mohiyat
o‘zini namoyon etadi
,
hodisa mohiyatlidir
. Xegelning qayd etishicha, asosida
«
dunyo aqli
», «
mutlaq g‘oya
» yoki «
dunyo ruhi
» yotgan kategoriyalar
voqyeylikning ob'ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo‘lishi va rivojiga turtki
bergan faol ibtidodir. O‘z-o‘zini bilish jarayonida
dunyo aqli
uch bosqichni bosib
o‘tadi: o‘zini idrok qiluvchi mutlaq g‘oyaning o‘z uyasida bo‘lishi davri, ong
tabiatida, ya'ni g‘oya o‘z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari
tizimida
(Mantiq)
ochishida; tabiat hodisalari ko‘rinishida g‘oyaning «boshqacha
borliq»(inobыtie)da rivojlanishida, ya'ni tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, balki
tushunchalargina rivojlanadi (
Tabiat falsafasi
); g‘oyaning inson ongi va bashariyat
tarixida rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda
mutlaq
g‘oya o‘z
o‘ziga qaytib, o‘zini insoniy ong va o‘z o‘zligini bilishda tushunib oladi.
Taraqqiyot g‘oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-
ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o‘zgarishlaridan sifat
o‘zgarishlariga o‘tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o‘z-
o‘zidan bo‘ladigan harakat prinsipidan iborat bo‘lgan qarama-qarshiliklardir.
Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so‘zlar bilan ifodalash
mumkin: «
aql tarixdadir
». Aql, Xegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo‘lib,
tarixda mutlaq g‘oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. U yoki bu davrda
dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi, Ayni
vaqtda boshqa xalqlar o‘zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldirib, o‘z
imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirozga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar
esa endigina taraqqiyot sari yo‘l boshlagan bo‘ladilar. Xegel nazaricha,
aql
tarix
jarayonida shunday amalga oshadiki, unda har bir xalq ruhning o‘z-o‘zini bilishga
o‘z hissasini qo‘shishga haqlidir. Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish
bo‘lgan
umumjahon tarixini davrlashtirish
mezonini belgilab beradi. Bunday
ko‘tarilishga to‘rt bosqich muvofiq keladi: 1)
sharq dunyosi
; 2)
Yunon dunyosi
;
3)
Rim dunyosi
; 4)
olmon (german) dunyosi
.
Sharq xalqlarida ozodlik bo‘lmagan, ozod odam sifatida faqat bir kishi - zolim
hukmdor tan olingan. Yunon-rim dunyosiga ozodlikning mavjudligi xosdir, ammo
u chegaralangan hududlarda-ba'zilar uchungina idrok etilgan. Shuning uchun
Yunon-rim dunyosining davlat tuzumi qullikni inkor etmaydi. To‘la ozodlik o‘z
ifodasini faqat German xalqlarida topdiki, ular o‘z tarixiy taraqqiyotlari davomida
Reformatsiya (diniy islohot) va 1789 yildagi Fransuz inqilobi mahsulini meros
qilib olib, umumiy fuqarolik va siyosiy ozodlikka erishdilar.
Xegel falsafasi ichki ziddiyatlarga ega. Bilish tizimi, bir qancha turdagi anglash
bosqichlaridan o‘tib, oxirgi bosqich bo‘lgan o‘z-o‘zini anglashda tugallanadiki, uni
amalga oshiruvchi narsa Xegel falsafasining o‘zi bo‘lib chiqadi. Shunday qilib,
Xegel usuli va tizimi o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqadi.
Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel
falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa
mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida
inson turmog‘i lozim. «Yangi falsafa, -deb yozadi nemis mutafakkiri, – tabiatni
ham inson poydevori sifatida qo‘shgan holda,
Do'stlaringiz bilan baham: |