Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi
F.Bekon
(1551-1626)
edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u
sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham yangi fan
bo‘lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib
etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining
garovini ko‘rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan
boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va
undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga
Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan
induksiya
, ya'ni
kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul
muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi
mumkinki, qachonki ong yolg‘on
sanamlar
va
timsollardan
ozod bo‘lgan
bo‘lsa.
Nasl timsollari
– bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar
hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir;
g‘orlarning timsollari
ayrim
odamlarning didi va hatti-harakatlari ko‘nikmasi tufayli ta'lim-tarbiya bilan bog‘liq
ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo‘lgan
adashishlardir;
bozor timsollari
bu dunyo to‘g‘risida mavjud bo‘lgan tasavvurlar
va fikrlarni ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish
odatidir;
teatr timsollari
obrumand kishilarga ko‘r-ko‘rona ishonchga tayanadi.
Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri
Tomas Gobbs
(1588-1679) dir.
«Birinchi falsafa» haqidagi o‘z mulohazalarida Gobbs shuni ta'kidladiki,
«jismlilik» (ya'ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo‘lsa ham.
Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar») harakat va sokinlik, rang va
boshqalardir. Harakatni u jismlarning makondagi o‘rin almashishi sifatida qarab
chiqdi, ya'ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga
o‘xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. Gobbs falsafiy
ta'limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan ifodalanadiki, u o‘zining talqinida
harakatni ikki jismning to‘qnashuvi natijasi sifatida ko‘rsatib, uni ilohiy
birinchi
turtki nazariyasiga
(deizm)
havola qildi. Gobbsning ta'kidlashicha, barcha
bilimlarga his-tuyg‘u yordamida erishib bo‘ladi, shu bilan birgalikda u o‘zining
bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik
amallarini ko‘rsatib o‘tdi.
Agar F.Bekon Yangi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining
tajribaga asoslangan tajribaviy usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan,
Gobbs esa tajribaga asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan
bo‘lsa, fransuz olimi va faylasufi
Do'stlaringiz bilan baham: