida mujassamlashtira olgan mukammal she’rlardir.

Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,


Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,
Ham qayg’umga ham quvonchimga.

Bu she’rni o’qib aytishimiz mumkinki lirik qahramin sokin yomg’ir paytida yolg’iz o’zi o’ylar girdobida ketayotgan odam deb. Lekin Rauf Parfidek ulug’ so’z san’atkori bu misralar orqali faqatgina shunday diyayotganmikin. Ma’lumki she’riyatda yomg’ir ilhom ramzi hisoblanadi, ilhom esa ilohiy tuyg’u qayg’uda ham quvonchda ham shoir kayifiyatini ko’rsatib turadi. Yomg’ir esa tabiat hodisasi muhabbat fasli bo’lmish bahorda ham, ayriliq va hazonrez kuzda ham yog’averadi. Shoir aytayotgan ham qayg’u ham quvonch shu quvonch shu qayg’u emasmikin? She’rning oxirgi satirlariga e’tibor beraylik:

Yomg’ir yog’ar shig’alab yog’ar,
Yog’a boshlar qog’ozga ko’ngil.

She’r boshidagi shig’alab yog’ayotgan yomg’ir she’r yakuniga kelib ko’ngil kechinmalarining qog’ozga yomg’irdek yog’ilishini takidlash bilan yakunlanadi.

Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki Rauf Parfi o’zbek modern she’riyati asoschilaridan biri sifatida o’zidan boy ijodiy meros qoldirdi u qoldirgan ilhom chashmasidan ko’p asrlar davomida ijodkorlar va keng ko’lamli she’rxonlar unumli foydalanadilar va o’zlariga bir olam taassurot oladilar.

***



Kunduz o’yga cho’mar. Tun yaqin.
Osmon yanglig’ oqshom sharpasi —
Olis ufq so’ngida yorqin
Kunning qizil shohi pardasi.
Kechki quyosh turmaklar sochin,
Jozibali bo’lar ertaga!
Ana ko’k ham marjonlar sochdi —
Kengliklarning moviy ertagin.
Dalalarda esar shabboda,
Egiladi nozik chuchmoma,
Yalpizlarning bargidan shoda –
Shoda shudring jimgina tomar.
Jozibali bo’lar ertaga.
Sevgi fasli asl va bedog’.
Kumush havolardan o’rtigi
Go’zalligi bilan yashnar tog’…
1958
OYDINLIK
Kunday yorug’, tunday qora
Ekan ko’zlaring.
Usmon NOSIR
1.
Oy suzadi. Muzlagan kecha,
Qor ufurar.
Tumonatda bir yulduz muncha
G’amgin turar…
G’uj-g’uj yulduz, oy suzar xoliy,
Boqasanmi?
Ishq daryosi oqar xayoliy,
Oqasanmi?
Nima keldi shu dam o’yingga…
Kim u? Ayt, kim?
Bechora oshig’ing ko’yingga
Bandmi, aytgin?
Oy suzadi. Muzlagan kecha,
Qor ufurar.
Tumanlarda bir yulduz muncha
G’amgin turar.
2.
Mayli oqshom, mayli qor,
Oy yorug’ida
Sen porlading, go’zalim,
Sevgi — ruhimda.
Kim yashirdi, yolg’izim,
Tunni ko’zingga,
Qor singari musaffo
Kumush yuzingga?
Olisda yal-yal yongan
U nima ekan?
Yurgin o’sha tomonga,
Ey, romantika.
Mayli oqshom, mayli qor,
Oy yorug’ida
Sen porlading, go’zalim,
Sevgi — ruhimda.
1960
“Cho’li Iroq”
Yerga tutash ufq jimillar,
Qumloqlarda karvon imillar,
Tuyalarda hazin qo’ng’iroq:
Cho’li Iroq, cho’li Iroq –
Buyuk Makka-Madina imlar.
Poyoni yo’q tumtaygan sahro
Uzra xurmo o’sadi tanho,
Xurmo osti tip-tiniq buloq:
Cho’li Iroq, cho’li Iroq –
Yurak chappak chaladi chanqoq.
Oh, behuda sevinar karvon,
Odam uchun eng shirin armon –
O’sha buloq, qurigan biroq,
Cho’li Iroq, cho’li Iroq,
Yo’li yiroq, ko’p yomon…
1960
Ona til
Moy sar`! Moy rab! Rodnoy yazik!
V. Bryusov.
Na joziba, na ajib rangu,
Va tiriklik maftuning mangu,
Zar ber, mezbon, mehmoning man-ku,
Shodon damim, g’amim, ona til.
Go’dak ekan, bo’lgandim hayron,
Ba’zan buzib so’zlagan zamon,
Shuncha fikr qilarmi nihon,
Shodon damim, g’amim, ona til.
Qulog’imga alllalar aytding,
Shirin-shirin yallalar aytding,
Bari yodda san nalar aytding,
Shodon damim, g’amim, ona til.
Navoiyni o’zing himoya
Eta, sochding dur benihoya,
Olami lol, ey saxiy doya,
Shodon damim, g’amim, ona til.
Shaharlarni qirg’in quritgan,
Qaro tuproq, ming afsus, yutgan,
Asrlardan lekin but o’tgan,
Shodon damim, g’amim, ona til.
Jang-jadalda zahrim, hamdamim,
Zimistonda eng porloq shamim,
Sen borsanki, yo’q mening g’amim,
Shodon damim, g’amim, ona til.
1961
***
Shirin uxlar tong chog’i go’dak,
Uxlar go’dak yo tong ko’ksida.
Yoki go’dak quchog’ida tong
Uxlar shirin va osuda.
1962
***
G’unchalar pushtirang va za’far
Zangori yaproqlar shahrida.
G’unchalar orzumdek har safar
G’unchalar qalbimning bag’rida…
Qalbimning bag’rida bir jahon
G’aroyib ertaklar aytadi.
Men qaytib kelmasman hech qachon,
G’unchalar, albatta, qaytadi.
1963

ISIKAVA TAKUBOKU XOTIRASIGA


Hasratimning
Suyuq toshlaridan
Dahma qurmoqchiman
O’zimga.
Ichida o’z jasadim bo’lsin.
1963
* * *
Yomg’ir emas, marvarid yog’ar,
Yomg’ir — kecha shaklinda bu on.
Suv singari jildirab oqar,
Kecha kechar shod va bearmon.
Barglarda raqs etar shabboda.
O’ynar sabo shaklinda kecha,
Tun bulutga ko’tarib boda
Afsonalar aytar tonggacha.
Tanizorim igna uchinda
Ko’zlarimda porlar qora nur.
Menga kecha yomg’ir ichinda
Mash’um xayol kabi ko’rinur,
Ruxsorini yuvgan kechada
Men bilmagan yalang’och shuur.
1963
***
Derazamdan uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq bo’ldi tush.
Bir ajoyib qor yog’ar bu kech,
Uchib tushar mening yonimga…
Men-ku seni o’ylamasman hech,
Sen tushasan ammo yodimga…
1964
* * *
Men o’tkinchi, men faqat mehmon,
Dargohingda, ey turkiy tilim
Menga bir she’r kerak ey, mezbon,
Yozilmagan she’r erur dilim.
Aytgil nechun bunchalar qiziq,
Eski jahon, bu eski jahon.
Bir she’r kerak non kabi issiq.
Menga bir she’r kerak, ey mezbon.
Men g’aribman va sen beomon,
Sen Quyoshsan, men so’ngan chiroq.
Qiynamagil meni, onajon.
Sen — abadiy, men — lahza, biroq
Itoat et meng’a shul zamon,
YO aylagil telbani tuproq.
1964
***
Bu kun bir tush ko’rdim. Tushimda
Buxoroda yurgan emishman.
Yuksak minoralar boshimda,
Oyoqlarim ostida gulshan.
Buxoroda yurgan emishman,
Men-la birga yurarmish quyosh.
Erir emish, oqar parishon
Muz asridan omon qolgan tosh.
Yuksak minoralar boshimda
Menga hasad bilan boqarmish.
Asrlar bir damday qarshimda
Zangor olov bo’lib oqarmish.
Oyoqlarim ostida gulshan —
Qaynoq olovlarning davomi…
Buxoro zangori gul ushlab
Meni asir etdi tamoman.
Ul ayirdi meni hushimdan —
Yuragimni kurgan emishman…
Bukun bir tush ko’rdim. Tushimda
Buxoroda yurgan emishman.
1964
***
Og’ushiga olar kunduzni
Kunduz kabi bu yorug’ kecha…
Kechalarning kechalik yodi
Asta tongning mayidan ichar.
Kuzatib qo’y tunlar yodini…
1964
* * *
Daryo mavjlariga yozilmish g’azal,
Maysalar egilib o’qiydir kitob.
Shodlanib xandalar otar bir lahza,
Bir lahza oh tortib qo’yadir oftob.
Qamishlar shivirlar daryo tomonda,
Ko’kda oq bulutlar kezar bemajol.
Bir tirik nafosat borliq, jahonda,
Kimgadir elanar, qilar iltijo.
Bu qadar go’zallik qaysi ochunda,
Bu qaysi kitobdir, kimning daftari,
Kimning olamidir qilich uchinda?
Qaltirab porlaydir bir chiroq g’arib,
Bir qushcha sayraydir ruhim ichinda,
Bir qushcha yig’laydir meni axtarib.
1964
* * *
Daftardan bir varaq boqadi kulib,
Bevafo keldingmi yana bu fursat.
Soat ham urinar qahrga to’lib,
Yo’qsan-ku, ne uchun kelding, ey surat?
Qattiqroq urpnar yanada soat,
Yanada buruqsab yonmoqda chiroq.
Tun qushi o’kirib qilar ibodat,
Derazam ortidan egilib shu choq.
Qorayib yonarsen zulmat yo’linda,
Yuragimda yonib bitgan sevgilim.
O’chgan xotiralar o’ngu so’limda.
Daftardan rasmingni olganman yulib,
Suratsiz shu varaq mening qo’limda,
Suratsiz varaqda sen borsan, gulim.
1964
* * *
Hayot ummonida bir-birin bilmay,
Shunday, biz to’qnashib qoldik daf’atan.
O’zing ayt, ne qilay, aytgil, ne qilay,
Qanday ayrilayin endi men sandan?
Sho’rpeshona ishqni tolega yo’yib,
Jimgina taqdirga berganimda tan.
Ishonchu armoning ko’ksimga o’yib,
Dovdir hayotimga kirib ketding san.
Sening ko’zlaringga qildim iltijo,
Bo’lmay, deb eng so’nggi mehrdan yiroq.
Inongil, bu sevgi emasdi, aslo.
Aldanib o’rgangan dard edi biroq.
O’rtada anglanmas qismat—muallo,
Yolg’izlik oshyoni, abadiy firoq.
1964
* * *
Men bilaman, vujuding bo’zlar,
Bag’ring yonar sayoq o’g’lingga.
Seni o’rtar bir og’ir so’zlar,
Axtarib chiqarsan yo’limga.
Ko’chalarga qaraysan har zum,
Kechalarni oqlaysan, ona.
Gunohkorman yolg’iz men o’zim,
Yana meni oqlaysan, ona.
Ochiq yotar tokchada kitob,
Ochits yotar mening daftarim,
Unda kezar mangu iztirob.
Tubanlikda yosuman jari.
Sho’rlik o’g’ling bir umr betob
Singan sozi, singan xanjari.
1964
***
Aylanib tushar qor
yo’limga,
Qo’lingni qo’ygil, yor,
qo’limga.
Sen qolding muhr kabi
labimda,
Sen — bir dard asabiy
qalbimda.
Ko’zimga berkitay
va lekin
Yoshday oqib ketma,
seviklim.
1964




Download 433,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish