Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid qarashlari. Reja: 1



Download 430,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana04.06.2022
Hajmi430,52 Kb.
#634166
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mavzu Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafag

David Yum
(1711-1776) 
Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, Yum 
ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib 
chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg‘ularimizning mazmuni 
bilangina ish yuritadi. Yumning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim faqat mantiqiy 
bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli 
va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib 
chiqariladi. Tajribani o‘zini Yum «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning 
sabablari ma'lum emasligi va bilib bo‘lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy 
asoslab bo‘lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo‘la 
olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqyea haqida avval bir taassurotga, keyin 
esa boshqasiga ega bo‘lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy 
jihatdan isbot qilib bo‘lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo‘lishi 
mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi. Ushbu dalildan kelib 
chiqib Yum 
sababiyatning ob'ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi
haqida 
xulosa chiqaradi. Shu bilan birgalikda Yum ob'ektiv sababiyatni tug‘ilgan g‘oyalar 
yoki hissiy taassurotlar qiyofasini eslash ko‘rinishida mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. 
Barcha hissiy taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: 
ularning ba'zilari yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo‘lib, dunyoda amaliy ravishda 
ma'lum bir narsani ko‘zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, Yum bizning 
ishonchimiz uchun manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini 
ta'kidlashga majbur bo‘ldi. Masalan, biz yil fasllarining davriy o‘zgarishiga, har 
kuni quyosh chiqib, keyin botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani 
takrorlanishini ko‘rish odatiga asoslangan. Yum cherkovni tanqid ostiga oladi. 
Ammo u dinning kelib chiqishi va ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning 
ahamiyatini, jumladan, axloqiy me'yorlarni barqaror qilish va uning 
ta'sirchanligining garovi ekanligini ta'kidlaydi. 
XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot 
Ma'rifatchilik 
panohida amalga 
oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma'rifatparvarlar 
edilar. Ularning mashhur vakillari orasida 
Volter, Russo, Didro, Lametri, 
Gelvetsiy
va 
Golbax
bor edi. Fransiyada ma'rifatparvarlarga e'tiroz bildiruvchi 
sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma'rifatparvar-faylasuflar o‘z qarashlarida 
mexanistik shakldagi 
moddiyuncha
dunyoqarashni targ‘ib qildilar, garchi ularning 
ba'zilarining asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi 
qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat 


(materiya) barcha narsalarning sababi bo‘lib, o‘z o‘zicha yashaydi, abadiy mavjud 
bo‘ladi, negaki, u o‘zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda 
shunday narsadirki, his - tuyg‘u a'zolariga qandaydir tarzda ta'sir o‘tkazadi; 
moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir. Ma'rifatparvarlar o‘zlarining 
birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini 
dunyoviylashtirish, ya'ni 
cherkovni davlatdan ajratishni
maqsad qilib qo‘ygan 
edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini 
o‘rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug‘ini 
sochish bilan shug‘ullanmay, fuqarolik qonunlariga og‘ishmay amal qilsinlar. 
Ma'rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni 
rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni 
sog‘lomlashtirishga urindilar. 
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz inqilobi voqyealarining kuchli 
ta'siri ostida bo‘lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq Germaniyada shunday 
falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning 
yutuqlari kata o‘rin tutdi. Fizika va kimyo katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli 
tabiatni o‘rganish olg‘a qadam bosdi, matematika sohasida shunday kashfiyotlar 
qilindiki, ular juda ko‘p jarayonlarni miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon 
berdi. Bundan tashqari, atrof muhit tomonidan tana a'zolari rivojining bir-biri bilan 
sababiy aloqadorligi haqidagi Lamark ta'limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. 
Eng yangi astronomik, geologik va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish 
uyg‘otdi. Bu barcha nazariyalar, hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi 
muqarrar ravishda rivojlanish g‘oyasini voqyeylikni bilishning nazariyasi va usuli 
sifatida ishlab chiqish zaruriyatini rag‘batlantirar edi. 
Nemis mumtoz falsafasi 

Download 430,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish